O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
18.2K subscribers
19.4K photos
1.59K videos
21 files
5.29K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
“Zukko kitobxon”da Sirdaryo yoshlari g’olib!

📚 Minglab kitobxon yoshlarning sevimli loyihasiga aylanib ulgurgan “Zukko kitobxon” intellektual o’yini yigit-qizlarimizning kitobga bo’lgan e’tibori va mehrini yanada oshishiga sabab bo’layotgani, shubhasiz.

Bugun Namanganda qizg’in ruhda o’tgan “Zukko kitobxon” intellektual turnirining final bellashuvlari o’z nihoyasiga yetdi. Narijalarga ko’ra,

1-o’rinni Sirdaryo viloyatining “Navoiy izdoshlari” jamoasi qo’lga kiritdi. Ularga 550 nomdagi 3 000 ta kitobdan iborat “Prezident sovg’asi” taqdim etildi.

2-o’rinni egallagan Namangan viloyatining “Ibrat avlodi” jamoasiga 550 nomdagi 2 000 ta kitob sovg’a qilindi.

3-o’rinni esa Qashqadaryo viloyatining “Yuksalish” jamoasi qo’lga kiritdi va ular ham 550 nomdagi 2 000 ta kitob bilan taqdirlandi.

💻 Shuningdek, har bir g’olib-ishtirokchiga noutbuk ham taqdim etildi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻
Amina Bekturdiyeva Xorazm umumta’lim maktablaridagi “Yilning eng faol yoshlar yetakchisi” sifatida e’tirof etildi

“O‘zbekiston yoshlari forumi – 2021” haftaligi doirasida Xorazm viloyati umumta’lim maktablarida “Yilning eng faol yoshlar yetakchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Sohadagi bilim va ko‘nikmalari, liderlik qobiliyati, amalga oshirgan loyihalari va ish-faoliyatida erishgan natijalari bo‘yicha saralangan yetakchilar hududiy bosqichda 3 ta shart asosida qizg‘in bahs olib bordi.

🥇 Baholash natijalariga ko‘ra, Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 7-umumta’lim maktabi yoshlar yetakchisi Amina Bekturdiyeva faxrli 1-o‘rinni egallab, mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

🔸 Amina Bekturdiyeva “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoniga nomzod sifatida tavsiya etilib, “O‘zbekiston yoshlari forumi – 2021” haftaligi doirasidagi yakuniy gala-konsertda munosib taqdirlanadi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
"Mehrli yurak-2" ezgulik loyihasining taqdimot marosimi yakunlandi

🇺🇿 O'zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi tashabbusi hamda homiy va hamkor tashkilotlar ishtirokida "Yoshlar archasi" hamda "Mehrli yurak-2" xayriya loyihasining taqdimot marosimi bo'lib o'tdi.

👋 "Mehrli yurak-2" xayriya loyihasida 145 nafardan ortiq bolajonlarga homiy tashkilotlar va saxovatpesha insonlar tomonidan kiyim-kechaklar sovg'a tariqasida topshirildi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻
🏇 Toshkent viloyatida “Uloq-ko‘pkari” musobaqasining mintaqaviy bosqichi o‘tkazildi

Xabaringiz bor, “O‘zbekiston yoshlari forumi – 2021” haftaligi doirasida hududlarda “Uloq-ko‘pkari” sport musobaqasi o‘tkazilmoqda.

🏅 Piskent tumanida o‘tkazilgan mintaqaviy bosqichda Toshkent viloyatining epchil va chapdast chavandoz-polvonlari sirdaryolik chavandozlar ustidan g‘alaba qozondi.

🏆 G‘oliblikni qo‘lga kiritgan mohir chavandozlar tashkilotchilarning diplom, pul mukofotlari va qimmatbaho sovrinlari bilan rag‘batlantirilib, musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈