O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
13.4K subscribers
19.2K photos
1.58K videos
21 files
5.23K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
#Murojaatnomaga_munosabat

Vazirlik, idoralarning rahbariyati joylarga chiqib, yoshlarning muammolarini hal qilmoqda

Xabaringiz bor, ayni kunlarda respublika boʼylab Oʼzbekiston Prezidenti Murojaatnomasi va “Yoshlar forumi”dagi nutqining targʼiboti va ularda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash boʼyicha seminarlar, ochiq muloqotlar oʼtkazilmoqda. Аmaliy ishlar yoʼlga qoʼyilmoqda.

🔷 Аyni kunlarda yoshlar siyosatiga masʼul vazirlik, idoralar rahbarlari oʼzlari joylarga chiqib, qator tumanlarning yoshlari bilan suhbatlashmoqda.

Jumladan, Kogon shahrida tashkil etilgan uchrashuvda 320 nafar yosh ishtirok etdi. Yoshlar tomonidan 36 ta turli yoʼnalishlardagi taklif va muammolar ilgari surildi. Tegishli sohalar rahbarlariga topshiriqlar berilib, nazoratga olindi. Takliflar esa manzilli dasturlarga kiritilmoqda.

Bu kabi ochiq muloqotlar viloyatning Jondor, Romitan, Shofirkon, Olot, Qorako'l tumanlarida ham tashkil etildi.

Bizning kanal 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
🌀"Volontyorlar jamiyati"
- Respublika yosh olimlar Kengashi qoshidagi yoshlarning ko'ngilli harakati !

Tengdoshlaringiz kabi Kengash volontyorlari safiga qo'shiling!

O'zbekiston Yoshlar ittifoqi qoshidagi Respublika yosh olimlar Kengashiga a'zo bo'lish uchun arizalar qabuli boshlandi !

💤 Fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini izchil rivojlantirishga o'z hissangizni qo'shmoqchimisiz?
Balki, sizning ixtirochilik namunangiz yoki ijtimoiy loyihangiz bordir.

Kengash siz kabi yosh olimlarni qo'llab-quvvatlashga tayyor!

▶️A'zolik anketasini to'ldiring!

Murojaat uchun:
@Volontyorlar_jamiyati

@Respublikayosholimlar_uz
____________________________
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_siyosati_amalda

⚡️ Yoshlar ishlari agentligi, Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi "Mening yurtim" telekanali bilan hаmkorlikda yoshlarning talab va takliflari asosida “Nurafshon media studiyasi”ni tashkil etdi. Kuni-kecha studiyaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Ushbu studiyaning faoliyati, imkoniyatlari haqida lavhada batafsil tomosha qiling.

Bizning kanal 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Tayinlov

🔷 Eshquvvatov Jaloliddin Faxriddinovich O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi apparati Boshlang‘ich tashkilot yetakchilari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

🔰 J.Eshquvvatov bugunga qadar Boshlang‘ich tashkilot yetakchilari bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelgan. Tashabbuskor, yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega.

Yoshlar ittifoqi jamoasi Jaloliddin Faxriddinovichning kelgusidagi faoliyatiga omad va muvaffaqiyat tilaydi.

Bizning kanal 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Vatanparvarlik_oyligi

Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi tizimida ham respublika boʼylab "Vatanparvarlik oyligi" davom etmoqda

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi tashabbusi hamda Markaziy harbiy okrug hamkorligida “Kim Vatanga sodiq boʻlsa, mendirman oʻsha!” ustuvor gʻoyasi asosida "Vatanparvarlik oyligi" doirasida qator uchrashuvlar oʼtkazilmoqda. Uchrashuvlar doirasida yoshlar uchun maʼnaviy-maʼrifiy kechalar, sport musobaqalari, intellektual oʼyinlar tashkil etilmoqda. Yoshlar uchun harbiy qismlarda "Ochiq eshiklar kuni" o'tkazilmoqda.

Vatanparvarlik targ'iboti avvalo, yoshlarda faxr va g'urur, ertangi kunga bo'lgan ishonchini yanada oshirmoqda.

➡️ Оylik respublika boʼylab, minglab yoshlar ishtirokida koʼtarinki ruhda davom etmoqda.

Bizning kanal 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Yoshlar_siyosati_amalda

4 oylik qayta tayyorlash maxsus kurslarida o‘qishni xohlaysizmi?

Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti 2020-2021-o‘quv yili 4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kurslarida o‘qish uchun tanlov e’lon qiladi.

🔰 Tanlovda oliy ma’lumotli, 30 yoshdan oshmagan, kamida 2 yil ish stajiga ega bo’lgan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari rahbarlari yoki xodimlari ishtirok etishlari mumkin.

📩 Hujjatlar Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman(shahar) bo‘limlari tomonidan 2021-yil 30-yanvarga qadar qabul qilinadi.

➡️ Batafsil ma'lumotni www.yomi.uz sayti, yoki (71)-232-61-31 raqami orqali olishingiz mumkin.

Bizning kanal 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Photo
#Yoshlar_siyosati_amalda

🔰 2021-yil nomi yurtimizda yoshlarimiz uchun yana bir yangi davr boshlanganidan dalolatdir.
Buni joylarda yoshlar masalasida tizimli ishlar yoʼlga qoʼyilayotganida ham koʼrishimiz mumkin.

Ayni damda bu boradagi ishlarni oʼrganish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida Prezident administratsiyasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Yoshlar ishlari agentligi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi, vazirlik va idoralardan tuzilgan ishchi guruh vakillari joylarda yoshlar bilan ochiq muloqotlar oʼtkazmoqda.

❇️ Jumladan, kuni-kecha deputatlar, vazirlik va idoralar rahbarlari hamda Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi A.Jumaboyev ham samarqandlik yoshlar bilan uchrashdi.

🔷 Payariq hamda Ishtixon tumanlarida tashkil etilgan uchrashuvlarda yigit-qizlar tomonidan koʼtarilgan muammolarning aksari joyida hal etildi. Vaqt talab qilgan muammo va takliflar esa manzilli dasturlarga kiritildi.

Bunday muloqotlardan yagona maqsad — yoshlarning jamiyatda oʼz oʼrniga ega boʼlishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularning vatan taraqqiyotiga boʼlgan hissasini oshirishga qaratilgan.

Ochiq muloqotlar davom etmoqda.

Bizning kanal 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Yoshlar_siyosati_amalda

Navbahorlik 20 nafar xotin-qiz ishli boʼldi

Аvval xabar berganimizdek, ayni kunlarda yoshlar siyosatiga masʼul tashkilotlar vakillaridan tuzilgan Respublika ishchi guruhi joylarga boʼlib, yoshlar bilan muloqotlar oʼtkazmoqda.

Shunday yoshlarni eshitishga qaratilgan ochiq muloqot Navbahor tumanida boʼlib oʼtdi hamda yoshlarning fikri tinglandi.

🔷 Jumladan, ochiq muloqot davomida tikuvchilikka qiziqqan va bugungi kunda yetarli malakaga ega boʼlgan 20 nafar yosh qizlar imtiyozli kredit olish va ish bilan taʼminlanishda amaliy yordam soʼrab murojaat qildi.

Yoshlar murojaatlari joyida qanoatlantirilib, mas'ullar tomonidan qizlarga tumandagi tikuv korxonalariga ishga joylashishlari uchun barcha sharoit yaratib berildi.

Bizning kanal 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Yoshlar_siyosati_amalda #Qoraqalpogʼiston

Qoraqalpogʼistonda ham yoshlar bilan muloqotlar boshlandi

🔷 Boʼzatov yoshlar markazida Oʼzbekiston yoshlar Ittifoqi Qoraqalpogʼiston Respublikasi Kengashi raisi Polat Maxsetbayev hamda Qoraqalpogʼiston Respublikasi Ittifoq sardori Gulayim Yerjanbayevalar yoshlar bilan muloqot qildi.

Muloqot davomida Prezident Shavkat Mirziyoyevning "Yoshlar forumi" hamda Oliy Majlisga Murojaatnomasidagi muhim fikrlar sodda, yoshlarbop tilda tushuntirib berildi.

Ochiq muloqotda tuman sardorlari ham ishtirok etdi. Ularga olis masofalarda yashayotgan tengdoshlari bilan doimiy aloqada boʼlish uchun velosipedlar sovgʼa qilindi.

Muloqotlar davom etadi.

Bizning kanal 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz