O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
19.7K subscribers
19.5K photos
1.72K videos
21 files
5.54K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
🌏Sifatli ta'lim olish, chet el madaniyatini o'rganish va sayohat qilish maqsadida ko'plab hamyurtlarimiz oliy ta'limni Germaniya, Angliya, Amerika, Turkiya kabi davlatlarda o'qishni ma'qul ko'rishmoqda.

🇹🇷Turkiyada o'qish istagini bildirayotgan yoshlarimizga nufuzli oliygohlarda grant asosida ta'lim olish va tadqiqot olib borish imkonini yaratuvchi "Turkiya grantlari" dasturi haqida batafsil ma'lumot berish maqsadida bugun O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

🔸Xorijiy turklar va qardosh jamoalar boshqarmasi boshlig’i- Ahmed Atabash, Turkiyaning O’zbekistondagi elchixonasi matbuot maslahatchisi- Davut Gazi Benli dasturga hujjat topshirish tartibi, madaniy va ijtimoiy tadbirlar, ta'lim yo'nalishlari to'g'risida ma'lumot va tavsiyalarini berib o'tishdi.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
⚽️ CR7: qattiq mehnatdan yulduzlik cho‘qqisigacha yo‘l

🇵🇹 Krishtianu Ronaldu dush Santush Aveyru 1985-yil 5-fevralda Portugaliyaning Madeyra oroli Funshal shaharchasida tug‘ilgan. Nochor oilada o‘sgan Ronaldu shijoat, sabot va tinimsiz mehnati tufayli «Sporting» klubidan «Manchester Yunayted»ga o‘tgan, so‘ng «Real Madrid» klubida yulduzlik cho‘qqisiga chiqqan.

🇮🇹 Ayni vaqtda Italiyaning «Yuventus» klubi va Portugaliya milliy terma jamoasi safida faoliyat olib borayotgan professional hashamatli hayot tarzi bilan mashhur bo‘lsa-da, keng xayriya ishlarini olib boradi, futbolga mehri baland yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

🔹 O‘zbekiston va butun dunyoda millionlab yoshlar havas qiladigan futbol yulduzi Krishtianu Ronaldudan hayotiy saboqlarni taqdim etamiz.

#Ronaldu35 #CR7

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Tanlovda qatnashib, ilm-fan rivojiga o'z hissangizni qo'shing!

🇺🇿O'zbekiston yoshlar ittifoqi va Innovatsion rivojlanish vazirligi ilm-fanni milliy qadriyat sifatida shakllantirish, yosh avlodning ta'limga bo'lgan qiziqishini orttirish maqsadida "Yoshlar ilm-fan uchun" kreativ videoroliklar tanlovini e'lon qiladi.

🎁Tanlovda qatnashing, malakangizni oshiring, ilm-fan rivojiga hissa qo'shing va g'olib bo'ling!

🔸Roliklar quyidagi mavzular bo'yicha qabul qilinadi:
-Buyuk ajdodlar merosi
-Zamonaviy texnologiyalar
-Eng yaxshi animatsion rolik

🔹Har bir nominatsiya g'oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:

1️⃣-o'rin- 30 million so'm
2️⃣-o'rin- 20 million so'm
3️⃣-o'rin 15 million so'm
Rag'batlantiruvchi mukofot- 5 million so'm

Videoroliklarni 29-fevralgacha (94) 416 09 16 telegram raqamiga yuborishingiz mumkin.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy qism va muassasalari yoshlar yetakchilarining 1-respublika forumi o’tkazildi.

🔸Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda mardlik tuyg’usini shakllantirish, ushbu sohada olib borilayotgan ishlarga davlat va nodavlat tashkilotlarni yanada faol jalb etish hamda harbiy qism va muassasalardagi yoshlar yetakchilari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish tizimini yo’lga qo’yish maqsadida tashkil etilgan ilk forumda harbiy qism boshlang’ich tashkilot yetakchilari, Bojxona, Harbiy-texnika instituti kursantlari, OAV vakillari ishtirok etdi.

🔹Forum davomida Andijon voqealariga bag’ishlab “Mard o‘g‘lonlar nomi barhayot” videoroligi hamda yosh kursantlarning vatanparvarlikka chorlovchi ijodiy chiqishlari namoyish etildi. Tadbir so‘ngida harbiy bo‘lim boshliqlari hamda huquq-tartibot idoralaridagi hamkor tashkilotlarga O’zbekiston yoshlar ittifoqining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram