O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
18.3K subscribers
19.4K photos
1.59K videos
21 files
5.29K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
🌈 "Kamalak" bolalar tashkiloti navbatdagi memorandumini imzoladi!

🤝 A.Qodiriy nomidagi ijod maktabi binosida bolalarning huquqlarini kafolatlash, ularning jismoniy, intellektual, ruhiy va ma’naviy yetuk avlod bo‘lib yetishishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari-Bola huquqlari bo‘yicha vakil va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qoshidagi "Kamalak" bolalar tashkiloti o'rtasida o'zaro memorandum imzolandi.

✍️ Ikki tashkilot rahbarlari bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, bolaning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, bolalar huquqlari va imkoniyatlarining tengligini ta’minlash vazifalarini birgalikda amalga oshirish bo'yicha qator vazifalar belgilashdi.

👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Oʼzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasiga rais tayinlandi!

❇️ Rahmatjon Umarov 1992-yilda Fargʼona viloyatida tugʼilgan. 2019-yilda Toshkent toʼqimachilik va yengil sanoat institutining magistratura bosqichini tamomlagan. Sun-Moon(Janubiy Koreya) universitetining magistratura bosqichida tahsil olgan.

⌚️2020-yilda Yoshlar muammolarini oʼrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tinglovchisi boʼlgan.

2019-2020-yillarda Oʼzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasida turli vazifalarda ishlagan.

Xorijdagi yosh vatandoshlarimiz huquq va manfaatlarini himoya qilishda Rahmatjon Umarovga kuch-quvvat tilaymiz!

👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
👨‍👩‍👦‍👦 Reportaj: Аndijonda ham navbatdagi “Yoshlar uylari” topshirilish arafasida!


🏚 Yosh oila uchun xonadonli boʼlish juda katta baxt. Bu imtiyoz yosh kadrlarning jamiyatning ijtimoiy va siyosiy hayotida muvaffaqiyat qozonishida katta turtki boʼlmoqda.


🇺🇿 Prezidentimiz 2019-yil 16-17-may kunlari Аndijon viloyatiga tashriflari davomida yosh oilalar uchun shahar markazidan yer maydoni ajratish va 60 ta xonadondan iborat zamonaviy “Yoshlar uylari” qad rostlashi toʼgʼrisida koʼrsatma bergan edilar.


Bugun oʼsha bino deyarli topshirish uchun tayyor. Markaziy Kengash raisi oʼrinbosari Muzaffar Akramov hududdagi mutassaddi rahbarlar bilan qurilish va pardozlash jarayonlari bilan tanishdi.

☝️ Yaqin kunlar ichida yana 60 ta yosh oila ona vatani ichida kichik vatanli boʼladi!

👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SardorlarTashabbusi #BayramMuborakUstozlar

👨‍👩‍👦‍👦 O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Sardorlar Kengashi a’zolari ustoz va murabbiylarni qutladi!

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Quyichirchiq #YoshlargaTuhfa

Yaqin kunlarda Quyichirchiqda bir paytning oʼzida 700 nafarga yaqin yoshlarni qamrab olish imkoniyatiga ega zamonaviy "Yoshlar innovatsion markazi" faoliyati yoʼlga qoʼyilmoqda...

👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Bunyodkorlik #Namangan

👨‍👩‍👦‍👦 Ulkan qurilish maydonidagi uylardan yosh oilalar uchun ham xonadonlar ajratildi!

🏘 Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining oʼrinbosari Muzaffar Аkramov hududdagi masʼul rahbarlar bilan Namangan shahrida bunyod etilayotgan koʼp qavatli uylar qurilishi bilan tanishdi.

Namangan shahrining "Islom Karimov" koʼchasi ulkan qurilish maydoniga aylangan. Bu yerda 5 ta 7 qavatli uylar bunyod etilmoqda. Mazkur turar joylar tufayli 55 ta yosh oila yangi uyga koʼchib oʼtadi. Shuningdek, keyingi yilda 60 ta yosh oilaga shunday xonadonlar berilishi rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun: Namangan viloyatida 2017-2020-yillar davomida mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etgan 106 ta yosh oilaga “Yoshlar uylari” topshirildi.

👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm #OʼziUstozBoʼlarUstozKoʼrganlar...

📅 U 10 yildan buyon oʼqituvchi!

🖌 U har kuni yoshlar bilan koʼrishadi va bundan zavq oladi! U har tong taʼlim dargohi tomon shoshiladi! Yoshlarga bilim berayotganidan faxrlanadi!

📓 26 yoshida uning koʼksida “Oʼzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi” koʼkrak nishoni taqildi. Bugun u Urganch davlat universiteti tayanch doktoranti ham! U o'qituvchi farzandi!

📚 Dil so'zlariga quloq tutamiz...

👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Qutlov #UstozlargaRahmat

🇺🇿 Qorakoʼl tumanidagi "Xalqaro matematika maktabi" bitiruvchilarining barchasi talaba boʼldi!

2019-2020-oʼquv yilida Qorakoʼl tuman Xalqaro matematika maktabini bitirgan 48 nafar oʼquvchining barchasi (100%) talabalik safiga qabul qilindi.

— Muhtaram Prezidentimiz tomonidan bizning maktabimizga xalqaro maqom berilishi bu avvalo juda katta yutuq boʼlishi bilan bir qatorda, aslida juda katta masʼuliyat ham edi. Biz bildirilgan ishonchni endi mamlakatimiz va xalqaro maydonda oqlash masʼuliyatini olganmiz. Ushbu vazifaning hali endigina yarmini uddaladik, — deydi maktab direktori Temir Roʼziyev.

Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi talabalarni katta hayotdagi ushbu muvaffaqiyatlari bilan qutlab, barcha ustozlarga chuqur minnatdorlik bildiradi!

👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Yangi haftani tengdoshingiz muvaffaqiyati haqidagi xushxabardan boshlashga nima deysiz ?

🔸Jahonga mashhur kompaniyalarda faoliyat yuritayotgan o'zbek yoshlari soni oshib borayotgani quvonarli hol. Ana shunday shijoatli yoshlardan biri - Nodirjon Yusufov Italiyaning Arduino kompaniyasida AQSh, Kanada, Meksika, Italiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Shvetsiya kabi davlatlarning Amazondagi vakili sifatida ish boshladi.

🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi jamoasi Nodirjon Yusufovni yangi faoliyatida kuch-g'ayrat, ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat Kengashi 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni bayrami munosabati bilan ijtimoiy rolik orqali barcha ustoz va murabbiylarni muborakbod etadi.

Ta'limingiz uchun ta'zimdamiz, aziz ustozlar!

https://t.iss.one/bugungiyoshlar