🗣 "Yosh qutqaruvchilar" forumi oʻtkazildi🙋 Kunikecha, Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qoʻldoshev "Yosh qutqaruvchilar" forumi doirasida vazirlik tizimidagi yoshlar bilan uchrashdi. Tadbirda Favuqulodda vaziyatlar vaziri nutq soʻzlab, 2023-yilda tizimda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlarga toʻxtalib oʻtib, kelayotgan 2024-yilda qilinishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalarni belgilab berdi.
🇺🇿 Shuningdek, forumda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Temurbek Poyonov, FVV Akademiyasi boshligʻi general-mayor Ravshan Xaydarov hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
🎉 Tadbir yakunida tashabbuskor va izlanuvchan “Yosh qutqaruvchi” klubi a’zolari hamda vazirlik tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirish ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan yosh harbiy xizmatchilar Favqulodda vaziyatlar vazirligi esdalik belgisi, qo‘l soati hamda "Faxriy yorliq" bilan taqdirlash marosimi oʻtkazilib, ijodiy jamoalarning badiiy chiqishlari namoyish etildi.
#forum #yoshlarittifoqi #FVV✅ Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook