O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
20.4K subscribers
19.4K photos
1.61K videos
21 files
5.34K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM


🙋 Toshkent viloyatining talaba yoshlari uchun "Talabalar shousi" o‘tkazildi!

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iste'dodlarini yuzaga chiqarish maqsadida 22-maydan boshlab respublikamiz bo‘ylab barcha hududlarda o‘tkazilayotgan “Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch qudratimiz – Vatan uchun!” shiori ostidagi “Talabalar shousi”ning navbatdagi manzili Toshkent viloyati bo‘ldi.

⭐️ Loyihada viloyatning 13 ta oliy ta'lim muassasasi talabalari ishtirok etdi. Batafsil Hudud informatsion dasturining videolavhasida.

🎉 Barcha talabalarni shouga chorlab qolamiz!

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
🇺🇿 Zominda "Yetakchilar forumi" ishtirokchilari tantanali kutib olindi! 🙋 Oliy ta'lim muassasalaridagi boshlang'ich tashkilotlarning yoshlar yetakchilari ishtirokida o‘tkazilayotgan "Yetakchilar forumi"ga start berildi. 🎉 Forum ishtirokchilari…
#live

🙋 "Yetakchilar forumi"ning ochilish marosimini O'zbekiston yoshlar ittifoqining instagramdagi sahifasi orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin.

➡️ Jonli efirga ulanish: https://www.instagram.com/yoshlarittifoqi.uz/live/

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


🙋 "Yetakchilar forumi"ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿 Oliy ta'lim muassasalaridagi boshlang'ich tashkilotlarning yoshlar yetakchilari ishtirokida o‘tkazilayotgan "Yetakchilar forumi"ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi va viloyat hokimining o‘rinbosari so‘zga chiqib forum ishiga omad tiladi.

👥 Ochilish marosimidan so‘ng O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi yoshlar yetakchilari bilan muloqot qilib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi. Shundan keyin tizimda joriy etilayotgan ishlar yuzasidan yetakchilarga ma'lumot berildi.

➡️ Forum ishi davom etadi.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SeminarTrening #prorektorlar

🙋 Oliy ta'lim muassasalarining prorektorlari ishtirokida yoshlar yetakchilari bilan tizimli ishlash bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi

🎓 "Yoshlar" oromgohida respublikamizdagi barcha oliy ta'lim muassasalarining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlari ishtirokida “Oliy taʼlim muassasalarida yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha ustuvor vazifalar” mavzusida 3 kunlik o'quv-seminar tashkil qilinib, dolzarb mavzular ko‘rib chiqildi. Xususan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Poyonov Temurbek Olimovich tomonidan "Oliy ta'lim muassasasidagi Yoshlar Kengashi va Boshlang'ich tashkilotlari yetakchilari bilan tizimli ishlash" mavzusida trening o‘tkazildi.

🇺🇿 Trening davomida oliy ta'lim muassasalarida Yoshlar Kengashlarini tashkil etish, yo‘nalish va fakultet koordinatorlari faoliyatini tizimli yo‘lga qo'yish, talaba yoshlar uchun yangi loyihalarni amalga oshirish va mavzuga doir boshqa masalar yuzasidan bilim va tavsiyalar berildi.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 "Yetakchilar forumi"ga start berildi.

🙋 Forum ishtirokchilari "Zomin" bolalar oromgohida harbiy orkestrning kuy-qo‘shiqlari ostida viloyatning faol yoshlari tomonidan kutib olindi. Shundan so‘ng forumning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

➡️ Forumning birinchi kuni taassurotlari bo‘yicha videolavhani taqdim etamiz.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💳 O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol aʼzolariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish boʻyicha komissiyaning respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

📌 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yilning 14-noyabrdagi 914-son qarorida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish belgilangan boʻlib, bugungi kunda barcha hududlarda hududiy komissiyalar tomonidan nomzodlar respublika komissiyasiga tavsiya qilingan.

👥 Nizomga asosan hududlardan tavsiya etilgan nomzodlar ichidan munosiblarini tanlash uchun hozirda respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

📱 Komissiya ishi va nomzodlar bilan suhbat jarayonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri YouTubedagi sahifamiz orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin.

https://youtube.com/live/GgP4GisEJ90?feature=share

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM