O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
20.2K subscribers
19.5K photos
1.69K videos
21 files
5.5K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
#Kitoblar #Sirdaryo

🗣 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan Sirdaryodagi oliy ta’lim muassasalariga kitoblar to‘plami topshirildi!

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi raisi Azizbek Raxmonov viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari yoshlar yetakchilari va boshlang‘ich tashkilot a’zolari bilan uchrashib, ularning taklif va muammolarini tingladi.

🙋 Uchrashuvlar davomida oliy ta’lim muassasalari boshlang‘ich tashkilotlariga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan ajratilgan kitoblar to‘plami topshirildi.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BeshTashabbusOlimpiadasi #Gandbol

📍 “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi” gandbol musobaqalarining final bosqichi g‘olib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

🙋 Qizg‘in va murosasiz kechgan gandbol musobaqalarining final bosqichi o‘yinlari natijalariga ko‘ra:

➡️ 1-o‘rin: Andijon viloyatining “Obod turmush” mahalla jamoasi;
➡️ 2-o‘rin: Jizzax viloyatining “Sovungarlik” mahalla jamoasi;
➡️ 3-o‘rin: Toshkent shahrining “Dilbuloq” mahallasi jamoasi.

👋 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan mazkur musobaqalar yurtimizning barcha hududlaridan minglab yosh gandbolchilarni bir maqsad atrofida birlashtirdi!

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YoshlarIttifoqi #FarDUgaTashrif

🇺🇿 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash raisi Boshlangʻich Tashkilot faoliyati bilan tanishdi!

🎓 Kuni kecha Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Sattarov Xayrulla Fayzullayevich Farg‘ona davlat universitetida boʻlib, u yerda tashkil etilgan boshlang‘ich tashkilot faoliyati bilan tanishdi.

💬 Uchrashuv davomida boshlang‘ich tashkilot Kengashi aʼzolari hamda “Qalqon” jamoatchilik nazorati aʼzolarining takliflari tinglandi.

🖋 Yakunda Markaziy Kengash raisi tomonidan boshlang‘ich tashkilot faoliyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha tavsiyalar berildi.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#HuquqiyYangiliklar #ZulfiyaMukofoti

🗣Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti talabgorlarini tanlash tartibi belgilandi

🇺🇿 Hukumat Qarori (731-son, 01.11.2024 y.) bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning hujjatlarini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Unga ko‘ra, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti talabgorlarini tanlash, ularning hujjatlarini rasmiylashtirish va taqdim etish tartibi hamda yo‘nalishlar bo‘yicha talabgorlarning yutuqlari, ilmiy-ijodiy va amaliy ishlarini baholash mezonlari belgilandi.

🙋 Talabgorlar 8 ta yo‘nalish — fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyati bo‘yicha tanlovlar orqali saralanadi.

🗒 Mukofot ijtimoiy faolligi va iste’dodi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli xotin-qizlarga o‘qish va mehnat faoliyatidagi yutuqlari uchun beriladi.

👥 Yo‘nalishlar bo‘yicha har bir o‘ringa munosib talabgorlarni tanlash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

➡️ tuman (shahar) bosqichi — 2 sentyabrdan 20 oktyabrga qadar;
➡️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi — 21 oktyabrdan 30 noyabrga qadar;
➡️ respublika bosqichi — 1 dekabrdan 31 dekabrga qadar o‘tkaziladi.

🥇 Mukofot har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 2 nafardan vakillariga — jami 28 nafar talabgorga beriladi.

🎉 Sovrindorlarga mukofotlanganlik haqidagi diplom, ko‘krak nishoni hamda BHMning 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti har yili 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtibos

🖋 Mashhurlardan iqtibos

➡️ Yaqinlaringizga ulashishni unutmang!

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM