O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
24.1K subscribers
19.6K photos
1.73K videos
21 files
5.56K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
#VatanparvarlikKarvoni

👥 “Kim yurtiga sodiq bo‘lsa mendurman o‘sha” shiori ostida harbiy Vatanparvarlik karvoni davom etmoqda

📌 Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi tashabbusi ostida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi va Ohangaron tuman hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

🎉 Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda aholiga xush kayfiyat bag‘ishlash, ularning qalbida Vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada oshirish maqsadida harbiy xizmatchilar tomonidan qurol aslaha ko‘rigi, harbiy orkestr jamoasining Vatanni math etuvchi kuy-qo‘shiqlari ijro etildi.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍721❤‍🔥1🔥1😱1🤩1😍1🐳1💯1🏆1
#BolalarPressKlubi #YoshlarIttifoqi

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyat Kengashi va hamkor tashkilotlar ishtirokida “Ijtimoiy faollik yoki namunali ta’lim” mavzusidagi Bolalar Press klubi tashkil etildi

👦 Press klub davomida O‘zbekistonda yagona, bolalarni o‘zida jamlay olgan “Kamalak” bolalar tashkiloti haqida hujjatli film namoyish etildi.

🎞 Filmni tomosha qilish imkoniyatiga siz ham egasiz!

👉 YOU TUBE

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍114🔥42❤‍🔥1🤩1😍1💯1🏆1
#HarbiylarForumi #YoshlarIttifoqi

👥 Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi maʼnaviyat-maʼrifat markazida Toshkent shahrida joylashgan harbiy qism va muassasalardagi boshlangʻich tashkilotlar yetakchilari va yoʻnalish sardorlari bilan “Vatan ravnaqi yoʻlida birlashaylik!” shiori ostida yosh harbiylar Forumi tashkil etildi.

💬 Forumda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi vakillari hamda Toshkent shahrida joylashgan Qurolli Kuchlar tizimidagi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkilotlari Yoshlar yetakchilari va yoʻnalish sardorlari, shuningdek, harbiy sohaga qiziquvchi yoshlar oʻrtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

💬 Yosh harbiylar Forumi doirasida Ittifoqning harbiy qism muassasalaridagi boshlangʻich tashkilotlari Yoshlar yetakchilari tomonidan oʻtgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar, shuningdek, istiqboldagi rejalar xususida tanqidiy ruhda muhokama yigʻilishi va turli sohalar mutaxassislari ishtirokida seminar mashgʻulotlari ham oʻtkazildi.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥742❤‍🔥2🤩2🏆2😱1🎉1😍1💯1
#Toʻlov #YoshlarIttifoqi #Test

🇺🇿 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi tomonidan hududda faoliyat yuritayotgan Oliy ta’lim muassasalarida muddatli harbiy xizmatni oʻtab, tahsil olayotgan hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan qoʻllab-quvvatlanishga da’vogar talabalarning 35 % kontrakt qismini toʻlab berish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

💻 Shu asnoda Muhammad al-Xorazmiy nomidagı Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan taqdim qilingan test savollari asosida qoʻllab-quvvatlanishga da’vogar talabalardan test olindi.

📊 Test sinovlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan barcha Oliy ta’lim muassalaridan jami 300 nafarga yaqin da’vogar talabalar test sinovlarini topshirdi.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
74💯3🔥2🏆2❤‍🔥1😁1🎉1🤩1😍1🐳1