O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
14.4K subscribers
19.2K photos
1.59K videos
21 files
5.26K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
Tanzila Narbaeva: Yoshlarga oid masalalar ular bilan birga muhokama etiladi

Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisida nutq soʼzlagan Senat Raisi Tanzila Narbaeva mamlakatimizda yoshlar faollligini qoʼllab- quvvatlashga alohida toʼxtaldi va bugungi yalpi majlisga oliy oʼquv yurtlari talabalari ham taklif etilganligini maʼlum qildi.

“Tez orada yoshlar parlamenti tashkil etiladi. Shuning uchun Senat qoʼmitalari faoliyatiga yoshlar keng jalb etilmoqda”, dedi T.Narbaeva.

Senat Raisi bugungi yalpi majlisga taklif etilgan Yoshlar ittifoqi faollarini ham qutladi. Bilimdon, intiluvchan va jonkuyar yoshlarning parlament faoliyatiga keng jalb etilishi qonun chiqaruvchi organ ishiga maʼlum darajada yangilik olib kirish, yoshlarga oʼz intilishlarini roʼyobga chiqarish imkonini berish, qolaversa yosh avlod muammolarini samarali hal qilishni taʼminlaydi.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Instagram
🔹Yoshlar iqtisodiy va biznes forumiga start berildi.

🔸28-fevral kuni, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida "C7-Jahon iqtisodiyoti va biznes" xalqaro forumi bo'lib o'tdi.

🏦Xalqaro konferensiya Jahon savdo tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Jahon banki, Yevropa Ittifoqi kabi integratsion tuzilmalar simulyatsiyasiga asoslangan bo'lib, yirik tashkilotlar faoliyatini yoshlarga tanishtirish va global iqtisodiy-ijtimoiy muammolarga yechim topish maqsadida tashkil etilgan.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Instagram
Xorazmda "Yoshlar shaxmat taxtasi" respublika ochiq turnirining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

🔸Har yili an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan turnirda 12 ta tumandan yosh shaxmatchilar 6 ta yosh toifasi bo'yicha g'oliblik uchun kurashishdi.

🇺🇿O'zbekiston yoshlar ittifoqi yosh shaxmat ustalarining safi kengayib , kelajakda xalqaro toifadagi sport ustalari yetishib chiqishiga ishonch bildiradi!

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💐1-mart yurtimizda nafaqat bahor faslining kirib kelishi, balki o’zbek xalqining sevimli shoirasi, inson qalbi bilag’oni Zulfiyaxonim Isroilova tavallud sanasi hamdir.

🙎‍♀️Taniqli jamoat arbobi, O’zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova 1915-yil 1-martda Toshkent shahrida dunyoga kelgan.

📚Shoiraning “Dalada bir kun”, “Men tongni kuylayman”, “Yuragimga yaqin kishilar”, “Lolaqizg’aldoq”, “Quyoshli qalam” kabi to’plamlarida vatan madhi, mehnat jarayonida fidokorlik koʻrsatayotgan kishilar hayoti joʻshib kuylanadi.

📖Shu kunlarda bahorga zorman,
Shaffof, yorqin kuy tilar ko‘ngul.
Yaxshiyamki, qalamga yorman,
So‘zlab turar bor dilimni ul.


Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Instagram
28 - 29-fevral kunlari Farg'ona viloyatida "Kamalak" media forumi bo'lib o'tdi!

📽 Yoshlar media savodxonligini oshirish, ularni zamonaviy kasblarga yo'naltirish maqsadida Farg'ona viloyatida "Kamalak" media forumi tashkil etildi.

💻 Tadbir doirasida O'zbekiston yoshlar ittifoqi media markazi tajribali xodimlari ikki kun davomida jurnalistika, blogerlik, grafik dizayn, san'at, rejissyorlik, notiqlik, intervyu yo'nalishlari bo'yicha mahorat darslari o‘tkazildi.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi bundan 28 yil avval Birlashgan Millatlar Tashkilotining a’zosi sifatida e’lon qilingandi.

🇺🇳 1992-yil 2-mart kuni suveren mamlakat sifatida BMT a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston tashkilot bilan ekologik, iqtisodiy, huquqiy, mintaqaviy xavfsizlik masalalarida faol hamkorlik qilib keladi.

🔹 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ham BMT va uning qo‘mitalari bilan birga bir necha loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

📷 Foto: Tolibjon Mustafoyev

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
🇺🇿Biz faoliyatimizga doir ma'lumotlarni birma-bir taqdim etishni boshladik!

Bizningcha, ijtimoiy tarmoq sahifalarida talaba yoshlar tomonidan eng ko‘p qiziqish bilan muhokama qilinadigan dolzarb mavzulardan biri - bu Oliy ta'lim muassalari talabalariga imtiyozlardir.

Ma'lumot uchun, 2019-yil davomida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Ta'lim granti loyihasi doirasida 171 nafar talabaning 675 300 000 so‘m miqdoridagi to‘lov-shartnoma mablag‘larini to‘lab bergan.

Batafsil ma'lumotni quyidagi havolaga kirib olishingiz mumkin.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
Endi “Life Abroad” treninglari Yoshlar ittifoqi yetakchilari oʻrtasida ham tashkil etiladi

Bu safar Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi 3-7- mart kunlari Xorazmning Hazorasp, Gurlan, Qoʻshkoʻpir, Shovot tumanlarida treninglar oʻtkazishni rejalashtirdi.

👉Ilk bor yetakchilari oʻrtasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan trening mehnat hamda taʼlim olish uchun chetga chiqqanda aldanib qolmaydigan yoshlar qamrovini kengaytirishda ahamiyatlidir.

👉Kollej va maktablardagi Yoshlar ittifoqi yetakchilariga 12 soatlik treninglar oʻtiladi. Oʻquv rejasiga asosan uchta yoʻnalish: migratsiya asoslari, xorijda taʼlim olish yoʻriqnomasi, xorijda mehnat qilishning huquqiy asoslari boʻyicha tayanch bilimlar beriladi.

Telegram |Instagram|Facebook