O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
20.4K subscribers
19.4K photos
1.61K videos
21 files
5.34K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
“Yosh saylovchi” yutuqli viktorinasining 2-hafta yakuni bo‘yicha g‘oliblari aniqlandi

1-o‘rin: Zakiriddinov Hasan Baxtiyor o‘g‘li - Toshkent shahri
2-o‘rin: Allanazarova Shiyrin - Qoraqalpog‘iston Respublikasi
3-o‘rin: Raxmatova Marjona Majitovna - Buxoro viloyati.

Barcha savollarga birinchilardan bo‘lib to‘g‘ri javobni bergan mazkur 3 nafar ishtirokchimizni muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz! Sovg‘alarimiz o‘z egalariga yetkaziladi 📱📚📚

Savollarga to‘liq va to‘g‘ri javoblarni taqdim etgan minglab yoshlarimizga ishtirok uchun minnatdorlik bildiramiz!

🔥 Aziz yoshlar, 3-haftadagi, ya'ni bugun 12:00da boshlanadigan yangi viktorinamizda ishtirok etib, g‘oliblar safidan o‘rin olishingiz mumkin!

@yoshlarittifoqi_uz 👈
3-viktorinaning 1-savoli:

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga prezidentlik guvohnomasi kim tomonidan taqdim etiladi?

A) Markaziy saylov komissiyasi Raisi tomonidan
B) Oliya Majlis Senati Raisi tomonidan
C) Bosh Vazir tomonidan
D) Oliy Sud Raisi tomonidan

Javob berish:
@saylov_2021bot
🚘 "UzAuto Motors" aksiyadorlik jamiyatida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

⚡️ Bugun Andijon viloyati, Asaka shahrida joylashgan "UzAuto Motors" aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Shavkat Zayniddinov korxonada faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar bilan uchrashdi. Samimiy va ochiq muloqotda dastlab joriy yilda bo‘lib o‘tadigan saylov jarayonlari xususida ma'lumotlar berildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida o‘z fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirdi.

🚙 Tadbirdan so‘ng korxona faoliyati, yosh xodimlarga yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishildi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
#Yoshlar_va_saylov

"Yosh saylovchi - 2021" forumi Andijonda!

Yoshlarning saylov haqidagi bilimlarini boyitish maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Yosh saylovchi - 2021" forumining navbatdagi manzili Andijon viloyati bo'ldi.

Forumning asosiy tadbirlari Andijon shahridagi Registon maydonida bo'lib o'tdi va loyiha doirasida "O‘z kelajagimni o‘zim belgilayman, Sizchi?” shiori ostida insholar tanlovi, “Munozara” intellektual bellashuvi, yutuqli viktorina, yoshlarning huquqiy savodxonligini aniqlashga qaratilgan “Siz bilasizmi?” televizion o‘yini va "O'zbekiston uchun 100 g'oya" loyihasi o‘tkazildi.

Andijonda yosh saylovchilariga saylov jarayoni haqida muntazam ma’lumot berib boruvchi yoshsaylovchi.uz elektron platformasi taqdimoti bo'lib o'tdi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈