O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
20.4K subscribers
19.5K photos
1.67K videos
21 files
5.47K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
4️⃣4️⃣4️⃣

🏠 Maktab direktorlarini lavozimga tayinlash tizimi oʻzgartirilishi kutilmoqda

📷 Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot kotibi, vazirlikning “Vazirga murojaat” rukni ostida eʼlon qilingan videomurojaatda maʼlum qildi.

💬Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maktab direktorlarini lavozimga tayinlash va umumtaʼlim muassasalarini zamonaviy va bilimli rahbar kadrlar bilan taʼminlash maqsadida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

🖋 Xususan joriy yil davomida maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktorlarini lavozimga lavozimdan ozod etish jarayonini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan tanlov asosida tashkil etish boʻyicha tegishli huquqiy hujjat loyihasi tayyorlanmoqda”, – deyiladi bayonotda.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MahallaYetakchisi

👥 Mahallalardagi yoshlar yetakchilari o‘rtasida “Yilning eng namunali mahalla yetakchisi” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini tadirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

➡️ Batafsil: https://bit.ly/MahallaYetakchisi

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YoshlarSayli

🙋 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengashi va boshqa bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “O‘rda” ekologik bog‘ida “O‘zbekiston — yoshlar mamlakati” shiori ostida Yoshlar sayli o‘tkazildi.

👥 Yoshlar sayli doirasida sport musoboqalari, kamondan o‘q otish hamda munozara intellektual o‘yini ham tashkil etildi. Yakunda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

🎵 Kechki dasturlarda xushovoz xonandalarning eng sara kuy-qo‘shiqlari tadbir qatnashchilariga quvonch ulashdi.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#foydali

🎓 Top 500 oliygohni tamomlagan yosh mutaxassislar uchun qoʻshimcha ustamalar joriy qilingan

🏠 Davlat organlari, tashkilot va muassasalarida ishlayotgan, nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik roʻyxatiga kiritilgan xorijiy OTMlarini tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga qoʻshimcha ustamalar toʻlab beriladi.

🙋 Yosh mutaxassis ushbu jadvalda keltirilgan qoʻshimcha miqdorlarning bittasidan 30 yoshdan oshmagunga qadar foydalanishi mumkin.

🖋 Ustamalar miqdori bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

➡️ https://bit.ly/Ustamalar

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#VatangaQasamyod

🙋 “Vatanga qasamyod” qabul qilish marosimi o‘tkazildi

🖋 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashi hamda Milliy gvardiya Namangan viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘z yigitlik burchini o‘tash uchun kelgan muddatli harbiy xizmatdagi askarlarning “Vatanga qasamyod” qabul qilishga bag‘ishlangan tantanali tadbirni tashkil etdi.

📌 Oriyatni, g‘urur va sadoqatni hamma narsadan ustun qo‘yadigan bizning xalqimiz uchun Vatanga qasamyod — bu shunchaki rasmiy tadbir emas, balki yigitlik sha’ni, oru nomusini o‘rtaga qo‘yib, o‘z zimmasidagi mas’uliyatli hamda sharafli burchini ado etishga bel bog‘lab, ahdu paymon qilishdir.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM