O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
24.1K subscribers
19.6K photos
1.73K videos
21 files
5.56K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
🌈 Rayosat: tahlil, sarhisob, ustuvor vazifalar

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkilotining onlayn tarzda VI Rayosat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🤝 Unda uzoq yillar davomida yoshlar tashkilotida faoliyat olib borgan rahbarlar, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari-Bola huquqlari bo‘yicha vakil, vazirlik, idora va hamkor tashkilotlar vakillari, sardorlar, faol yoshlar, Yoshlar ittifoqi rahbariyati hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

❇️ “Kamalak”ga a’zolik yoshi o’zgardi…

❇️ “Kamalak yulduzlari”ga necha yoshdan ishtirok etish mumkin…

❇️ Sardorlar saylovi muddati aniq bo’ldi…

❇️ Sardorlar maktabi tashkil etildi…

❇️ Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari-Bola huquqlari bo‘yicha vakil va “Kamalak” bolalar tashkiloti 12 banddan iborat chora-tadbirlar dasturini tasdiqlashdi…

👉 Batafsil:
https://www.facebook.com/yoshlarittifoqi.uz/posts/1267509080251414
🚀 Sardorlar Kengashining yangi yo'nalishlari bilan tanishing

📊 So'rovnoma, o'rganilgan fikrlar va muhokamalar natijalaridan so'ng Sardorlar Kengashi a'zolarining umumiy soni 18 nafardan 14 nafarga qisqartirildi. "Ittifoq" Sardorlari 7 nafar, "Kamalak" Sardorlari 7 nafarni tashkil etdi. Ushbu tarkib maktab, tuman(shahar), hudud hamda Respublika Sardorlar Kengashida aks etadi. Sinfda esa faqatgina bir nafar bosh "Kamalak" yoki "Ittifoq" Sardori o'z vazifasini bajaradi.

@kamalakbt_uz 👈
🔸Davlat rahbari raisligida jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta’minlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

🔹Yig'ilishda mas'ullarga ushbu tizimning namunaviy shaklini ishlab chiqib, 28 ta hududda sinovdan o‘tkazish vazifasi qo‘yildi.

🤝Nodavlat kasb-hunar ta’lim markazlari orqali yoshlar va ayollarda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 100 million dollar miqdoridagi mablag‘ yo‘naltirilib, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitishga 10 million dollar, o‘quv kurslarini tamomlab, sertifikat olganlarga imtiyozli kreditlar ajratish uchun 90 million dollar sarflanadi.

📩Shuningdek, “Ijtimoiy shartnoma” orqali nodavlat kasb-hunar o‘quv kurslarini bitiradigan yoshlar va ayollarga ta’lim xarajatlari uchun 1 million so‘mgacha subsidiya berilishi ko'zda tutilgan.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌈 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qoshidagi
“Kamalak” bolalar tashkilotining VI Rayosat yig‘ilishidan lavha!

👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
☝️ Mening volontyorlik faoliyatim: taklif va tashabbus

Sirdaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan Guliston shahridagi “Chehra PALACE” mehmonxonasida shu mavzuda seminar-trening o’tkazildi.

👨‍👩‍👦‍👦 Seminar-treningda faol, tashabbuskor yoshlar ishtirok etdi.

🤝 Kun avvalida “Ko’ngillilik nima?”, "Ko’ngillilik va uning asosiy vazifalari. Ko’ngillilik prinsiplari”, “Vaqtni boshqarish samaradorligi” kabi mavzularda treninglar bo’lib o’tdi.

❇️ Kunning ikkinchi yarmida esa, muammoli ishtirokchilar bilan ishlashda nimalarga e’tibor berish kerakligi to’g’risida kichik guruhlarda ish olib borildi. Volontyor yoshlar berilgan mavzularda loyihalarini ishlab chiqishdi.

— Bugun o’zim uchun yangi bilim, tajriba oldim. Ushbu ko’nikmalarni yoshlar bilan ishlashdagi kelgusi faoliyatimda tadbiq etaman, — deydi Sirdaryo tumani 40-maktab Yoshlar yetakchisi Charos Shodmonqulova.

👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz