O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
13.5K subscribers
19.2K photos
1.59K videos
21 files
5.25K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
#Bilasizmi #Bolalar

🙋 Bolalarning quyidagi kontingenti bog‘chaga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega:

➡️ I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari;

➡️ Ko‘p bolali oilalarning bolalari;

➡️ Yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;

➡️ “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari;

➡️ Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;

➡️ Talabalar va pedagoglarning bolalari;

➡️ Akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar;

➡️ Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat #Dangasalik

🙋 Tan olaylik hammamizda biroz dangasalik bor, to‘g‘rimi?

📍 Yaxshi ishlarni dushanbadan boshlash odat tusiga aylangan. Ilk ikki kun shiddatli kechadi, chorshanbaga borib esa, tashabbus o‘rnini dangasalik egallaydi. Natijada mashg‘ulotni davom ettirish keyinga qoldiriladi.

🤔 Yaponlar buni «mikka bouzu» - «uch kunlik ruhoniy» (so‘zma-so‘z “uch kun ham sabr qila olmaydi”) deb atashadi. Biz o‘zimiz istamagan va bizga qizig‘i bo‘lmagan ishni bajarishga erinamiz.

👋 Qisqasi, kimda xohish bo‘lsa, maqsadga erishish yo‘llarini qidiradi. Qolganlar esa o‘zini oqlash uchun sabab izlaydi. Kundalik rejimingizni shunday tashkil qilingki, barcha yangi jarayonlar hayotingizda oson va tabiiy kechsin. Navbatdagi dushanbani kutishga hojat yo‘q.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣

🅰 Ko‘plab sohalar bo‘yicha bepul kurslar jamlangan onlayn platforma

🖋 Xorijiy tillar, dasturlash, buxgalteriya, oshpazlik, sartaroshlik, videomontaj, moliyaviy savodxonlik, biznes saboqlari, dizayn va boshqa koplab kasb-hunarlar boyicha bepul videodarsliklar jamlangan sayt e-kasb.uz onlayn platformasi borligidan xabardormisiz!?

📷 e-kasb.uz onlayn platformasi sizga yuqoridagilarni tez, oson, qulay hamda mutlaqo bepul o‘rganish imkonini taqdim etadi.

🔋 Shoshiling! Platforma orqali ro‘yxatdan o‘tib, maqsadlaringizga oson erishing!

Android uchun yuklash
🖼 IOS uchun

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Referendum2023

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi va boshqa bir qator hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda Guliston shahridagi Alpomish sport majmuasida “Konstitusiya meniki, seniki, bizniki. Konstitusiya o‘zimizniki!” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirini o‘tkazdi.

👥 Unda estrada yulduzlari, sportchilar, davlat idoralari vakillari, tadbirkorlar va yoshlardan iborat faollar ishtirok etdi.

🖋 Tadbirda so‘zga chiqqan turli kasb vakillari yangi konstitusiyamizning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar xalqimizning turmush tarzini yanada farovonlashishiga xizmat qilishini ta’kidlab, 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishlariga da’vat etdi.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM