#Xorazm #YoshlarYetakchisi
🙋 Yoshlar yetakchiligiga saylov o‘tkazildi
🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filailiga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi raisi hamda Ittifoqning viloyat Kengashi bo‘lim boshlig‘i tashrif buyurdilar.
🔎 Tashrif davomida direktorning birinchi o‘rinbosari O‘tkir Matyokubov, tyutorlar va talaba-yoshlar bilan birgalikda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining TATU Urganch filiali Boshlang‘ich tashkiloti hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🖋 Saylovda barcha fakultetlardan 100 nafardan ortiq delegat qatnashib, uch nafar nomzodning saylov oldi dasturi tinglandi. Hisobot-saylov yig‘ilishida nomzodlar orasidan Qarriboyev Yangiboy ko‘pchilikning ovozi bilan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining TATU Urganch filiali boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchiligiga saylandi. Shuningdek, mehmonlar filialda talaba-yoshlar uchun yatarilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#GrantVaStipendiya
🖋 Germaniyada 1 semestr xarajatlari to'liq qoplangan holda o'qish — International Excellence Scholarship Program (IES)
📌 Talablar:
➡️ Ro’yxatdagi davlatlaridan birida talaba sifatida o'qiyotgan bo'lishi (jumladan, O’zbekiston);
➡️ 28 yoshdan kichik va bakalavr, magistratura yoki doktorantura bosqichi talabasi bo'lishi;
➡️ Nemis tilini kamida B1 va/yoki ingliz tilini kamida B1 darajada bilishi.
🎓 Foydali tomonlari
📌 To'liq qoplanuvchi:
➡️ Bir martalik kutib olish mablagʻi, oylik choʻntak puli beriladi; tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi; bepul turarjoy, qo'shimcha toʻlovlar qoplanadi.
📌 Qisman qo’shimcha qoplanuvchi:
➡️ Sayohat xarajatlari va tib. sug'urtadan boshqa barcha imtiyozlar saqlab qolinadi.
📌 Qisman qoplanuvchi: Sayohat xarajatlari, sug'urta, turarjoydan boshqa barcha xarajatlar qoplanadi.
🖋 Arizalar 2024-yil 20-dekabrgacha qabul qilinadi.
➡️ Batafsil
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KelajakBizBilan #XorijdanVatanga
🙋 Xorijda o‘qishni tamomlab, O‘zbekistonga qaytgan yoshlarga muhim yangilik!
🌐 Xorijdagi nufuzli universitetlarni tamomladingizmi yoki tamomlash arafasidasizmi? Endi sizning yuksak bilim va tajribangiz Vatanimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilishi uchun ajoyib imkoniyat yaratildi!
🖋 O‘zbekiston yoshlari umumjahon assosiatsiyasi mamlakatimizning turli sohalaridagi idora va tashkilotlar bilan birgalikda kelajakdagi ish imkoniyatlaringizni yanada kengaytirish maqsadida elektron so‘rovnoma ishlab chiqdi.
🔎 Bilimlaringizni amaliyotga tadbiq qiling, yangi imkoniyatlarni oching va O‘zbekiston kelajagini birgalikda barpo eting!
📌 Quyidagi havola orqali so‘rovnomani to‘ldiring va o‘z kelajagingiz sari birinchi qadamingizni tashlang:
➡️ So‘rovnomaga o‘tish
👋 Vaqtingizni boy bermang – muvaffaqiyat sizga bir qadam yaqin!
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
➡️ So‘rovnomaga o‘tish
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YoshlarYetakchisi #Andijon
🎓 Andijon davlat universitetida hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi
🙋 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon davlat universiteti Boshlang‘ich tashkilot yetakchisining hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish kun tartibida universitet Yoshlar yetakchisi, Omadbek Olimjonovning 2023/2024 o‘quv yilidagi faoliyati bo‘yicha hisoboti tinglandi hamda 2024-2025 o‘quv yillariga uchun mo‘ljallangan namunaviy ish-rejalari yig‘ilganlarning e’tiboriga havola qilinib bir ovozdan tasdiqlab olindi.
🖋 Shuningdek, yig‘ilishda Yoshlar Kengashi a’zolari hamda fakultet koordinatorlari tasdiqlandi.
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi Omadbek Olimjonovni bildirilgan ishonch bilan qutlaydi hamda kelgusidagi faoliyatiga omad tilaydi.
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#HarbiyQismgaSayohat
🙋 Sportchi talabalar bilan harbiy qismga sayohat uyushtirildi.
🎓 Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi masʼullari, Yoshlar ittifoqi yetakchilari va tyutorlar tomonidan talaba-yoshlarda vatanparvarlik hamda yurtga sadoqat hissini yanada oshirish maqsadida, Chirchiq shahrida joylashgan harbiy qismga sayohat uyushtirildi.
🔎 Birinchi kurs talabalari ishtirokida tashkil etilgan ushbu sayohatda harbiy qismning malakali mutaxassislari tomonidan talabalarga harbiy qurol-yarogʻ va qismdagi mavjud samolyot, vertolyotlar haqida qiziqarli maʼlumotlar berildi.
🖋 Sayohat yakunida esa talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga, harbiy qism bazasidagi mavjud jihoz va vositalarning ishlash tartibi hamda imkoniyatlari bilan bevosita tanishishdi.
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Bizning sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM