O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
20.4K subscribers
19.4K photos
1.61K videos
21 files
5.34K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
#Yoshlar_va_saylov

🔸 Guliston shahridagi istirohat bog‘ida “Yoshlarning siyosiy bilimlari va huquqiy madaniyatini yuksaltirish” aksiyasi doirasidagi loyihalar taqdimotida Sirdaryo viloyati yoshlari faol ishtirok etishdi. Birgina “Munozara” intellektual turnirida 44 nafar yosh o‘z salohiyatini namoyon etdi. Guliston davlat universiteti talabasi Jamshidxo‘ja Usmonxo‘jayev mazkur bellashuvda munosib ishtirok etib, tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

📌— Saylovlar yurtimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, ertangi istiqbolimiz uchun belgilab olingan vazifalarni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega, – deydi Jamshidxo‘ja Usmonxo‘jayev. — Bizda siyosiy ong va madaniyatning o‘sayotgani, demokratiya, ochiqlik va oshkoralikning ta’minlanayotgani yangi saylovlarda yana bir bor namoyon bo‘ladi. “Yangi O‘zbekiston, yangi saylovlar” degan shior tanlangani ham bejiz emas. O‘ylaymanki, bu yilgi saylovlarda barcha yoshlar bugungi aksiyadagidek faol ishtirok etadi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
2-viktorinaning 8-savoli:

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga kimlar nomzodlar ko‘rsatish huquqiga ega?

A) Vazirlar Mahkamasi tomonidan
B) Hokimliklar tomonidan
C) Siyosiy partiyalar tomonidan
D) Markaziy saylov kommisiyasi tomonidan

Javob berish:
@saylov_2021bot
“Do‘pka voqeasi” kitobining taqdimoti o‘tkazildi

Mamlakatimizda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida joylarda bir qator ishlar olib borilmoqda.

👧🏻🧒🏻 Shunday tadbirlardan biri poytaxtimizda joylashgan 110-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham tashkil etildi.

— Juda muhim kun bo‘ldi! Bolajonlar uchun yozilgan kitob taqdimotini o‘tkazdik. 1-2-sinf o‘quvchilari yozuvchi, pedagog Saida Rashidovaning “Do‘pka voqeasi” ertagini muallif tilidan maroq bilan tinglashdi.

Ular ertak qanday yaratilib, uning kitob holiga kelguncha bo‘lgan qiyinchiligu taassurotlarni ham bilib olishdi. Do‘ppilar haqida tarixiy ma’lumotlarni taqdim etuvchi ushbu kitob o‘zbek va rus tillarida chop etilgan. Bu esa o‘z navbatida bolajonlar uchun ham qulaylik yaratadi" - deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi mas’ul xodimi Dilbar Xoljigitova.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
2-viktorinaning 9-savoli:

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlariga ko‘ra, saylov natijalari qancha muddatda eʼlon qilinadi?

A) 10 kundan kechiktirmay
B) 12 kundan kechiktirmay
C) 14 kundan kechiktirmay
D) 16 kundan kechiktirmay

Javob berish:
@saylov_2021bot
#Yoshlar_va_saylov

"Yosh saylovchi - 2021" aksiyasi Namanganda!

⚡️ "Yosh saylovchi - 2021" aksiyasi doirasida "Art soft holding" korxonasida faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar uchun yoshsaylovchi.uz elektron platformasining taqdimoti o'tkazildi.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etayotgan 200 nafarga yaqin yosh xodimlarning saylovga oid bilimlarini oshirish bo'yicha trening ham tashkil etildi. Yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishmoqda.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
Siyosiy-maʼrifat soati boshlandi!

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, barcha tuman, shahar hokimliklari rahbar va masʼul xodimlari diqqatiga!

🎬 Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida maʼlumot berib boruvchi "Siyosiy-maʼrifat soati" boshlandi.

▶️ Mazkur o‘quvni ayni damda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi sahifasiga o‘tib, ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 Qadrli do'stlar!

🏎 O'zbekistonda ilk marotaba tashkil etilayotgan "Agro marafon"ga barchangizni taklif etamiz.

📍 "Agro marafon" loyihasi Respublika bo'ylab o'z safarini 28-sentyabr, soat 17:00 da Toshkent viloyatidan boshlaydi.

❗️ Agrobiznesda faoliyat olib borayotgan tajribali mutaxassislar hamda ekspertlar ishtirokida bo'lib o'tadigan master-klasslarda ishtirok etib agrobiznesda yuqori daromad olish sirlarini bilib olishingiz mumkin

Manzil: AKIS Markazi, Sh. Rashidov k., Ahmad Yassaviy aholi punkti.
📍 (google xarita)
📍 (yandex xarita)

📌 Mazkur loyiha Yoshlar ishlari agentligi, O'zbekiston yosh fermerlari Kengashi hamda Yevropa Xalqaro Hamkorlik Tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan bo'lib, Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun:
+998 94 442 07 07

@yoshlarittifoqi_uz 👈