O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
18.2K subscribers
19.4K photos
1.59K videos
21 files
5.29K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
Xorazm viloyatida korxona-tashkilotlardagi Boshlangʻich tashkilot hisobot-saylov yigʻilishlari boshlandi

Shovot tumanidagi “TEXTILE FINANCE KHOREZM” MChJ qoʻshma korxonasida hisobot-saylov yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

🔶 Unda 120 nafar korxonadagi yosh ishchi xodimlar, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi mas’ullari va Mahalliy Kengash raislari ishtirok etdi.

🔷 Kun tartibidagi masalalar yuzasidan takliflarga delegat a’zolari tomonidan ovoz berilib, Boshlangʻich tashkilotning oʻtgan davrdagi faoliyati qoniqarli deb topildi. 96% ovoz bilan Boshlangʻich tashkilot yetakchisi sifatida Ahmadjon Bobojonov saylandi va Boshlangʻich tashkilotning 1 yillik ish rejasi ham tasdiqlandi. Tuman Konferensiyasi uchun delegatlar bir ovozdan ma’qullandi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻
Kelgusi haftada Samarqand Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining majlisiga mezbonlik qiladi

Ushbu tadbir ShHT yetakchilarining 2019-yildan buyon birinchi yuzma-yuz uchrashuvi bo‘ladi va O‘zbekistonning tashkilotdagi raisligiga yakun yasaydi.

O‘zbekiston raisligi davrida asosiy eʼtibor tashkilot doirasidagi hamkorlikning savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, sanoat kooperatsiyasini ilgari surish, transport-kommunikatsiya o‘zaro bog‘liqligini kengaytirish, raqamli transformatsiya va “yashil” iqtisodiyot, ShHTning xalqaro nufuzini mustahkamlash kabi eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga qaratildi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻
#Yoshlar_yetakchisi_saylovi

🇺🇿 Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali “Yoshlar ittifoqi” boshlangʻich tashkiloti yetakchisi lavozimiga saylovoldi jarayonlari boshlandi.

🌱 Nomzodlarning tarjimai holi va oʻz saylovoldi dasturlari toʻgʻrisida maʼlumotlar oliygohning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida, asosiy bino va talabalar turar joyining kirish joylarida eʼlon qilindi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining barcha Boshlangʻich tashkilotlarida nomzodlarning saylovoldi dasturlari e’lon qilinmoqda. Yoshlar yaqindan tanishib, oʻzlari munosib deb bilgan nomzodlariga ovoz berishlari mumkin.

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
63 та хорижий таълим муассасаларига қабул қилинган Билолиддин Абзалов ҳақида телеочерк.

@yangidavr_rasmiy
⚡️ Nurmurod Sirojov “FARG‘ONAAZOT” AJ Boshlangʻich tashkilot yetakchisi etib saylandi

🔶 200 nafarga yaqin yosh ishchi-xodimlar, Korxona rahbariyati Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati Kengashi mas’ullari ishtirok etgan Hisobot-saylov yigʻilishida nomzodlar saylovoldi dasturlari haqida ma’lumotlar berdi.

🔷 Yigʻilish yakunida ishtirokchilar tomonidan eng koʻp ovoz yigʻgan Nurmurod Sirojov “FARG‘ONAAZOT” AJ Boshlangʻich tashkilot yetakchisi etib saylandi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻