O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
15.4K subscribers
19.3K photos
1.59K videos
21 files
5.27K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
#Yozni_Kamalak_bilan

🏖 “Sohil” da nima gaplar?!


📅 O'zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Sardorlar Kengashi a’zolari Kosonsoy tumanidagi “Sohil” bolalarni sogʻlomlashtirish oromgohida yozgi ta’tilni maroqli oʻtkazmoqda.

🔆 Loyiha doirasida tashkil etilgan “Quvnoq estafeta”, “Xalqlar doʻstligi", “Quvnoq viktorina” hamda asfaltga rasm chizish kabi bir nechta qiziqarli loyihalarda bolajonlar ishtirok etib, oʻz bilim va faolliklarini sinab koʻrishdi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻
⚡️Chorshanba - sardorlar qabuli kuni

🌈 Jizzaxda sardorlar bilan ishlash tizimini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish, ularni mavjud muammolariga yechim topish, ilgʻor taklif, gʻoya va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida haftaning har chorshanba kuni Sardorlar kuni sifatida belgilandi.
Bunda sardorlar bilan ochiq muloqotlar, seminar treninglar tashkil etiladi, shuningdek, maxsus bot orqali ular muammo, savol va takliflarini bildirishlari mumkin.

🎤 Kuni kecha viloyatdagi 13 ta tuman, shaharlardan Zoom platformasi orqali 80 ga yaqin sardorlar oʻzlarining taklif va tashabbuslarini bildirib oʻtdi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻
Diqqat! Premyera❗️

🔥Bugun soat 23:00da Yoshlar ishlari agentligining YouTube kanalida "Yoshlar daftari - imkoniyatlar daftari" videoroligining yangi soni premyerasi bo‘lib o‘tadi.

Navbatdagi qahramonimiz Fargʻona viloyati, Toshloq tumani, Qumqishloq mahallasidan Oybek Rahmatov.

👉 https://youtu.be/991t5T2Bqpk

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
🇰🇿 Qozogʻiston Respublikasi Nur-Sulton shahrida Osiyodagi hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha yoshlar kengashining beshinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

⚡️ Ushbu yigʻilishda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Xalqaro aloqalar boʻlim boshligʻi Istam Hamroyev ishtirok etib, soʻzga chiqdi. Nutq davomida keyingi yillarda Oʻzbekistonda yoshlarga ta’lim berish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlashga alohida ahamiyat qaratilyotgani, yosh avlod muammolari va tashabbuslari bilan markazlashgan holda ishlashning yangi tizimlari – “Yoshlar daftari” va “Yoshlar dasturlari” tashkil etilgani haqida ta’kidlandi.

🤝 Shuningdek, “Assambleya Jastari” nodavlat notijorat tashkiloti va O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi o‘rtasida madaniy-gumanitar va ta’lim sohasidagi almashinuvlarni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumi ham imzolandi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🕊🕊🕊🕊🕊

Bizning yoshlik yashnagan bahor,
Dilda mehr koʻrish baxti bor.
Sodiq farzand boʻlish axti yor,
Baxtli davron uchun tashakkur!


@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Prezident ishonchi"

Ommaviy axborot vositalari, televideniya, gazeta, jurnal, internet nashrlarida va barcha axborot tarqatuvchi vositalarda insonni eng xursand qiluvchi yangilik yoshlarning erishgan yutuqlari haqidagi yangiliklarni o‘qish, eshitish, ko‘rishdir.

Prezident bugun yoshlarga har qachongidanda ko‘p ishonadi. Ushbu lavha "Menimcha" ko‘rsatuvi uchun tayyorlandi.

Lavhani You Tube orqali ko‘rish: https://youtu.be/nksP16xKPTg

@yoshlarittifoqi_uz👈