O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
18.1K subscribers
19.3K photos
1.59K videos
21 files
5.28K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
🌈 “Eng namunali mahalliy Sardorlar Kengashi” tanlovi qanday natijalar bilan yakunlandi?

Toshkent viloyati “Bo‘stonliq” tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da hududlardan kelgan 14 ta tuman(shahar) Sardorlar Kengashi jamoalari o‘rtasida “Eng namunali mahalliy Sardorlar Kengashi” tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi.

G‘oliblar bilan tanishing:

🥇 Buxoro viloyati, Kogon shahar va Xorazm viloyati, Qoʻshkoʻpir tumani Sardorlar Kengashi;
🥈 Samarqand viloyati, Samarqand shahar Sardorlar Kengashi;
🥉 Toshkent viloyati, Oʻrtachirchiq tumani Sardorlar Kengashi.

🎉 Barcha mahalliy sardorlarni g‘alaba bilan tabriklaymiz!

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻
#Zukko_kitobxon
#Andijon
#Final

📚 “Zukko kitobxon” onlayn viktorinasining respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tgan final bosqichida quyidagi jamoalar yuqori natijalarni ko‘rsatdi.

1-o‘rin “Shum bola” jamoasi (36 ball)
2-o‘rin “Ulugʻbek xazinasi” jamoasi (30 ball)
3-o‘rin “Alkimyogar” jamoasi (27.5 ball).

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻
💰Umumiy pul mukofoti 175 000 AQSh dollari bo‘lgan tanlov e’lon qilindi

Bahrayn Podshohligining Yoshlar va sport vazirligi tomonidan “Podshoh Hamad mukofoti” tanlovi e’lon qilindi.

📌 Mazkur tanlov quyidagi 2 toifaga ajratilgan:
Yoshlarning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi hissasini e’tirof etish (5 ta yo‘nalishni o‘z ichiga oladi va har bir yo‘nalish g‘olibi uchun 20 000 AQSh dollari miqdorida mukofot puli ajratiladi);

Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda yoshlarning ishtiroki, harakati va ta’sirini ta’minlovchi omillarni tan olish (3 ta yo‘nalishni o‘z ichiga oladi va har bir yo‘nalish uchun 25 ming AQSh dollari miqdorida mukofot ajratiladi).

Hujjatlar joriy yilning 1-iyuliga qadar www.kinghamadaward.com veb-sahifasi orqali qabul qilinadi.

O‘zbekiston yoshlarini ushbu tanlovda ishtirok etishga chorlaymiz!

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻
Ayni damda Ichki ishlar tizimi xodimlari o‘rtasida "Zukko kitobxon" intellektual o‘yinining respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

#Ichkiishlar #zukkokitobxon

@yoshlarittifoqi_uz👈