⏺#Suhbat #Sirdaryo
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qilingan.
👥 Qarorga muvofiq Oliy ta’lim muassasalarida
Yoshlar Kengashlari tashkil etiladi, hamda Kengash a’zolari ya’ni boshlang‘ich tashkilot koordinatorlari doimiy tarzda
har oyda bazaviy stipendiyaning uch baravari miqdoriga teng bo‘lgan qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirib boriladi.
💳 Guliston davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari Yoshlar Kengashi a'zoligi hamda fakultet koordinatorligiga nomzodlar suhbatdan o‘tkazildi.
👥 Nomzodlar 2 bosqichda saralandi. Birinchi bosqichda yoshlar tashkilotlari hamda mamlakatimizda bo‘layotgan islohotlar borasidagi bilimlarini aniqlash maqsadida test sinovi o‘tkazilib, ikkinchi bosqichda har bir nomzod bilan yakkama-yakka suhbat jarayoni amalga oshirildi.
🖋 Suhbatda 60 dan ortiq nomzodlar ishtirok etishdi.
🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook