O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
15.7K subscribers
19.3K photos
1.59K videos
21 files
5.27K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Photo
🇺🇿 “Yoshlar parlamenti” aʼzolarining Respublika forumi boshlandi

🔷 Bugun poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Yoshlar ishlari agentligi, Toshkent shahar hokimligi, Oʼzbekiston Milliy universiteti hamkorligida “Yoshlar parlamenti” aʼzolarining Respublika forumi boshlandi.

Xabaringiz bor, “Yoshlar parlamenti”ni tashkil etish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi oʼrtasida oʼzaro hamkorlik bitimi imzolangan edi. Parlamentga boʼlib oʼtgan saylovlarda mamlakatimiz boʼylab turli sohalarda faoliyat yuritayotgan 11 mingdan ziyod yoshlar orasidan 250 nafar aʼzo saylangan.

— “Yoshlar parlamenti” mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlarda yoshlarning ishtirokini taʼminlashga qaratilgan fuqarolik jamiyatining muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda. Bu shunchaki oddiy tuzilma emas, balki yoshlarimizning siyosiy faolligini taʼminlashga xizmat qiladigan haqiqiy maydondir, — deydi Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi mas’ul xodimi Shukurullo Anvarov.

☝️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat va jamoat arboblari ishtirokida o’tayotgan forum doirasida turkum uchrashuvlar, “Yoshlar parlamenti” aʼzolarining yalpi majlisi hamda istiqboldagi rejalariga bagʼishlangan muhokamalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Bizni kuzatib boring...

Bizning kanal
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tashabbuskor yoshlar. Qiziqarli suhbat. Ko'ngilochar tadbirlar.

🇺🇿 "Toshkent yoshlarni sevadi" yoshlar forumi davom etmoqda!

—————

Предприимчивая молодежь. Интересные беседы. Развлекательные мероприятия.

🇺🇿 Молодежный форум «Ташкент любит молодежь» продолжается!


Telegram sahifamiz👉🏻@yoshlaragentligi
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Факт 24 | Ёшлар парламентининг 1-форуми ўтказилмоқда
#27nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram
🔷 Jizzax shahrida “Yoshlar innovatsion markazi”ni rekonstruksiya qilgan “Jizzax real qurilish ta'mir” MChJ bilan bog’liq holat yuzasidan

MUNOSАBАT

Bizning kanal t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
👨‍👩‍👦‍👦 Toshkent viloyatida harbiy xizmatchilar mehrga muhtoj bolalarning ko'nglini ko'tardi

Bugun Toshkent shahridagi “Gʼalaba bogʼi”da Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi tashabbusi hamda viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Toshkent harbiy okrugi hamkorligida 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Zangiota va Nurafshon shahrida yashayotgan imkoniyati cheklangan yoshlar uchun tadbir tashkil etildi.

🔷 Yoshlarning "Gʼalaba bogʼi"ga ekskursiyasi tashkil etildi.

❇️ Yoshlar turli eksponatlar bilan tanishishdi. Ularga Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi hamda viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining estalik sovgʼalari topshirildi. Eng muhimi, bolalar xursand bo'lishdi.

Bizning kanal t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Beruniy tumanida ham Yoshlar mehnat guzari ochildi!

🔷 3 qavatli Mehnat guzarida zamonaviy o'quv markazi, go'zallik saloni, liboslar saloni, telefon ustaxonasi va boshqa komplekslar o'z ishini boshladi.

🔷 Asosiysi, Mehnat guzaridagi komplekslar yosh tadbirkorlarga imtiyozli shartlarda ijaraga berildi!

Yoshlar ish bilan ta’minlandi. Xalq uchun esa qulaylik yaratildi.

Bizning kanal t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
☝️Bilasizmi?

Qonunchilikka koʼra, voyaga yetmaganlar sogʼligini saqlash borasida quyidagi huquqlarga ega:

🔷 belgilanadigan tartibda dispanser nazoratida boʼlish hamda bolalar va oʼsmirlarning davolash-profilaktika muassasalarida davolanish;
🔷 sanitariya-gigiyena taʼlimi olish, oʼqish hamda oʼzlarining fiziologik xususiyatlari va sogʼligʼiga mos sharoitlarda mehnat qilish;
🔷 kasbga yaroqliligini aniqlash chogʼida byudjet mablagʼlari hisobidan bepul tibbiy maslahatlar olish;
🔷 sogʼliqlari toʼgʼrisida oʼzlari uchun qulay tarzda zarur axborot olish.

14 yoshdan oshgan voyaga yetmaganlar maʼlumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy ravishda rozilik berish yoki uni rad etish huquqiga ega.

Bizning kanal
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz