O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
13.4K subscribers
19.2K photos
1.58K videos
21 files
5.23K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
#ImkonLab #YoshlarIttifoqi

💬 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Yoshlar ishlari agentligi hamda UNICEF xalqaro bolalar tashkiloti bilan hamkorlikda “Imkon Lab” loyihasi tashkil etildi. Ijtimoiy tadbirkorlik faoliyatini boshlashni istagan vodiylik yoshlardan iborat 11 ta jamoaga malakali mutaxassislar tomonidan 5 kun davomida trening o‘tkazildi.

👥 O‘z loyihalarini hakamlar oldida muvaffaqiyatli taqdimot qilgan barcha loyiha egalari maxsus grant va sertifikatlarni qo‘lga kiritdi. G‘oliblarga 1000 AQSH dollari miqdorida boshlang‘ich kapital ajratilib, o‘z loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishlari uchun ekspertlar biriktirildi.

📷 Fotosuratlar


🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JasoratMaktabi

“Jasorat maktabi” o‘quv yig‘ini davom etmoqda

💬 Shimoli-Gʻarbiy harbiy okrugida “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘ini ishtirokchilari bilan “Senator va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

👥 Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari, senator A. Daniyarov yoshlarning muammo va takliflarin tingladi. Yoshlarga bugungi kunda yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berdi.

💬 Yig‘in ishtrokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

📷 Fotosuratlar

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yangilik #Magistratura

🎓 Xabaringiz bor, Prezident farmoni hamda Hukumat qarori bilan davlat OTM magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplab berilishi belgilangan.

💳 Mazkur tartib magistratura qishki qabulida to‘lov shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlarga ham birdek amal qiladi.

🖋 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabariga ko‘ra, magistraturaga tavsiya etilganlar ushbu imtiyozdan foydalanish maqsadida OTM rahbariyatiga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.


🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 13-18-fevral kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tgan "Ma'naviyat haftaligi" o'z nihoyasiga yetdi

Haftalik davomida "Zakovat kubogi-2023" intellektual o'yini, "Turk tilini bilasizmi?" mavzusida seminar, "Abdulla Qodiriy ijodi yoshlar nigohida" mavzusidagi ilmiy konferensiya, "Kitob va kitobxonlik inson ma'naviyati ko'zgusi" mavzusidagi ijodiy uchrashuv hamda So'z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy va Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan "Nazm va Navo" kechasi tashkil etildi.

📌Mazkur tadbirlarda 800 dan ortiq umumta'lim, professional talim va oliy ta'lim muassasalari o'quvchi-yoshlari ishtirok etib, yangi bilim va ko'nikmalarga ega bo'ldilar, ajdodlar merosini o'rganish bilan birgalikda intellekt maydonida o'z bilimlarini sinab ko'rdilar.

🤩"Ma'naviyat haftaligi" o'z oldiga qo'ygan barcha maqsadlariga to'liq erishdi. Yuqoridagi video orqali haftalikning 4 kunidagi jarayonlarni tomosha qilishingiz mumkin!

#PoytaxtSardorlari

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MenDonorman #YoshlarIttifoqi

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi tashabbusi bilan Andijon viloyati qon quyish markazida “Men donorman” xayriya aksiyasi tashkil etildi.

👥 Aksiya davomida viloyat qon quyish stansiyasi xodimlari fuqarolarni maxsus nazorat ko‘rigidan o‘tkazib, ruxsat etilganlarni donorlikka ro‘yxatga olinishi e’tiborga olindi.

🛡 Aksiya so‘ngida donorlar tomonidan “Men donorman” shiorida fleshmoblar tashkil qilindi.

Qon topshirish aksiyasida jami 250 nafar ko‘ngillilar ishtirok etib, 112 litr 500 gramm qon topshirildi.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BolalarPressKlubi #YoshlarIttifoqi

📍 “Ijtimoiy faollik yoki namunali ta’lim?”

🙋 Ushbu mavzuda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi “Kamalak” bolalar tashkiloti Sardorlar Kengashi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Bolalar press klubi o‘tkazildi.

👥 Press klubda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi, “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vazirligi, Xaliq talimi vazirligi, Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi, “Jetkinshek” bolalar jurnali va bir qator tashkilotlardan mutaxasislar ishtirok etdi.

💬 Tadbir davomida mas’ul rahbar va mutaxassislar tomonidan bolalar ta’limiga oid turli mavzular muhokama qilinib, Qoraqalpog‘iston Respublikasida yoshlar uchun amalga oshirilayotgan ishlar va rejalar haqida ma’lumot berildi.

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👋 Salom yoshlar!

🎁 Imkonlab loyihasi yana siz bilan!

👥 Siz 18-24 yoshdamisiz? Siz Termiz shaharida yashaysizmi? 3-5 nafar do‘stlaringizdan iborat bo‘lgan jamoani tuzdingizmi? Qandaydir muammoni hal qilishga kirishish bo‘yicha jamoangizning o‘z g‘oyasi bormi?

💬 Agar yuqoridagi savollarning barchasiga ijobiy javob bergan bo‘lsangiz, 2023-yil mart oyida o'tkaziladigan treninglarimizda ishtirok etish uchun quyidagi havola bo‘yicha kerakli manzilga o‘ting va shaklni 9-mart 23:59 ga qadar to‘ldiring.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish

👥 Yana savollaringiz bormi? Loyiha guruhiga qo‘shiling (Imkonlab guruhi) va savollaringiz javob oling!

🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Sardorlar faoliyatiga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti tizimidagi Sardorlar Kengashi a’zolari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, Sardorlar faoliyatini tahliliy ko‘rib chiqish hamda qo'llab-quvvatlash maqsadida "Kamalak" bolalar tashkilotining navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi va Respublika "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi boshchiligida "Kamalak" bolalar tashkiloti jamoasi, studiyalardan hududiy Sardorlar Kengashi a'zolari ishtirok etishdi.

#muhokama

Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM