O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
14.4K subscribers
19.2K photos
1.59K videos
21 files
5.26K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dayjest

🔷 Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatida oʼtgan haftaning muhim voqealari dayjesti!

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus #Kitob_karvoni

Oʼzbekiston yoshlar ittifoqining “Kitob karvoni” Jizzaxda!

Jizzaxlik yoshlar maʼrifat, ziyo, kelajak karvonini bayram qilib kutib olishdi. “Kitob karvoni” loyihasi Navoiyxonlik, Nazm va navo kechalariga ulanib ketdi.

Jarayonlar Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tomonidan tayyorlangan lavhada.

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_580_yillik

⚡️Bugun 9-fevral "shams ul-millat" — millat quyoshi tavallud topgan kun!

☝️
Butun umrini turkiy til mavqeyini koʼtarish, turkiy adabiyot imkoniyatlarini dunyoga tan oldirish, turkiy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga, jamiyatda haqiqat va adolat mezonlarini qaror toptirishga bagʼishlagan bobokalonimiz bugun bizning eʼtirofimizga toʼla-toʼkis munosib va haqlidir.

Kanalni kuzatish 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiylik_yoshlar_tashabbusi

🎵Navoiy g'azallari yangi navolarda

🇺🇿 Navoiylik yoshlar tashabbusi bilan hazrat Alisher Navoiyning "Kelmadi" radifli g'azali cover versiyada kuyga solindi. E'tiboringizga navobaxsh taronani havola etamiz!

🎤 Sardorlar va viloyatning faol yoshlari ijro etadi.

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Navoiy_580_yillik

Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi hazrat Аlisher Navoiy xotirasini yod etib, poyiga gulchambar qoʼydi

🔷 Bugun Аdiblar xiyobonida buyuk shoir va mutafakkir Аlisher Navoiyning 580 yilligiga bagʼishlangan tadbir tashkil etildi.

🔰 Tadbirda ilm-fan namoyondalari, ziyolilar, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, adabiyotshunos olimlar va talabalar yigʼildi. Millat quyoshi qoldirgan buyuk maʼnaviy meros haqida fikrlar bildirildi. Kuy-qo'shiq, navolar yangradi.

⚡️Tadbirda Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi ham bir guruh yoshlar bilan ishtirok etib, hazrat Аlisher Navoiy xotirasini yod etdi, poyiga gulchambar qoʼydi.

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xullas, yana yangilik bor!

📊 Respublika Sardorlar Kengashi jamoasidan har bir Sardorning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun navbatdagi "Aqlli Avlod" podkastlarini hafta davomida sizga tortiq etishni boshlaymiz. Disertga esa, mobil telefonda rasm va video montaj qilishni o'rganib borasiz.

Bepul
Kichik hajmli (MB)
4K sifatli
videolar bilan har haftani bilimlar bilan nishonlaymiz!

Tayyormisiz?! - deb so'ramaymiz, bilamiz, siz tayyorsiz. Kelayotgan hafta yangi rivojlanishlar bilan boyishi aniq...

👇 Podkastlar berib boriladigan kanalimiz:
https://t.iss.one/AqlliAvlod

🔆 @Respublika_Sardorlari
#Yoshlar_siyosati_amalda

⚡️Shavkat Mirziyoyev ishonch bildirib, lavozimga qoʼygan yoshlar yetakchisidan intervyu

Boburbek Moʼminov: “Men uchun oson boʼlmaydi, lekin Prezident bildirgan ishonch hammasini eplashim uchun katta motivatsiya bo'ldi”

Xabaringiz bor, Xalq deputatlari Fargʼona viloyat Kengashining navbatdan tashqari oʼtgan sessiyasida Prezident soʼzga chiqqan Boburbek Moʼminovni Fargʼona shahar hokimining birinchi oʼrinbosari lavozimiga tayinlash boʼyicha topshiriq bergandilar.

🔷 Ushbu ishonch yoshlar, Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi tizimiga Prezident tomonidan bildirilgan g'amхo'rlik va eʼtibor namunasi boʼldi.

☝️ Biz Boburbek Moʼminovga bogʼlandik!

Uning taassurotlari va rejalari haqida siz ham ushbu manzilda o'qishingiz mumkin.

Kanalni kuzatish 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Matbuot_anjumani

АOKАda matbuot anjumani: “Yoshlar taʼlim granti” loyihasi doirasida qanday ishlar amalga oshirildi?

⚡️ Matbuot anjumanida Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Аkmal Jumaboyev, Yoshlar ishlari agentligi direktori oʼrinbosari Dilnoza Kattaxanova, Oʼzbekiston Milliy axborot agentligi direktori oʼrinbosari Xushnudbek Xudoyberdiyev, Mehrli qoʼllar xayriya jamoat fondi direktori Baxrom Аlimov, talabalar, OАV, jamoatchilik vakillari, blogerlar ishtirok etdi.

☝️Matbuot anjumani doirasida bildirilgan muhim maʼlumotlarni taqdim etamiz.

Kanalni kuzatish 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Matbuot_anjumani

“Yoshlar taʼlim granti” kimlarga beriladi?

🔷 oliy taʼlim muassasalarida toʼlov-shartnoma asosida tahsil olayotgan chin yetim,
🔷 nogironligi boʼlgan,
🔷 ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan
🔷Mehribonlik uyida tarbiyalangan talabalar

Grantning maqsadi nima?

Oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj boʼlgan talabalarni 2020/2021-oʼquv yili uchun stipendiyasiz hisoblangan toʼlov-shartnoma mablagʼining 50%gacha boʼlgan qismini toʼlab berishdir.

Shaffoflikni taʼminlash uchun qanday platforma yaratildi?

🔷 Mazkur grantni yoshlar oʼrtasida shaffof va adolatli oʼtishini taʼminlash, haqiqiy ijtimoiy himoyaga muhtoj toifa vakillarini izlab topish, eng muhimi – xayriya mablagʼlari oʼzining haqiqiy munosib egasini topishi uchun birinchi marotaba alohida “Yoshlar taʼlim granti” ishtirokchilari uchun metsenat.uz platformasi ishga tushirildi va mazkur platforma orqali bugungi kungacha 1.570 nafar talabalarning arizalari kelib tushgan.

Qancha yosh ushbu grantdan foydalandi?

Nizom qoidalariga toʼliq javob bergan 203 nafar talabalarga (36 nafari chin yetim, 3 nafari nogiron, 11 nafari mehribonlik uyida tarbiyalangan hamda 153 nafar boquvchisini yoʼqotgan talabalarga – 475.834.291 soʼm miqdorda 2020/2021-oʼquv yili uchun stipendiyasiz hisoblangan toʼlov-shartnoma mablagʼining 50%igacha boʼlgan qismi Yoshlar ishlari agentligi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi(80 foizdan ortigʼi) hamda Mehrli qoʼllar xayriya jamoat fondi tomonidan begʼaraz toʼlab berildi.
#Matbuot_anjumani #АOKА

Yoshlar ittifoqining “Yoshlar taʼlim granti”dan tashqari talabalarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan loyihasi bormi?

Аkmal Jumaboyev,
Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi

2019-2020-yilda Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni oʼtagan, harbiy qismlar qoʼmondonligining tavsiyanomasiga ega boʼlgan, Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga toʼlov-kontrakt shakli asosida oʼqiyotgan 4110 nafar talabaning toʼlov-kontrakti uchun 13 927 878 087 soʼm toʼlab berildi. 2020-2021-oʼquv yilida ham ushbu talabalarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash mexanizmi kafolatlangan.

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Matbuot anjumani

⚡️Metsenat.uz loyihasi doirasida 1677 nafar gʼolibga 4 mlrd 990 mln soʼmlik 10 ta loyiha eʼlon qilingan

Xushnudbek Xudoyberdiyev, Oʼzbekiston Milliy axborot agentligi direktori oʼrinbosari

— Ilmga investitsiya — bu eng zoʼr investitsiya. Bu jamiyat rivojiga xizmat qiladi. Buni madaniyat darajasiga olib chiqish zarur. Hozirgacha metsenat.uz loyihasida 1677 nafar gʼolibga 4 mlrd 990 mln soʼmlik 10 ta loyiha eʼlon qilingan. "Yoshlar taʼlim granti" shulardan bittasi hisoblanadi. Shu platforma orqali pul ajratmoqchi boʼlgan xayriya loyihalari salkam 5 mlrd soʼmga yaqinlashdi.

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Tayinlov

⚡️Karimov Baxriddin Maxmudjonovich O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi apparati Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

🔷 B.Karimov bugungi kunga qadar Markaziy Kengash Boshlang‘ich tashkilot yetakchilari bilan ishlash bo‘limida faoliyat yuritib kelgan. Salohiyatli, yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi Baxriddin Karimovning kelgusidagi faoliyatiga omad va muvaffaqiyat tilaydi.

Kanalni kuzatish 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz