O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
15.4K subscribers
19.3K photos
1.59K videos
21 files
5.27K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
#LIVE Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. 🌐 Yig‘ilishda globallashuv…
#LIVE

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

👥 Yig‘ilishda aytilgan taklif va tashabbuslar bo‘yicha yoshlarga oid davlat siyosatini samarali tashkil etishga qaratilgan “Yangi O‘zbekiston yoshlari” dasturi ishlab chiqiladi.

🖋 Dasturda yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, bandligini ta’minlash, ularni IT, xorijiy til, zamonaviy kasblarga o‘qitish, sportga jalb qilish, xorijdagi yoshlar bilan ishlash, milliy va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari nazarda tutiladi.

📌 Dasturda sohada erishiladigan aniq maqsadli indikatorlar belgilanadi.

📌 Yoshlar bilan ishlash barcha rahbarlarning, keng jamoatchilikning, butun jamiyatimizning eng ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi, - dedi davlatimiz rahbari.

💬 Prezident bu borada parlament vakillari, mahalliy Kengashlar deputatlari, siyosiy partiyalar, ziyolilar, nuroniylar, mahalla faollarini ham qattiq bel bog‘lab, yoshlar tarbiyasi, ularning muammolarini hal qilish bilan astoydil shug‘ullanishga chaqirdi.

Yig‘ilish davomida hudud va soha rahbarlarining axboroti tinglandi.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlarovozi

👥 Yoshlar ovozi gazetasining yoshlar hayotidagi so‘nggi yangiliklar va foydali ma’lumotlarga to‘la yangi sonini e’tiboringizga taqdim etamiz!

💳 Gazetaning ushbu haftada nashr qilingan 17-sonida quyidagi maqolalarni oqishingiz mumkin:

- OTM yetakchilariga yangi imkoniyatlar
- Uzoq kutilgan qonun. Bolalar va ayollar zo‘ravonlikdan himoya qilinadi!
- O‘zbekistonda yangi stipendiya joriy etiladi!
- Yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi
- Eng yaxshi loyihalar moliyalashtiriladi
- Bosh maqsadim — elga naf keltirish
- Birgalikda qarz oluvchi kim?
- Tengdoshlardan maktublar

➡️ Pastdagi havola orqali gazetani elektron shaklda mutolaa qilishingiz mumkin:

🌐 https://bit.ly/YoshlarOvozi17

⬇️ Yuklab olish

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ajdodlar_izidan

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand va Surxondaryo viloyat Kengashilari tomonidan “Ajdodlar izidan” intellektual tanlovi o‘tkazildi

➡️ Batafsil: https://bit.ly/SamarqandSurxondaryo

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiyanoma

🖋 Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga OTMga kirishda davlat granti asosidagi qabul doirasidagi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladi.

📌 Tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

📌 kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar;

📌 to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

📌 turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

📌 nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

📌 2 va undan ortiq farzandini tarbiyalayotgan, qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;

📌 ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham I yoki II guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

🆔 Tavsiyanoma olish uchun tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlariga elektron shaklda murojaat qilinadi.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 #memorandum

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi va O‘zbekiston Sharda universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

🏬 Endilikda mazkur oliy ta’lim muassasasi bilan iste’dodli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish, intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashadigan klub va to‘garaklar faoliyatini tashkil etish maqsadida ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlik amalga oshiriladi.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣

🎓 Talabalarga ikkinchi kursdan boshlab ishlashga ruxsat berish rejalashtirilmoqda

🖋 Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini mutaxassisligi bo‘yicha ishlashiga imkoniyat yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi.

➡️ Batafsil ma’lumot: https://bit.ly/Talabalar

💬 Muhokamada ishtirok etish: https://regulation.gov.uz/oz/d/78449

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

#Ajdodlar_izidan

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatda joylashgan kuch tuzilmalaridagi yosh harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Ajdodlar izidan” intellektual o‘yinining hududiy bosqichi yakunlandi.

➡️ Batafsil: https://bit.ly/AjdodlarIzidan

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#KamalakBolalarTashkiloti

👥 Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Respublika “Kamalak” bolalar tashkilotining navbatdagi Muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

➡️ Batafsil: https://bit.ly/KamalakBT

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TaʼlimPlatformasi

🎓 Talaba bo‘lish imkoniyatlarini oshiruvchi platforma ishga tushirildi!

🙋 MenTalaba.uz platformasi maktab o‘quvchilariga birgina saytning o‘zida O‘zbekistondagi o‘nlab oliygohlarga hujjat topshirish va bir vaqting o‘zida o‘nlab oliygohlarga muddatidan oldin talaba bo‘lishlari mumkin.

➡️ Buning uchun:
🖋 MenTalaba.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tasiz
👤 Shaxsiy profilni to‘ldirasiz
🏠 Tahsil olmoqchi bo‘lgan oliygohlarga ariza topshirasiz

🔗 MenTalaba.uz — platformasidan hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va muddatidan avval o‘nlab oliygohlar talabasi bo‘ling!

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi va O‘zbekiston Quvnoqlar va zukkolar assotsiatsiyasi bilan birgalikda “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi JAYDARI ligasi 1-mavsum, 2-tur A va B guruh bellashuvlarini o‘tkazdi.

➡️ Batafsil: https://bit.ly/QVZ_jaydari_liga

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM