O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
18.4K subscribers
19.4K photos
1.61K videos
21 files
5.34K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_siyosati_amalda
#Motivatsiya

⚡️ "Yoshlar – kelajagimiz" jamgʼarmasi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishda munosib sharoitlar yaratmoqda

2018-yilda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida "Yoshlar – kelajagimiz" jamgʼarmasi tashkil qilingan edi.

🔰 Tashkilot matbuot xizmati xabariga ko'ra, oʼtgan davr mobaynida yoshlarning 8 635 ta biznes loyihalariga jami 1 trln. 830 mlrd. soʼm miqdorida imtiyozli kredit mablagʼlari ajratish orqali 42 mingdan ortiq yangi ish oʼrni yaratildi.

Oxirgi 2 yilda hududlarda jami 19 ta "Yosh tadbirkorlar" kovorking-markazlari hamda 202 ta «Yoshlar mehnat guzari» komplekslari foydalanishga topshirildi.

☝️Batafsil

Rolikni tomosha qiling va bugunning o'zida hayotingizda yangi sahifa oching!

Kanalni kuzatish ➡️
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#PressTUR #Ekoturizm

⚡️Olmaliq kon metallurgiya kombinatiga yoshlarning ekskursiyasi tashkil etildi

Bugun Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Olmaliq kon metallurgiya kombinati bilan hamkorlikda viloyatdagi bir guruh yoshlarning kombinatga ekskursiyasini tashkil etdi.

🔰 Yoshlar ichida 18-19-mart kunlari Muhtaram Prezidentimiz bilan uchrashib takliflarini bildirgan tadbirkorlar, yosh olimlar, ixtirochilar, jurnalistlar, talabalar va hunarmandlar bor. Eng qizigʼi, uchrashuvda ushbu sanoat ekskursiyasini tashkil etish sohadagi imkoniyatlarni oʼrganish, ilm-fanga yangilik kiritish, yosh konchilar bilan tengdoshlarining muloqotini oʼtkazish taklifi ham shu yoshlar tomonidan bildirilgan edi.

☝️Bizni kuzating. Yaqin daqiqalarda qazib olish jarayonlari, portlatish, fabrikalar va muzeylarga tashriflar, yoshlarning qaynoq fikrlarini ulashamiz.

Kanalni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
⚡️Yoshlar uchun ilk marotaba konda portlash amaliyoti koʼrsatildi

1,5 mlndan ortiq yoshlar istiqomat qilayotgan Toshkent viloyati yer osti qazilma boyliklariga boy. Mahalliy yoshlarning bu sohadagi bilim va koʼnikmalarini oshirish esa anchayin muhim.

🔰 Ekskursiyada dastlab ishtirokchilar kombinat texnologik ishlab chiqarish zanjirining ilk nuqtasi boʼlgan Qalmoqqir konida boʼlishdi. Ishtirokchilarga qazilmalarning ilk bosqichidan soʼnggi bosqichigacha boʼlgan jarayon haqida maʼlumot berildi.

☝️ Shundan soʼng, yoshlar kutgan vaqt yaqinlashdi. 3 ta kuchli sirenadan soʼng, ilk marotaba yoshlar uchun portlash amaliyoti oʼtkazildi. Ushbu jarayonni koʼrgan yoshlar bir olam taassurot olishdi.

Keyingi manzil yangi oʼzlashtirilayotgan Yoshlik-1 koni boʼldi. Bu konga Prezidentimiz 2017-yilgi tashriflarida ushbu nomni berganlar. Kombinat tarkibida istiqbolli kon sifatida eʼtirof etilayotgan Yoshlik-1dagi qizgʼin jarayon ham yoshlarda qiziqish uyg'otdi.

Kanalni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
⚡️“Metallurg” madaniyat saroyida konchilar va yoshlarning ochiq muloqoti tashkil etildi

Konlardagi ekskursiyadan soʼng, ishtirokchilar kombinat muzeyiga tashrif buyurishdi. Shundan soʼng, Yoshlar ittifoqining yetakchilari, konchi yoshlar va ishtirokchilarning ochiq muloqoti tashkil etildi.

Tadbirda kombinat rahbariyati tomonidan yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor va gʼamxoʼrlik alohida eʼtirof etilib, maʼmuriyatga Yoshlar ittifoqining Tashakkurnomasi taqdim etildi.

— Hozirda kombinatda 38 262 nafar xodim ishlasa ularning 12 380 nafarini yoshlar tashkil etadi, bu katta salohiyat, — dedi kombinatning Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʼich tashkiloti yetakchisi Behzod Salimov. — 2021- yil uchun ham oʼzimizga katta marralar olganmiz. Birgina yer ajratish va oʼzlashtirilmagan mahsulotlarning lokalizatsiyasi orqali 968 nafar yoshning bandligini taʼminlashni reja qilganmiz.

Ekskursiya yoshlarga katta motivatsiya berdi.

Kanalni kuzatish ➡️
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
​​O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi ijtimoiy buyurtmalar uchun tanlov eʼlon qiladi!

🔖 Davlat ijtimoiy buyurtmasi mablag'larini respublika bo'yicha barcha nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari quyidagi yo'nalishlardagi qo'lga kiritishlari mumkin:

- Yoshlarni ilm-fanga jalb qilish, ta’lim muassassalaridagi yoshlar bilan ishlash;

- Yoshlar o‘rtasida innovatsiya va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish;

- Yoshlarga oid qonunchilik tashabbuslari va huquqiy savodxonlikni oshirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish;

- Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;

- Beshta muhim tashabbusni keng joriy etishga qaratilgan loyihalar;

- “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” loyihasini tashkil etish va o‘tkazish;

- Qishloq xo‘jaligida yoshlarni bandligini ta’minlashda yer maydonlari ajratish ishlariga ko‘maklashish;

- Yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, bandligini ta’minlash jarayonlariga ko‘maklashish;

- Yoshlar o‘rtasida volontyorlikni rivojlantirish va ularni qo‘llab-quvvatlash;

- Yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;

📩 Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar Yoshlar ishlari agentligi aloqa pochtasi orqali va elektron tarzda 2021-yil 24-martdan 24-aprelga qadar qabul qilinadi.

🔰 Manzil: 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 11-uy
E-mail: [email protected]

Batafsil...

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Poytaxt_yoshlari_diqqatiga

⚡️Mamlakat Prezidentining Besh tashabbus gʼoyasiga bagʼishlangan harakatda ro’yxatdan o’tish davom etmoqda

⚡️Yoshlarning bu ulkan harakatini qoʼllab-quvvatlash maqsadida maxsus dekoratsiyalardan iborat shahar ichidagi shahar barpo etilmoqda. 5 tashabbus doirasidagi turli uchrashuvlar, tanlovlar, ijodiy kechalar va sport musobaqalarida ishtirok eting!

☝️Safimizda boʼling! Ushbu imkoniyat siz uchun! Iqtidoringizni namoyish etishning fursati keldi. Unutmang, kelajak sizning qoʼlingizda!

Roʼyxatdan o’tish davom etmoqda.

Kanalni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
⚡️ Joriy yilda qaysi xorijiy OTMlarning diplomlari O'zbekistonda toʼgʼridan-toʼgʼri tan olinishini bilasizmi?

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining qoʼshma qarori bilan xalqaro tan olingan QS, THE, ARWU tashkilotlari tomonidan eʼlon qilingan OTMlar reytingida birinchi 1000 talik roʼyxatiga kiritilgan oliy taʼlim muassasalarining 2021-yil uchun roʼyxati tasdiqlandi.

☝️Ushbu roʼyxatga kiritilgan xorijiy OTMlarda olingan diplomlar O'zbekiston hududida toʼgʼridan-toʼgʼri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.

➡️ OTMlar roʼyxati bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin.

Kanalni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz