O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
13.4K subscribers
19.2K photos
1.59K videos
21 files
5.25K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
​​O’z biznesingizni kengaytirmoqchimisiz? Xalqaro hamkorlar kerakmi? Unday bo’lsa bu Biznes Forum aynan siz uchun! 📣

2020 yil 22-25 aprel kunlari Rossiya Federatsiyasi Yoshlar ishlari bo'yicha Federal agentlik, Boshqirdiston Respublikasi hukumati, Rossiya Yoshlar ittifoqi, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi, Boshqirdiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, “Yoshlar – bizning kelajagimiz” hududlararo ijtimoiy dasturlar fondi tomonidan tashkillashtirilayotgan Biznes Forum bo'lib o'tadi.

Forumda bugungi kunda tadbirkorlar duch keladigan turli dolzarb savollarga eskpert qatnashchilar tomonidan javoblar beriladi.

Bundan tashqari, forum doirasida yosh mutaxassislarni ish bilan ta'minlash, eksport masalalari va biznesni strategik rivojlantirish bilan bog'liq masalalar bo’yicha maslahatlar beriladi.

Sizni yana nimalar kutmoqda?
- Interfaol formatda tajriba almashish.
- Mavzular bo'yicha muhokamalar va davra suhbatlari.
- Biznesdagi muammolarni hal qilish uchun yangi texnologiyalar va usullar.
- Muvaffaqiyatli loyihalar, foydali mahsulotlar, qiziqarli usullar, tushunchalar, raqamlar / tadqiqotlar, va albatta qiziqarli odamlar.

Arizalar qabul qilish muddati: 10 mart, 2020 yil
Ushbu forumda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishingiz mumkin
↙️↙️↙️
https://forms.gle/D8zVqQyZsbacrVtU6

Приглашаем Вас принять участие в Российско-Узбекском Молодежном Бизнес-Форуме 2020! 📣

С 22 по 25 апреля 2020 года будет проходить Бизнес-форум, организаторами которого являются Федеральное агентство по делам молодежи РФ, Правительство Республики Башкортостан, Российский Союз Молодежи, Союз молодежи Узбекистана, Торгово-промышленная палата Республики Башкортостан, Фонд региональных социальных программ "Молодежь - наше будущее".

В рамках Форума будут обсуждены различные актуальные вопросы, стоящие перед предпринимателями на сегодняшний день.

Кроме того, на Форуме будут подниматься вопросы, связанные с трудоустройством молодых специалистов, экспорта и стратегического развития бизнеса.

Что нового ждёт Вас?
— Обмен опытом в интерактивном формате.
— Дискуссии и круглые столы на актуальные темы.
— Новые технологии и методики решения бизнес задач.
— Успешные проекты, полезные продукты, интересные форматы/методы, концепции, цифры/исследования, интересные люди.

Срок подачи заявок: 10 Марта, 2020 г.
Вы можете пройти регистрацию по ссылке
↙️↙️↙️ https://forms.gle/D8zVqQyZsbacrVtU6

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Instagram
Forwarded from Modul 5
🔥Shunday chiroyli sanada sevimli loyihangda , muvaffaqiyatli insonlardan ajoyib hayotiy dars olishga nima yetsin! Modul 5 loyihasining 6-sonini qisqacha aynan shunday ta'riflash mumkin.

🔸Rustam Ashurov o'zining ilm-fan tog'risidagi, Rasul Kusherbayev esa deputatlikning ko'pchilik bilmagan tomonlari haqidagi hamda Ruslan Nurudinovning professional sportchi bo'lguniga qadar bosib o'tgan yo'li to'g'risidagi so'zlari loyihamiz muxlislar uchun haqiqiy motivatsiya bera oldi.

🔹Tadbirning eng kulminatsion nuqtasi deb, shubhasiz, Aziza Qurbonovaning ayollar haqidagi chiqishi, eng pozitivi esa Azamat Jalolovning nutqi bo'ldi desak adashmagan bo'lamiz!

Modul 5 loyihasining rasmiy sahifalari👇
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Alisher Sa'dullayev: "Maqsadimiz bir-birimizni tekshirish emas, o‘zaro yordam ko‘rsatib, yaxshi natijaga erishishdir"

🇺🇿O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Alisher Sa'dullayev Qo‘shko‘pir tuman xalq deputatlari sessiyasida ishtirok etdi.

📁Sessiyada tumandagi yoshlar bandligi masalasiga alohida e'tibor qaratildi. 4 ta sektor rahbarlari bu borada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berib o'tdi.

📈Sarhisob davomida tumandagi ishsiz yoshlar soni, yaratilgan yangi ish o'rinlari hamda yoshlar bandligini ta'minlashdagi natijalar xususida ma'lumot berildi. Shuningdek, mazkur masalaning yechimi yuzasidan kelgusidagi rejalar va kutilayotgan natijalar ma'lum qilindi.

- Maqsadimiz bir-birimizni tekshirish emas, o‘zaro yordam ko‘rsatib, yaxshi natijaga erishish, - deydi Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Alisher Sa'dullayev. - Rejalarimiz amalga oshishi uchun tizimni yo‘lga qo‘yib olish zarur. Biz sizlarning kuchingizga ishonamiz!
Forwarded from YOSHLAR ILM-FAN UCHUN
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️Diqqat ❗️❗️
Videoroliklar🎞 tanlovida qatnashing va pulli💰 mukofotlarga ega bo'ling!

📚Ilm-fanni milliy qadriyat sifatida shakllantirish, yosh avlodning ta'limga bo'lgan qiziqishini orttirish maqsadida "Yoshlar ilm-fan uchun" kreativ videoroliklar tanlovi e'lon qilindi.

📌Tashkilotchilar: O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi va Innovatsion rivojlanish vazirligi.

🎥Roliklar quyidagi mavzular bo'yicha qabul qilinadi:
▫️Buyuk ajdodlar merosi;
▫️Zamonaviy texnologiyalar;
▫️Eng yaxshi animatsion rolik;

🏆Mukofotlar:
(Har bir yo'nalish uchun 3 tadan o'rin)
🥇1-o'rin: 30 million so'm;
🥈2-o'rin: 20 million so'm;
🥉3-o'rin: 15 million so'm;
🎖Rag'batlantiruvchi mukofot 5 million so'm.

Videoroliklarni 2️⃣9️⃣-fevralgacha
(94) 416 09 16 telegram raqamiga yuborishingiz mumkin 📲
🏢Xorazm viloyatida yoshlar bandligini ta'minlash bo’yicha vazifalar ijrosiga bag’ishlangan Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasi o’tkazildi.

🎙Markaziy Kengash raisi Alisher Sa’dullayev so’zga chiqib yoshlar bilan ishlashda ularga shaxsiy namuna bo’lish, ularni qo’llab-quvvatlash, jamiyatda, hayotda o’z o’rnini topishiga qadar bo’lgan jarayonda yonida bo’lish lozimligi xususida to’xtalib o’tdi.

📊Bugungi kunda viloyatda 38 883 nafar ishsiz yoshlar bo’lib, yil oxirigacha ularning 28 974 nafari, ya’ni 74.5% ish bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Instagram
🌳Namanganda "Kelajak uchun bir nihol" aksiyasi bo'lib o'tmoqda!

🌿Namangan viloyatida bo'lib o'tgan "Hokim va yoshlar uchrashuvi"da viloyat ekotizimini yanada yaxshilash masalasi ko'rib chiqilib, unda "eco day" manzarali ko'chatlar ekish aksiyasini o'tkazishga kelishib olingandi.

🍀Aksiya doirasida viloyat yoshlari ham Yoshlar bog'iga 500 ga yaqin eman, sosna, pavloniya, kashtan va archa ko'chatlarni ekib, hudud ekologik holatini yaxshilash uchun o'z hissalarini qo'shishdi.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Instagram
🚌"Orolga hayot qaytmoqda" loyihasi asosida Surxondaryo yoshlari Mo'ynoqqa tur sayohat uyushtirdi!

🌳18-21-fevral kunlari Surxondaryo viloyatidan volontyorlar jamoasi a'zolari, OTM boshlang'ich tashkiloti yetakchilari, madaniyat sohasidagi iste'dodli yoshlar, baxshilar va OAV xodimlari Orolbo'yi hududlariga tashrif buyurib ko'kalamzorlashtirishga o'z hissasini qo'shayotgan vohadoshlarimiz holidan xabar olishdi va birgalikda saksovul ekish jarayonida bevosita ishtirok etishdi.

📚Shuningdek Mo'ynoq yoshlariga viloyat hokimining sovg'alari topshirilib, Qoraqalpoq va Surxondaryo yoshlari uchun "Do'stlik" kechasi o'tkazildi.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari
Telegram | Facebook | Instagram