O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
13.4K subscribers
19.2K photos
1.58K videos
21 files
5.23K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
#Yoshlar_siyosati_amalda

2021-yilda imkoniyati cheklangan bolalar masalasida qator dasturlar ishga tushiriladi

Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Yoshlar ittifoqi qoshidagi Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi vakillari hamda UNICEFning yoshlar siyosati boʼyicha maslahatchisi ishtirokida uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Ushbu uchrashuv 2020-yil dekabrda boʼlib oʼtgan Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi А.Jumaboyev va YUNICEFning Oʼzbekistondagi vakolatxonasi rahbari M.Mammedzade oʼrtasidagi Kelishuv doirasida tashkil etildi.

🔷 Muhokamalar chogʼida tomonlar zaif eshitadigan va kar (eshitmaydigan) nogiron bolalar va yoshlarni qoʼllab-kuvvatlash boʼyicha faol dasturlarni amalga oshirish, shuningdek yoshlar ijtimoiy tadbirkorligini rivojlantirish boʼyicha qator loyihalarni amalga oshirishni kelishib olishdi.

Bizning kanal 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Yoshlar_siyosati_amalda

“1+1” hamda "Har bir tadbirkor- yoshlarga madadkor" loyihalari doirasida amaliy ishlar boshlandi

🔹 Farg'ona shahrida joylashgan Koreya xalqaro universitetida shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligining shahar bo’limi, O’zbekiston yoshlar ittifoqining shahar Kengashi hamda Davlat soliq inspeksiyasi shahar bo'limi hamkorlikda "Yoshlar daftari"ga kiritilgan ishsiz yoshlar ishtirokida "Har bir tadbirkor - yoshlarga madadkor" hamda "Yoshlar:1+1" loyihalari ijrosiga bag’ishlangan uchrashuv bo’ldi.

🔸Uchrashuvda shahar hokimi, tegishli tashkilotlar rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etdi.

Loyihalarning maqsad va vazifalari tadbirkorlar(soliqdagi imtiyozlar) va yoshlarga tushuntirib berildi. Uchrashuv davomida 70 nafar yosh 70 nafar tadbirkorga biriktirildi.

Bizning kanal 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Yoshlar_siyosati_amalda

Shavkat Mirziyoyev: Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz

🔷
Bu haqda Prezident maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishga bagʼishlangan videoselektorda taʼkidladi.

— Biz yaratayotgan yangi Oʼzbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm gʼoyasi boʼladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan, — dedi davlat rahbari.

Kanalni kuzatish 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Yoshlar_siyosati_amalda

Buxoroda lider va yosh liderlar uchrashuvi: Har birimiz oʼz kelajagimizni oʼzimiz yaratamiz!

🔷 Bugun Buxoro shahridagi Yoshlar markazi gavjum boʼldi. Markazda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamkorligida "Kelajak liderlari" mavzusida muloqot tashkil etildi.

Unda yoshlar, harbiy xizmatchilar, korxona, idoralardagi yosh davlat xizmatchilari, talabalar hamda yosh liderlar ishtirok etdi.

Muloqotni "Liderlar" guruhlari asoschisi, liderlar uchun maxsus qoʼllanma muallifi Otabek Xasanov interaktiv usulda olib bordi.

— Har birimizda imkon bor. Qayerda yoki qanday oilada tugʼilganimiz muhim emas, balki qanday yoʼlni tanlashimiz muhim. Hurmatli Liderlar har birimiz oʼz kelajagimizni oʼzimiz yaratamiz, — dedi spiker. — Oʼzni qiynab bilim olish, mehnat qilish — barchasi bir boʼlib insonni xalq ichida lider sifatida shakllanishiga yoʼl ochadi.

☝️
Batafsil

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Photo
#Yoshlar_siyosati_amalda #Besh_tashabbus

Oʼzbekiston yoshlar ittifoqining “Kitob karvoni” olis manzillar sari yoʼlga chiqdi

5 muhim tashabbus hamda Yoshlar yetakchilari oyligi doirasida yoshlar o'rtasida kitobxonlik ko'nikmasini shakllantirish maqsadida “Kitob karvoni” loyihasi tashkil etildi. Karvon tashkilotning Markaziy Kengashi binosi oldidan yoʼlga chiqdi.

📚Ushbu loyiha doirasida chekka tumanlardagi umumiy oʼrta taʼlim maktablariga minglab badiiy kitoblar yetkazish rejalashtirilgan. Bugun Toshkent viloyatiga yoʼlga chiqqan karvonni oʼquvchilar bayram qilib kutib olishdi. Jarayonlarni kuzatarkanmiz, bolalarga eng yaxshi sovgʼa kitob ekanligiga yana bir bor amin boʼldik.

🔷 Karvondagi 6 ming badiiy kitob mutolaadan so'ng, minglab oʼquvchilarning dunyoqarashini oʼzgartirishi shubhasiz.

Endilikda ushbu kitoblar doirasida oʼquvchilar «Kitob taqdimoti», «Kitob haftaligi», «Men sevgan adib» kabi tadbirlar, intellektual oʼyinlarni oʼtkazishadi.

Ayni damda ziyo karvoni Sirdaryo, Jizzax viloyatlarining olis qishloqlari sari yoʼl oldi.

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Yoshlar_siyosati_amalda

⚡️Shavkat Mirziyoyev ishonch bildirib, lavozimga qoʼygan
yoshlar yetakchisidan intervyu

Boburbek Moʼminov: “Men uchun oson boʼlmaydi, lekin Prezident bildirgan ishonch hammasini eplashim uchun katta motivatsiya bo'ldi”

Xabaringiz bor, Xalq deputatlari Fargʼona viloyat Kengashining navbatdan tashqari oʼtgan sessiyasida Prezident soʼzga chiqqan Boburbek Moʼminovni Fargʼona shahar hokimining birinchi oʼrinbosari lavozimiga tayinlash boʼyicha topshiriq bergandilar.

🔷 Ushbu ishonch yoshlar, Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi tizimiga Prezident tomonidan bildirilgan g'amхo'rlik va eʼtibor namunasi boʼldi.

☝️ Biz Boburbek Moʼminovga bogʼlandik!

Uning taassurotlari va rejalari haqida siz ham ushbu manzilda o'qishingiz mumkin.

Kanalni kuzatish 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Yoshlar_siyosati_amalda #Hamkorlik

🇺🇿
Yoshlar ittifoqi va Bosh prokuratura Аkademiyasi joriy yilda 15 ta loyihani hamkorlikda amalga oshiradi

🔰Bu haqda Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi va Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Аkademiyasi oʼrtasida tuzilgan hamkorlik Memorandumining Chora-tadbirlar dasturida belgilandi.

Marosimda Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Akmal Jumaboyev, Bosh prokuraturasi Аkademiyasi boshlig'i Yevgeniy Kolenko, yoshlar, akademiya tinglovchilari, OАV xodimlari ishtirok etdi.

⚡️Ushbu Memorandum yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish doirasida yoshlarning bilim va malakasini yanada oshirish, bu borada ilmiy tadqiqotlar olib borish, mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-huquqiy islohotlar jarayonida yoshlarning ishtirokini yanada faollashtirish maqsadida imzolandi. Shuningdek, yoshlarning ba'zi muammolariga birgalikda yechim topish maqsad qilindi.

☝️Uchrashuv samimiy, ochiq ruhda oʼtdi.

Kanalni kuzatish 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Yoshlar_siyosati_amalda

🔰 Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda ham Oʼzbekiston yoshlar ittifoqining boshlangʼich tashkilotlari faoliyatini boshladi. Bu Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan imzolangan Qo'shma qarorda belgilandi.

⚡️ Endilikda muassasalardagi yoshlar yetakchilari oʼquvchilarning taʼlim-tarbiya olishiga koʼmaklashish, manfaatlarini himoya qilish hamda barkamol ulg'ayishlariga koʼmaklashadi.

🌈 Shuningdek, maktablarda Boshlangʼich tashkilotlar “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatini ham olib boradi. Taʼlim, madaniyat, sport, ijtimoiy himoya, ekologiya, media yoʼnalishlarida oʼquvchilarning qiziqishlari qoʼllab-quvvatlanadi.

☝️Eslatib oʼtamiz, ayni damda korxona, idora, tashkilot va harbiy qismlarda Yoshlar ittifoqining 20 441 boshlang'ich tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.

Bizni kuzatish ➡️
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_siyosati_amalda
#Motivatsiya

⚡️ "
Yoshlar – kelajagimiz" jamgʼarmasi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishda munosib sharoitlar yaratmoqda

2018-yilda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida "Yoshlar – kelajagimiz" jamgʼarmasi tashkil qilingan edi.

🔰 Tashkilot matbuot xizmati xabariga ko'ra, oʼtgan davr mobaynida yoshlarning 8 635 ta biznes loyihalariga jami 1 trln. 830 mlrd. soʼm miqdorida imtiyozli kredit mablagʼlari ajratish orqali 42 mingdan ortiq yangi ish oʼrni yaratildi.

Oxirgi 2 yilda hududlarda jami 19 ta "Yosh tadbirkorlar" kovorking-markazlari hamda 202 ta «Yoshlar mehnat guzari» komplekslari foydalanishga topshirildi.

☝️Batafsil

Rolikni tomosha qiling va bugunning o'zida hayotingizda yangi sahifa oching!

Kanalni kuzatish ➡️
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Yoshlar_siyosati_amalda

⚡️Davlatimiz rahbari raisligida oʼtkazilgan yigʼilishda yoshlarning bandligini taʼminlash, tadbirkorlik va kichik biznesga jalb qilish, maʼnaviy dunyoqarashi, ijtimoiy himoyasi va salomatligi masalasida qator imkoniyat va imtiyozlar berildi.

👨‍👩‍👧‍👧 Prezidentimizning navbatdagi ushbu tashabbuslari keng jamoatchilik, ayniqsa chekka-chekka hududlarimizdagi aholi, yoshlarimizga yetib borishi biz uchun muhim.

Doʼstlaringizga ulashing. Va unutmang, ushbu imkoniyatlar faqat Sizning farovon kelajagingiz uchun xizmat qiladi.

Kanalni kuzatish ➡️
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz