O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
13.4K subscribers
19.2K photos
1.58K videos
21 files
5.23K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
#musofir #xayriya_marafoni

Aziz yurtdoshlar va qadrli yoshlar bizda uzoq kutilgan yangilik!

O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan o'tkazilayotgan "Musofir" loyihasi doirasidagi xayriya marafoniga sizlarni mamnuniyat ila taklif etamiz.

Marafon 27-mart kuni Toshkent shahridagi "EKOPARK" madaniy-ko'ngilochar markazida bo'lib o'tadi🌳

Marafonimizda:
-turli xil o'yinlar🎯
-xayriya yarmarkasi🎗
-fleshmob😍
-taqdirlash marosimi🏆

Marafon o'tkazilish vaqti: 27-mart soat 13:00dan 17:00gacha

🌟Marafon mehmonlari: "Real-xit" boshlovchisi Jahongir Xo'jayev va o'zbek estradamiz yulduzlari

Ro'yxatdan o'tish

Telegram | Instagram | Facebook | www.wayu.uz
⚡️Oilaviy baxt — eng buyuk saodatdir!

Bugun Xalqaro xotin-qizlar kuni!

🇺🇿 Prezidentimiz kuni-kecha xotin-qizlarimizga yoʼllagan bayram tabriklarida taʼkidlaganlaridek, Sizlar muqaddas ona, aziz Vatan, oila timsoli, bitmas-tuganmas mehr, ezgulik va kuch-gʼayrat manbaisiz.

👨‍👩‍👦‍👦 Shuningdek, davlatimiz rahbari nutqlarida “Oila – bu mehr va baxt qoʼrgʼoni. Oila bor ekan, farzand degan bebaho neʼmat bor, insoniy qadr-qimmat va maʼnaviyat bor. Oilaviy baxt bu – eng ulugʼ saodatdir”, deb taʼkidladilar.

🌹Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi ham sizlarga avvalo sogʼlik, oilaviy baxt tilaydi. Yosh, shijoatli va zakovatli xotin-qizlarimizga esa ilm olish va ijtimoiy hayotdagi faoliyatida muvaffaqiyat yor bo'lsin!

💐Goʼzal bayramingiz muborak boʼlsin!

Bizni kuzatish ➡️
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Байрамингиз муборак бўлсин, азиз аёллар!

С праздником, дорогие женщины!

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi tizimida shtatlar jadvali maqbullashtirilgani munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan ayrim xodimlar haqidagi maqola yuzasidan munosabat

Bizni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Bu_muhim

Bir oyda 55 nafar yoshlar yetakchisi lavozimda oʼsdi, mexanizm ishlashda davom etadi

🔰 Xabaringiz bor, Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi tizimida fevral — “Umumtaʼlim muassasalaridagi yoshlar yetakchilari oyligi" deb eʼlon qilingandi. Oylik barcha hududlarda uyushqoqlik asosida tashkil etilib, qator loyihalar va tadbirlar oʼtkazildi.

➡️ Ochiq muloqotlar, seminarlar, master-klasslar, intellektual bellashuvlar doirasida minglab yoshlar yetakchilari qamrab olindi.

⚡️Oylik
yoshlar yetakchilariga uslubiy koʼmak berish, ularni zamonaviy bilimlardan boxabar qilish, shuningdek tajriba va malakalarini oshirish orqali maktablardagi oʼquvchilarning intellektual salohiyati va maʼnaviyatini yuksaltirishga qaratildi.

Birgina "Sotsial lift” loyihasi doirasida 55 nafar yoshlar yetakchilari yuqori lavozimlarga koʼtarildi.

☝️Infografikada oylik doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan batafsil tanishishingiz mumkin. Loyihalar davom etmoqda.

Bizni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Respublika yoshlar ovozi festivalining hududiy bosqichlariga start berildi!

Iqtidoringizni namoyon eting, biz qo’llab-quvvatlashga tayyormiz!

⚜️ Festivalda ishtirok etish uchun ikki yosh toifasi( 6-15 va 16-30) baxshichilik va an'anaviy ijro, opera, estrada yo'nalishlarida sinovdan o'tkaziladi.

Hududiy bosqichlarning kastinggi quyidagi sanalarda o'tkaziladi:

➡️15-16-mart — Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Andijon, Surxondaryo viloyatlarida;
➡️ 17-18-mart — Farg‘ona, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida;
➡️ 19-20-mart — Namangan, Buxoro, Samarqand viloyatlarida;
➡️ 22-23-mart — Navoiy, Jizzax va Toshkent viloyatlarida;
➡️ 24-25-mart — Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida.

📩 Ishtirok etish uchun @reg_tanlovbot orqali ro'yxatdan o'tishni unutmang!

Bizni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Аbituriyentlar_diqqatiga

Kirish imtihonlarida test topshiriladigan fanlar majmui tasdiqlandi

🔰Oʼzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilish boʼyicha Davlat komissiyasining 10-son bayoni bilan 2021-2022-oʼquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʼnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.

☝️Unga koʼra, bu yil kirish imtihonlarida maksimal ball 280,5 ballni tashkil qiladi. Uchta majburiy fan blokidan imtihon olinadi: Ona tili, Matematika va Oʼzbekiston tarixida jami 45 ta savol boʼlib, ularning har biriga 2,1 balldan beriladi. Taʼlim yoʼnalishiga mos fanlargaa 3,1 balldan beriladi. Bu blokda 2 tadan fan bor. Аbituriyentlar jami 5 ta fandan test topshiradi.

❇️ Bundan tashqari, qabul komissiyasi test bilan birgalikda ijodiy imtihon topshiriladigan yoʼnalishlarni ham tasdiqlagan.

Bizni kuzatish ➡️
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
⚡️Oʼzbekiston-Qirgʼiziston yoshlarining do'stona hamkorligiga keng yoʼl ochildi

🇺🇿🇰🇬Bugun oliy martabali mehmon Qirgʼiziston Prezidenti davlat tashrifi bilan Oʼzbekistonga keldi. Koʼksaroy qarorgohida ikki mamlakat yetakchilari doʼstlik, qoʼshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning barcha yoʼnalishlarini koʼrib chiqishdi.

🔰 Jumladan, yoshlar siyosatiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi A.Jumaboyev va Qirgʼiziston Respublikasi Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri K.Imanaliyev oʼrtasida Tadbirlar taqvimi imzolandi.

Hamkorlikdagi ushbu hujjat 2021-2022-yillarga moʼljallangan bo'lib, yoshlar o'rtasida biznes, tadbirkorlik, turizm, sport va madaniyat sohalariga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishga imkon beradi.

🤝Ushbu kelishuv kelgusida ikki mamlakat yoshlari oʼrtasida doʼstona munosabatlarni yanada mustahkamlashi kutilmoqda.

На русском языке

Kanalni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Talabalar_diqqatiga

⚡️Аnʼanaviy “Quvnoqlar va zukkolar” koʼrik-tanlovining 2021-yilgi mavsumiga buyurtmalar qabuli boshlanganini maʼlum qilamiz!

Tanlov 5 muhim tashabbus ijrosini taʼminlash, yoshlarni sanʼat, madaniyat, teatr sohalariga qiziqtirish, iqtidorlarini yuzaga chiqarish, ular o'rtasida o'zaro do'stlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilmoqda.

☝️Tanlovga oliy taʼlim muassasasi jamoalari buyurtma berib, ishtirok etish huquqiga ega boʼladi. Bitta muassasa nomidan faqat bitta jamoa ishtirok etishi mumkin.

👉 Talablar va buyurtma shaklini ushbu havoladan olishingiz mumkin.

Shoshiling, oʼz iqtidoringizni namoyish eting! Shuningdek, talabalar hayoti va ijtimoiy faoliyatimizdagi muammolarni yumor orqali koʼtarish va yechishga munosib hissangizni qoʼshing.

➡️ Eslatib oʼtamiz, buyurtmalar +99893-547-09-09 telegram raqami orqali 31-martga qadar qabul qilinadi. Ushbu xabarni do'stlaringizga ham ulashing.

Kanalni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Chorlov #Аksiya

⚡️Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi bir guruh yoshlar tashabbusini qoʼllab-quvvatlab, “Оbodlik — salomatligimiz asosi, o'tganlar yodiga ehtiromimizdir” shiori ostida respublika boʼylab 14-martdan 14-aprelgacha ijtimoiy aksiya eʼlon qiladi!

🌱Obodlik uchun tashabbus koʼrsatib, hasharlar tashkil etish yoshlar tashkilotida anʼanaga aylangan. Bu gal ham bir oy davomida koʼngilli yoshlar jamoa bo'lib, pandemiya sabab qarovsiz qolgan qabristonlarni, oʼzlari yashab turgan hududlardagi tarixiy qadamjolarni, mahalla va qishloqlarini, taʼlim muassasalarini hashar yoʼli bilan obodonlashtirishadi.

Ha aytgancha, аksiya doirasida #yoshlar_obodlik_sari heshtegi ostida ijtimoiy tarmoqlarda jamoalar tomonidan eʼlon qilingan eng sara foto va video mahsulotlar “Obod mahallam”, “Оbod qishlogʼim”, “Obod maktabim” va “Bizning ziyoratgoh” nominatsiyalari boʼyicha taqdirlanadi.

Аziz yoshlar, unutmaylik, yurti obodning — ko'ngli ham, kelajagi ham obod bo'lur!

Kanalni kuzatish ➡️
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_yetakchisi_kundaligiga

Yoshlar yetakchilari oʼquvchilarni qanday qilib kasb-hunarga yoʼnaltiradi?

Shu mavzuda Yoshlar ittifoqining Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan poytaxtdagi band boʼlmagan aholiga xizmat koʼrsatuvchi “Ishga marhamat” monomarkazida oʼquv-seminar tashkil etildi. Unda hududdagi umumtaʼlim muassasalaridagi yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

📌 Oʼquv-seminarda ishtirokchilarga monomarkaz masʼul xodimlari tashkilot faoliyati, oʼquvchilarni kasb-hunarga oʼqitishning oʼziga xos zamonaviy metodlari haqida tushuncha berdi.

Seminar davomida umumtaʼlim muassasalarida yoshlarni kasb-hunarga yoʼnaltirish ishlarini tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilinib, amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.

Kanalni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Yoshlar_uchun_yana_imtiyoz

⚡️"Yoshlar daftari"ga kiritilgan oilalar farzandlariga hukumat tomonidan qator imtiyozlar berilmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga koʼra:

Yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida tuman va shaharlarda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi tashkil etiladi.

⁉️Jamgʼarma mablagʼlari qanday ishlarga sarflanadi?

Batafsil tanishish uchun ushbu havolaga kiring. Bu hujjat hech bir yosh hukumatning eʼtiboridan chetda emasligining amaldagi yana bir namunasi boʼldi.

❇️ Ushbu imtiyoz va imkoniyat haqida doʼstlaringizga ham ulashing.

Kanalni kuzatish ➡️
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dayjest

🔰O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatida o‘tgan haftaning muhim voqealari dayjesti.

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Fotoreportaj: Yoshlar umumxalq xayriya hasharini uyushqoqlik bilan oʼtkazishdi!

Kanalni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
⚡️“Yil sardori” respublika koʼrik-tanlovi katta sahnalarga qaytganini maʼlum qilamiz!

🇺🇿 2020-yil 25-dekabr! Oʼzbekiston Prezidenti "Yoshlar forumi"da iqtidorli oʼquvchilarni qoʼllab-quvvatlash maqsadida “Yil sardori” koʼrik-tanlovini oʼtkazish taklifini ilgari surdilar. Taklif tashabbuskor va shijoatli yoshlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.

🔰Tanlovga “Kamalak” bolalar tashkilotining barcha umumtaʼlim muassasalardagi sinf, maktab, tuman (shahar) hamda hududiy sardorlari ishtirok etishi mumkin.

📌 Tanlov 10-14 hamda 14-18 yosh toifalarida o'tkaziladi.

☝️Nizom
ushbu havolada.

Sizda ham ishtirok etish istagi tugʼildimi? Hoziroq O'zbekiston yoshlar ittifoqining umumta'lim muassasalaridagi Yoshlar yetakchilariga murojaat qiling!

Shuningdek, ushbu havola orqali roʼyxatdan oʼtib, ishtirok etish huquqini qoʼlga kiriting!

🌈 Tashabbuskor sardorlar! Unutmang, ushbu tanlov sizni kashf etadi.

Qoʼshimcha maʼlumot uchun: 99-975-85-32

Kanalni kuzatish➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz