O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
24.1K subscribers
19.6K photos
1.73K videos
21 files
5.56K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligi uchun saylovda g'olib bo'lgan 125 hamyurtimizning ro'yxati e'lon qilindi. Ular orasida O'zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida faoliyat yurituvchi 6 nafar deputatning borligi saylovchilar ishonchi va shu ishonchga munosib mas'uliyatdan darak beradi.

🗳 Biz saylovlarda g'alaba qozongan Abdullo Aslonov (Samarqand tumani), Madina Baratova (Buxoro shahri), Sardorbek G'iyosov (To'raqo'rg'on tumani), Zafarjon Jalolov (Sariosiyo tumani), Bahrom Rahmonaliyev (Oltiariq tumani), Sherzod Rahmonovlarga (Peshku tumani) deputatlik faoliyatida muvaffaqiyat, yana bir bor mas'uliyatga mos mehnatda shijoat tilaymiz!

📌 Ma'lumot uchun, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat va tuman shahar Kengashlari deputatligiga saylovda O'zbekiston yoshlar ittifoqi tizimidan 261 nafar yosh xodim nomzodi qo'yilgandi.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
🇺🇿Vatanparvarlik- bu balandparvoz gaplar yoki bayroqcha silkitish emas!

👨‍👩‍👦‍👦Vatan, xalq, oila oldidagi mas'uliyatni his qilish,yurt taraqqiyotiga hissa qo'shish har bir xalqparvar insonga xos fazilatdir.

🙇🏻‍♂️O'quvchilarda burchga sadoqat, hushyorlik va ogohlik tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida an'anaviy o'tkazib kelinayotgan harbiy-vatanparvarlik oyligi boshlandi.

Mazkur oylik doirasida yurtimizning barcha ta'lim muassasalarida turli tadbirlar, harbiy texnika, qurol-aslaha ko'rgazmalari, harbiylar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
Forwarded from Modul 5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tajriba o'z so'zini "Modul 5" da aytadi😉

Modul 5 loyihasining 4-soni. Tez kunda ...

Modul 5 loyihasi rasmiy sahifalari👇
Telegram|Instagram|Facebook
🎅🏻Mo’jizaviy sovg’alarni faqat qorbobolar keltirmaydi!

👪 Joriy yilning 26-dekabr kuni 168 nafar yosh oila uchun unutilmas bo’ldi. Chunki ular yangi yilni yangi uylarida kutib olishadi-da!

🇺🇿 O’zbekiston yoshlar ittifoqi faollari, jamoatchilik vakillari Sergeli tumanida barpo etilgan “Yoshlar uylari”ni o’z egalariga tantanali ravishda topshirishdi.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
Шавкат Мирзиёев Муҳаммад ал-Хоразмий номидаги мактабда ёшлар билан учрашди.
Ўсиб келаётган авлод ҳаётидаги муаммолар, долзарб вазифалар муҳокама қилинди.
Ёшлар иттифоқи негизида Ёшлар ишлари агентлигини тузиш, “Ёшлар медиа холдинги” ташкил этиш таклифи ҳам билдирилди.
– 2020 йил ёшларга оид давлат сиёсатида туб бурилиш йили бўлади, – деди Президент.
Давлатимиз раҳбари учрашувда янграган таклифлар юзасидан мутасаддиларга топшириқлар берди.
www.president.uz/uz/3178
--
Шавкат Мирзиёев провел встречу с молодежью в школе имени Мухаммада аль-Хорезми.
В ходе диалога обсуждены проблемы подрастающего поколения, актуальные задачи.
Предложено образовать Агентство по делам молодежи на базе Союза молодежи, создать «Молодежный медиахолдинг».
– 2020 год станет поворотным в государственной молодежной политике, – сказал Президент.
Глава государства дал ответственным лицам поручения по высказанным на встрече предложениям.
www.president.uz/ru/3178
🇺🇿Bugun Shavkat Mirziyoyev Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashdi.

📰📺 Muloqot davomida davlat rahbari “Yoshlar”, “Mening yurtim” kabi telekanallar, “Yoshlar” radiosi, “Yoshlar ovozi”, “Yosh kuch”, “Dugonalar” kabi bosma nashrlar, “Yoshlar nashriyot uyi” birlashishi, barchasi yagona bir maqsadga xizmat qilishi kerakligini taʼkidladi.

⭕️ "Buning uchun ushbu ijodiy tashkilotlar negizida “Yoshlar media xoldingi”ni tashkil etish taklifini bildiraman. Bu gʼoyani sizlar ham qoʼllab-quvvatlaysizlar, degan umiddaman", — dedi Shavkat Mirziyoyev

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
🇺🇿Prezidentimiz bugun yoshlar bilan uchrashuvda mamlakatimizda yoshlar siyosatiga toʼgʼridan-toʼgʼri masʼul boʼlgan davlat organiga ehtiyoj borligini bildirdi.

🏛 "Germaniyada Oila, keksalar va yoshlar masalalari vazirligi, Fransiyada Yoshlar va sport vazirligi, Turkiyada Yoshlar va sport vazirligi, Singapurda Madaniyat, kommunikatsiya va yoshlar vazirligi, Rossiyada Federal yoshlar agentligi mazkur vazifani bajaradi", — dedi Prezident.

"Shu munosabat bilan bir oy muddatda rivojlangan mamlakatlarning ilgʼor tajribasidan kelib chiqib, Yoshlar Ittifoqi negizida Yoshlar ishlari agentligini tashkil etish, “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʼarmasi samaradorligini oshirish boʼyicha taklif kiritilsin", — deya tashabbus koʼrsatdi davlat rahbari.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Joylarda 8 nafar yosh avlod vakillari hokim oʼrinbosari etib tayinlangan. Yaqinda boʼlib oʼtgan saylovlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga 9 nafar yigit-qiz saylangan, mahalliy kengashlarda gʼalaba qozonganlarning qariyb 10 foizini yoshlar tashkil etadi.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Globallashuv sharoitidagi xavf-xatarlar va mafkuraviy xurujlar haqida soʼz borar ekan, Prezident maʼrifatparvar bobomiz Fitratning “Bu dunyo kurash maydonidir. Sogʼlom tan, oʼtkir aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir”, degan soʼzlarini yodga oldi.

Yoshlar oʼrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik, oilaviy ajrimlarning oldini olish boʼyicha tegishli tashkilotlar rahbarlariga koʼrsatmalar berildi.

Yoshlar ittifoqi rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | Instagram