O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
24.1K subscribers
19.6K photos
1.73K videos
21 files
5.56K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
#Yoshlarforumi2024

🗣 Forumning 2-kuni: Eng ilg‘or g‘oyalar va ochiq muloqotlar!

⚡️ “Yoshlar forumi – 2024” doirasidagi “O‘zbekiston o‘quv markazlari” forumning ikkinchi kuni qizg‘in muhokamalar va samarali muloqotlar bilan davom etmoqda!

🗒 Kunning birinchi yarimida:

➡️ Yoshlar o‘z taklif va tashabbuslarini ochiq bildirishlari mumkin;
➡️ Eng ilg‘or o‘quv markazlarining tajribalari o‘rganiladi va baham ko‘riladi;
➡️ Savol-javoblar orqali yangi imkoniyatlar va loyihalar shakllantiriladi.

🙋 Alohida qayd etish lozim, forum davomida bildirilgan eng yaxshi taklif va tashabbuslar 2025-yilning Yoshlar dasturiga kiritilishi ham rejalashtirilgan!

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3👏2
#Yoshlarforumi2024

🗣 Mamlakatimizdagi o‘quv markazlari soni qariyib 2 baravarga o‘sgan

⚡️ “Yoshlar forumi – 2024” doirasida bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekiston o‘quv markazlari” forumida sohaga aloqador so‘ngi ko‘rsatkichlar ko‘rib chiqildi.

🗒 Xususan, 2022-yilda xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga o‘qituvchi markazlar soni 12 840 tani tashkil etgan bo‘lsa, sohaga qaratilgan e’tibor natijasida bu ko‘rsatkich ikki yil ichida 1,7 barobarga oshib, 22 297 taga yetdi. Hozirda ushbu markazlarda 353 mingdan ortiq yoshlar ta’lim olmoqda.

🇺🇿 Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlar uchun chet tillarini o‘rganish yo‘nalishida yaratilgan keng imkoniyatlar va amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida, ularning kasb egallash imkoniyatlari yildan-yilga oshib bormoqda.

🙋 Birgina “Kelajak kasblari” loyihasi orqali bugungi kungacha 755 ta o‘quv markazlari bilan hamkorlik olib borilib, 25 mingdan ortiq yoshlarga ta’lim berildi. Ushbu muassasalarning kelgusidagi faoliyatiga omad tilaymiz!

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51🔥1👏1
#MahallaYetakchilariForumi #YoshlarForumi2024

🗣 Mahalladagi yoshlar yetakchilari I Forumining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

⚡️ “Yoshlar forumi” mahalladagi yoshlar yetakchilari faoliyatining 3 yillik sarhisobi, amalga oshirilgan ishlar tahlili va istiqboldagi rejalar bo‘yicha hamkor tashkilotlar bilan o‘zaro tajriba almashish maydoniga aylandi.

🙋 Yoshlar ijod saroyida 2 kun davom etadigan forumda “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining hududiy bosqichi g‘oliblari, faol yoshlar yetakchilari va hamkor tashkilotlar ekspertlari ishtirok etadi.

Forumning ochilish marosimida hukumat vakillari hamda hamkor tashkilotlarning rahbar va o‘rinbosarlari ishtirok etishdi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi, Respublika Ma’naviyat va ma'rifat markazi rahbari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari so‘zga chiqib forum ishiga omad tilashdi.


Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍3❤‍🔥211🥰1
#MahallaYetakchilariForumi #YoshlarForumi2024

🗣 Mahalladagi yoshlar yetakchilari I Forumining tantanali ochilish marosimidan fotolavha

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍92🔥21❤‍🔥1🥰1👏1🤩1🤝1
#MahallaYetakchilariForumi #YoshlarForumi2024

🗣 Forum doirasida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda

⚡️ "Yoshlar forumi - 2024" doirasida Mahalladagi yoshlar yetakchilari I Forumi o‘tkazilmoqda. Forumning tantanali ochilish marosimidan so‘ng forum ishtirokchilari hamda tadbirkorlar uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

🙋 Uchrashuv davomida mamlakatimizning faol tadbirkorlari tomonidan yoshlarga loyihalar va jamoa boshqaruvi, liderlik ko‘nikmalari hamda tadbirkorlikda muhim hisoblangan bilimlar hamda tajribadan o‘tgan tavsiyalar berilmoqda.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍21🔥1🥰1
#YetakchilarForumi #YoshlarForumi2024

🎓 Oliy ta‘lim muassasalaridagi “Yoshlar yetakchilari forumi” o‘tkazildi

🤝 “Yoshlar forumi — 2024” doirasida Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta‘lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilot “Yoshlar yetakchilari forumi” bo‘lib o‘tdi. Forumda mamlakatimizdagi barcha oliy ta'lim muassasalarining yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

🙋 Forum davomida tajribali spikerlarimiz tomonidan yetakchilarimizga liderlik qobilyatlarini rivojlantirish, jamoani boshqarish va shu kabi boshqa qiziqrarli hamda muhim mavzularda seminar-treninglar o‘tkazildi. Shu bilan birga mamlakatimizning yirik tadbirkorlari ishtirokida uchrashuv va muloqotlar tashkil etildi.

🇺🇿 Tadbir yakunida yil davomida na'munali faoliyat olib borgan yoshlar yetakchilari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi hamda barcha yoshlar yetakchilariga maxsus statuetka va esdalik sovg‘alari topshirildi.

➡️ Fotolavha / Batafsil ma'lumot

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥32🥰2🏆1🤝1
#Yoshlarforumi2024 #Rossiya

🗣 “Yoshlar Forumi — 2024” Rossiyadagi vatandoshlarimiz bilan!

⚡️ Dekabr oyida mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Yoshlar Forumi — 2024” nafaqat yurtimizda, balki xorijda yashab, ta’lim olayotgan, ilmiy izlanishlar olib borayotgan va mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz uchun ham tashkil etilmoqda.

🙋 Xususan, kuni kecha Rossiya Federatsiyasidagi vatandosh yoshlarimiz bilan birgalikda ushbu muhim forum o‘tkazildi. Bu tadbir yoshlarimiz uchun o‘zaro fikr almashish va hamkorlikda yangi tashabbuslarni boshlash uchun muhim platformaga aylandi.

Bizning sahifalarimiz
:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YoshlarForumi2024 #Turkiya

🤝 Turkiyada “Yoshlar forumi — 2024” doirasida o‘zbekistonlik iste’dodli yoshlar va taniqli blogerlar bir joyga jam bo‘ldi.

👥 Forum davomida muhim uchrashuvlar, fikr almashuvlar va yangi tashabbuslar muhokama
qilindi.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72🥰1👏1💯1🏆1
#TaqdirlashMarosimi #YoshlarForumi2024

🗣 "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni topshirildi

🤝 “Yoshlar forumi — 2024” doirasida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh yoshlarga “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda davlat organlari va jamoat tashkilotlari vakillari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining yetakchilari va faollari, “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sovrindorlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

🙋 Ta’kidlash joizki, joriy yilda 250 nafardan ortiq yoshlarimiz ushbu ko‘krak nishoni uchun nomzodlik qilgan bo‘lib, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qarori bilan ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, san’at, jurnalistika, sport, qishloq xo‘jaligi, kichik biznes, huquq va harbiy sohalarda o‘qiyotgan, ishlayotgan hamda ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanib, yuksak natijalarga erishayotgan 110 nafar yoshlarga “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni topshirildi.

🇺🇿 Tadbir estrada yulduzlari ishtirokidagi konsert dasturi bilan yakunlandi. E'tirof etilgan yoshlarimiz haqida kelgusidagi postlarimizda batafsil ma'lumot beramiz.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1752👏2🔥1🏆1
#Etirof #YoshlarForumi2024

🗣 "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar

🙋 Joriy yilda 250 nafardan ortiq yoshlarimiz ushbu ko‘krak nishoni uchun nomzodlik qilgan bo‘lib, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qarori bilan ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, san’at, jurnalistika, sport, qishloq xo‘jaligi, kichik biznes, huquq va harbiy sohalarda o‘qiyotgan, ishlayotgan hamda ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanib, yuksak natijalarga erishayotgan 110 nafar yoshlarga “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni topshirildi.

🇺🇿 Ma'lumot uchun "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni bugungi kunga qadar 1073 nafar yoshlarga topshirilgan. Bu yilgi sovrindorlar bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

➡️ yoshlarittifoqi.uz/uz/news/uzbekistan-belgisi-2024

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏14👍6🔥32😍21🥰1🏆1🫡1