O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
18K subscribers
19.3K photos
1.59K videos
21 files
5.29K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
#MenDonorman #YoshlarIttifoqi

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi tashabbusi bilan Andijon viloyati qon quyish markazida “Men donorman” xayriya aksiyasi tashkil etildi.

👥 Aksiya davomida viloyat qon quyish stansiyasi xodimlari fuqarolarni maxsus nazorat ko‘rigidan o‘tkazib, ruxsat etilganlarni donorlikka ro‘yxatga olinishi e’tiborga olindi.

🛡 Aksiya so‘ngida donorlar tomonidan “Men donorman” shiorida fleshmoblar tashkil qilindi.

Qon topshirish aksiyasida jami 250 nafar ko‘ngillilar ishtirok etib, 112 litr 500 gramm qon topshirildi.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BolalarPressKlubi #YoshlarIttifoqi

📍 “Ijtimoiy faollik yoki namunali ta’lim?”

🙋 Ushbu mavzuda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi “Kamalak” bolalar tashkiloti Sardorlar Kengashi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Bolalar press klubi o‘tkazildi.

👥 Press klubda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi, “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vazirligi, Xaliq talimi vazirligi, Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi, “Jetkinshek” bolalar jurnali va bir qator tashkilotlardan mutaxasislar ishtirok etdi.

💬 Tadbir davomida mas’ul rahbar va mutaxassislar tomonidan bolalar ta’limiga oid turli mavzular muhokama qilinib, Qoraqalpog‘iston Respublikasida yoshlar uchun amalga oshirilayotgan ishlar va rejalar haqida ma’lumot berildi.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👋 Salom yoshlar!

🎁 Imkonlab loyihasi yana siz bilan!

👥 Siz 18-24 yoshdamisiz? Siz Termiz shaharida yashaysizmi? 3-5 nafar do‘stlaringizdan iborat bo‘lgan jamoani tuzdingizmi? Qandaydir muammoni hal qilishga kirishish bo‘yicha jamoangizning o‘z g‘oyasi bormi?

💬 Agar yuqoridagi savollarning barchasiga ijobiy javob bergan bo‘lsangiz, 2023-yil mart oyida o'tkaziladigan treninglarimizda ishtirok etish uchun quyidagi havola bo‘yicha kerakli manzilga o‘ting va shaklni 9-mart 23:59 ga qadar to‘ldiring.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish

👥 Yana savollaringiz bormi? Loyiha guruhiga qo‘shiling (Imkonlab guruhi) va savollaringiz javob oling!

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Sardorlar faoliyatiga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti tizimidagi Sardorlar Kengashi a’zolari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, Sardorlar faoliyatini tahliliy ko‘rib chiqish hamda qo'llab-quvvatlash maqsadida "Kamalak" bolalar tashkilotining navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi va Respublika "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi boshchiligida "Kamalak" bolalar tashkiloti jamoasi, studiyalardan hududiy Sardorlar Kengashi a'zolari ishtirok etishdi.

#muhokama

Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM