O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
13.4K subscribers
19.2K photos
1.58K videos
21 files
5.23K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
#HokimVaYoshlar #BefarqEmasman

👥 “Hokim va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi va Guliston davlat universiteti boshlang‘ich tashkilot yetakchisi tashabbusi bilan Guliston davlat universitetining “Talabalar xiyoboni”da viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev va talaba yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Eʼtiborli jihati, unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva ham ishtirok etdi.

💬 Muloqot jarayonida, 12-aprel — Kosmonavtika kuni munosabati bilan universitet talabalari oʻrtasida texnologik ishlanmalar koʻrik-tanlovi, aprel oyi mobaynida sportning ommaviy turlari boʻyicha “Hokim va rektor kubogi” musobaqasini tashkil etish, shuningdek, talabalar tomonidan ishlangan tasviriy va amaliy sanʼat namunalari sotuvini yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.

🗒 Shuningdek tadbir davomida 30-aprel sanasida boʻlib o‘tadigan Referendumda faol ishtirok etishga targʻib etildi. Tadbirda iqtidorli talabalar ham referendum doirasida oʻz fikrlarini bildirib oʻtishdi.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣

👥 Diqqat yoshlar!

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berilishidan xabaringiz bormi?

📌 Vazirlar Mahkamasining 2017-yilning 14-noyabrdagi 914-son qarorida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilishi belgilangan.

🖋 Mazkur qarorga muvofiq nomzodlar quyidagi toifalar bo‘yicha tavsiyanomaga ega bo‘lishi mumkin:

1) Yoshlar ittifoqining sardorlari;
2) Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlaridagi yo‘nalish yetakchilari;
3) Yoshlar ittifoqi tizimida ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan fidoyi yoshlar.

💳 Mazkur imtiyozga ega bo‘lish istagini bildirgan yoshlar joriy yilning 5-aprel sanasidan 12-aprel sanasiga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy Kengashiga hujjat topshirishlari mumkin.

➡️ Batafsil: yoshlarittifoqi.uz/uz/projects/vm-914-batafsil

👋 SHOSHILING, IMKONIYATNI QO‘LDAN BOY BERMANG!!!

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣

❗️Magistratura hamda doktoranturada talab etiladigan til bilish sertifikatlari ro‘yxati yangilandi.

Ushbu oʻzgarishlar joriy yildan boshlab amal qiladi.

Nima oʻzgarishlar bor?

Yangi ro’yxatda ingliz, italyan va turk tilida bittadan oʻzgarish boʻldi.

Olib tashlandi:

🇬🇧 Ingliz tilidan — Cambridge Assessment English Linguaskill

🇮🇹 Italyan tilidan — Accademia Italiana di Lingua (AIL)

🇹🇷 Turk tilidan — İstanbul Aydın Üniversitesi Türkçe Öğretimi Uygulama ve Araştırma Merkezi (Aydin TÖMER)

Qoʻshildi:

🇬🇧 Ingliz tiliga — International Test of English Proficiency (iTEP) Academic-Plus


🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Referendum2023

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi tashabbusi bilan Buxoro tumanida joylashgan harbiy qism xizmatchilari uchun “Yangi O‘zbekiston — yangi Konstitutsiya” shiori ostidagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

🖋 Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Deputati, Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi — Madina Baratova so‘zga chiqib, konstitutsiyamizning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar xalqimizning turmush tarzini yanada farovonlashishiga, inson qadrini bundanda yuksalishiga xizmat qilishi ta’kidlab, harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolarini ham 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QVZ #YoshlarIttifoqi

🎭 O‘zbekiston Quvnoqlar va zukkolar assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi va boshqa bir qator mutasaddi tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi PREMYER ligasi 1-mavsumining yarim final bosqich bellashuvlari yakunlandi.

🙋 Unda:

📌 Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash Milliy tadqiqot universiteti “Targ‘ibot” jamoasi,
📌 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Duv-duv gap” jamoasi,
📌 Favqulotda vaziyatlar vazirligi akademiyasi “Fayrmens” jamoasi,
📌 Jizzax davlat pedagogika universiteti “Jizzax siti” jamoasi,
📌 Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Maroqandlik bojalar” jamoasi,
📌 Mudofaa vazirligi Toshkent harbiy okrugi Chirchiq garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Artilleriya” jamoalari muvaffaqiyatli chiqishlari bilan FINALga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

📍 Final o‘yini 29-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Kirish istagida bo‘lgan yoshlarni “ZO‘R TV” telekanalining 3-pavilioniga soat 17:30 da taklif etamiz.

📞 +998935470909

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣

🎓 🇺🇳 UNESCO Silk Roads Youth Research Grant 2023 uchun arizalar qabul qilmoqda – tashabbus yosh tadqiqotchilarni Ipak yoʻlining umumiy merosini yanada oʻrganishga safarbar etishga qaratilgan va 35 yoshgacha boʻlgan yosh ayollar va erkaklarga 12 ta tadqiqot grantini taqdim etadi.

🖋 Tadqiqotlar roʻyxatda taqdim etilgan har qanday mavzularni qamrab olishi mumkin, jumladan, Ipak yo‘lining umumiy merosi bilan bogliq bolgan mavzular bilan cheklanmagan holda:

➡️ Fan va texnologiya;
➡️ An’anaviy hunarmandchilik;
➡️ Din va ma’naviyat;
➡️ Til va adabiyot;
➡️ San’at va musiqa;
➡️ An’anaviy o‘yinlar va sport turlari.

📌 Taklif etilayotgan tadqiqot madaniy o‘zaro ta’sirlar va almashinuvlar natijalariga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak va ma'lum bir sohada moddiy va nomoddiy bo‘lgan aniq aktivlarni ko‘rsatishi kerak.

💳 Grant miqdori: 12 ta grant – har biri uchun 10 000
AQSH dollari
📌 Ariza topshirish ohirgi muddati: 2023-yil 31-may

➡️ Batafsil: shorturl.at/hrGWX

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#YoshDizaynerlarKengashi #YoshlarIttifoqi

👥 Dubay shahrida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Yosh dizaynerlar kengashi va BAAdagi O‘zbekiston elchixonasi bilan hamkorlikda “Grand fashion week: Dubai” modalar ko‘rgazmasini o‘tkazdi.

🙋 Mazkur tadbir davomida Osiyo va Yevropa mamlakatlaridan tashrif buyurgan moda ixlosmandlari, tadbirkorlar, jurnalistlar va jamoatchilik vakillariga o‘zbekistonning yosh dizaynerlari tomonidan tikilgan milliy liboslar kolleksiyalari taqdim etildi.

👥 Tadbir davomida katta sahnada mehmonlarga o‘zbek milliy raqsi “Lazgi” namoyish etildi. Bundan tashqari O‘zbekistondan keltirilgan mevalar, sumalak va qandolat mahsulotlari barchaga ulashildi.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📍 Xorijga mehnat shartnomasi orqali ishlashga ketgan fuqarolarga yanada yengillik yaratildi.

👥 Endilikda mehnat migratsiyaga chiqib ketgan shaxslarning O‘zbekistonda ular bilan birga istiqomat qiluvchi, nafaqa yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi bo‘lgan oila a’zolariga kasaba uyushma tizimida sog‘lomlashtirish maskanlari yoki profilaktik davolanish muassasalariga 1 martalik bepul yo‘llanma beriladi.

➡️ Xabarni yaqinlaringizga yuborishni unutmang!

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Bolalar

🙋 Bolalarning quyidagi kontingenti bog‘chaga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega:

➡️ I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari;

➡️ Ko‘p bolali oilalarning bolalari;

➡️ Yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;

➡️ “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari;

➡️ Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;

➡️ Talabalar va pedagoglarning bolalari;

➡️ Akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar;

➡️ Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat #Dangasalik

🙋 Tan olaylik hammamizda biroz dangasalik bor, to‘g‘rimi?

📍 Yaxshi ishlarni dushanbadan boshlash odat tusiga aylangan. Ilk ikki kun shiddatli kechadi, chorshanbaga borib esa, tashabbus o‘rnini dangasalik egallaydi. Natijada mashg‘ulotni davom ettirish keyinga qoldiriladi.

🤔 Yaponlar buni «mikka bouzu» - «uch kunlik ruhoniy» (so‘zma-so‘z “uch kun ham sabr qila olmaydi”) deb atashadi. Biz o‘zimiz istamagan va bizga qizig‘i bo‘lmagan ishni bajarishga erinamiz.

👋 Qisqasi, kimda xohish bo‘lsa, maqsadga erishish yo‘llarini qidiradi. Qolganlar esa o‘zini oqlash uchun sabab izlaydi. Kundalik rejimingizni shunday tashkil qilingki, barcha yangi jarayonlar hayotingizda oson va tabiiy kechsin. Navbatdagi dushanbani kutishga hojat yo‘q.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM