O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
13.4K subscribers
19.2K photos
1.58K videos
21 files
5.23K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
⚡️ Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi agrar sohani rivojlantirishga qaratilgan 6 tomonlama hamkorlik memorandumini imzoladi

🔰Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi, Germaniyaning Xalqaro hamkorlik boʼyicha Jamgʼarma kassalari fondi, Oʼzbekiston “Tadbirkor ayol” ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi, Xalq banki, Agrobank, Mikrokreditbank oʼrtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Tadbir onlayn tarzda bo'lib o'tdi. Kirish qismida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev ham ishtirok etdi. Batafsil ushbu havolada oʼqishingiz mumkin.

Kanalni kuzatish ➡️
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
🌈 "Kamalak" bolalar tashkiloti iqtidorli oʼquvchilar uchun katta sahnalarga yo'l ochmoqda

Xorazmda "Eng namunali tuman Sardorlar Kengashi" respublika tanlovining hududiy bosqichi oʼtkazildi.

🔰 Tanlov ilk marotaba — Nurullaboy saroyida bo'ldi. Bolalarning kayfiyati aʼlo. Ushbu lahzalarda oylar davomida tayyorgarlik koʼrib, iqtidorlarini sahnada namoyish etib va ortidan olqish olgan bolalardan baxtli insonlar boʼlmadi.

Qiziqarli va murosasiz shartlar soʼngiga ko'ra, Urganch shahar 1-oʼrin, Qoʼshkoʼpir 2-oʼrin, Yangibozor jamoasi esa 3-oʼringa loyiq ko'rildi.

🤝 Gʼoliblarga qimmatbaho sovgʼalar taqdim qilindi. Tanlovda mezbonlik qilgan jamoa — Xiva shahar Sardorlar Kengashiga esa viloyat Kengashining Samarqandga 2 kunlik sayohat yoʼllanmasi taqdim etildi.

☝️ Eslatib oʼtamiz,
tanlov Sardorlar Kengashi aʼzolarining faoliyatini qoʼllab-quvvatlash, tashabbuskorlik qobiliyatlari, ilgʼor tajribalarini ommalashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Kanalni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Yoshlar_aksiyasi

Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi tinch va yorugʼ kunlarimiz uchun kurashgan vatandoshlarimiz xotirasini yod etish, yoshi ulug' bobolarimizga esa ehtirom ko'rsatish maqsadida “Xotira bor ekan – millat barhayot” shiori ostida aksiya boshlagan.

📌Аksiya mamlakat bo'ylab joriy yilning 10-may kuniga qadar markaziy xiyobonlar, mahallalar, aholi gavjum ochiq joylarda o'tkaziladi.

Аksiya doirasida:
Taniqli shaxslar ishtirokida “Sharaf lentasi”ni tarqatish;
Faxriylar ishtirokida “Eʼtibor va gʼamxoʼrlik – insoniy burch” mavzusida uchrashuvlar;
Harbiy orkestrlar musiqiy chiqishlari;
“Mening bobom mehnat faxriysi!” fotosuratlar tanlovi;
Shuningdek, “Sharaf lentasi” aks etgan fotosuratlarni #SharafLentasi heshtegi ostida trendga olib chiqish rejalashtirilgan.

☝️Аziz yoshlar, unutmaylik farovon kunlarimiz oʼz-oʼzidan kelgan emas. Tinchlik uchun jon fido qilgan ajdodlarimiz yodiga ehtiromimiz — burchimizdir.

Kanalni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Sharaf_lentasi
#Xotira_bor_ekan_millat_barhayot

☝️"Sharaf lentasi”ni taqish yo'riqnomasi haqida bilasizmi...

Аziz yoshlar, “Sharaf lentasi” aksiyasi haqida to'liq maʼlumot olish uchun maxsus QR kodni mobil telefoningiz orqali skayner qiling. Bu haqda do'stlaringizni ham boxabar qiling!

Kanalni kuzatish ➡️
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_bor_ekan_millat_barhayot
#Sharaf_lentasi
#Qashqadaryo

Yoshlar ulugʼ vatan urushi qatnashchisi 96 yoshli Vera Аndreyevna Nosirova xonadonida. Hademay 100 bilan yuzlashadigan onaxonning raqsga tushishlari, tetikliklari va qalblaridagi shukrona yoshlarda havas uyg'otdi.

🔰Onaxonning ushbu bayramona yoʼqlovdan koʼngillari togʼ boʼldi.

Kanalni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
"Biznes marafon" davom etmoqda!

🔰 Yosh tadbirkorlar marafoni bugun soat 14:00 da Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Yoshlar markazi va Chirchiq shahri, Talabalar madaniyat saroyida bo'lib o'tadi.

📩 Ishtirok etishni istagan yoshlar @biznesmarafon_bot orqali ro'yxatdan o'tishlari so'raladi.

🔸 Ma'lumot uchun: "Biznes marafon" respublikamizning barcha hududlarida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
⚡️“Yosh oila” platformasi — kelajakni sogʼlom oilalar vakillari yaratadi

👨‍👩‍👧‍👦 Аyni kunlarda Yoshlar ishlari agentligi “Yosh oila” platformasini yaratish ustida ish olib bormoqda.

Platforma — baxtli va sogʼlom oilalarni ko'paytirishga mo'ljallangan. Biz ushbu platformaga zamonaviy yosh oilalar portretini yaratish maqsadida kastingga taklif qilamiz. Suhbatdan oʼtgan nomzodlar professional fotosessiyada ishtirok etish imkoniyatiga ega boʼladi.

☝️Jarayonlar Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida eʼlon qilib boriladi. Tarmoq kuzatuvchilari tomonidan eng koʼp ovoz toʼplagan rasmlar “Yosh oila” platformasi galeriyasidan oʼrin oladi. Eng yaxshi fotosuratlar egalari 15-may — "Xalqaro oila kuni" arafasida bayramona tadbirda taqdirlanadi.

Kastingda 30 yoshgacha boʼlgan yosh oilalar va professional fotograflar
@yosh_bot orqali ro'yxatdan o'tib, ishtirok etishadi.

Kutamiz! Oilalari baxtli boʼlgan jamiyatning kelajagi yorugʼ boʼladi.

Kanalni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Vatanda yashamoq baxt, ishoning bolalarim"

Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi vakillari, volontyor yoshlar, harbiylar namanganlik 105 yoshni qarshi olgan Sharofiddin ota xonadonida boʼlishdi.

Sharofiddin ota yoshlarga urush davrining sovuq kechmishlari haqida ertak kabi gapirib berdilar.

— Oʼsha davrdagi bolalar urushning sovuq xabarlarini tinglab, qoʼrquv bilan ulgʼayishdi. Oʼsmirlik yillarimiz janggohlarda oʼtdi. Bu qanchalik ogʼir davrlar edi. Har kun safimiz kamayib borardi. Ona zaminga qaytishni har lahza kutardik. Vatanda yashamoq baxt, ishoning bolalarim, — dedi Sharofiddin aka.

Ushbu tashrif yoshlarning qarashlarini oʼzgartirdi. Lavhamizda batafsil.

#Xotira_bor_ekan_millat_barhayot #Sharaf_lentasi
#Namangan #Yoshlar_ittifoqi

Kanalni kuzatish
➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston ilk bor Venetsiya biennalesida ishtirok etadi!

🎨 Shu yilning 22-mayidan 21-noyabrigacha bo'lib o'tadigan san'at va rassomchilik bo'yicha jahonning eng yirik ko'rgazmasida O'zbekiston «Mahalla: shahar va qishloq hayoti» mavzusidagi milliy pavilyoni bilan qatnashadi.

🔸 "Mahalla: shahar va qishloq hayoti loyihasi" — bu xalqaro jamoa bilan hamkorlik natijasi bo‘lib, O‘zbekistonning yosh rassomlari va meʼmorlari ishtirokida tashkil etilgan.

🔹 Shuningdek, Venetsiya arxitektura biennalesidagi O‘zbekiston pavilyoniga tashrif buyuruvchilar uchun mahallalarda mavjud bo‘lgan nomoddiy madaniy merosni 40 ta asosiy so‘zlarda ta'riflovchi Fаnzin «Mahalla 40» fan jurnali tayyorlangan.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi