O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
20.2K subscribers
19.5K photos
1.69K videos
21 files
5.5K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Photo
G‘urumsaroy dala o‘quv maydonida o‘tkazilgan tadbirdan qo‘shimcha foto lavhalarni sizga taqdim etamiz. Yoshlar ushbu dala o‘quv maydonida nimalar bilan mashg‘ul bo‘lishganini ko‘rishingiz mumkin

#Namanganviloyati
#Poptumani #Uychitumanyoshlari

@yoshlarittifoqi_uz👈
"Kamalak bilimdonlari" tanloviga start beriladi!

🗓 Aprel oyidan iyun oyiga qadar maktab, tuman(shahar) va hudud sardorlari va maktab o‘quvchilari uchun "Kamalak bilimdonlari" tanlovi o‘tkaziladi.

📃 Tanlov nizomi bilan ushbu havola orqali tanishib chiqing.

Barchaga omad yor bo‘lsin!

#tanlov #kamalakbilimdonlari

@yoshlarittifoqi_uz 👈
Yoshlar siyosati - bolalar siyosatidan boshlanadi

⚡️ Xoldarova Indira Abdukarimovna - O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i etib tayinlandi.

❗️Xoldarova Indira Abdukarimovna 2020-yildan hozirgi vaqtga qadar O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o’rinbosari, Respublika "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi lavozimida ishlab kelgan.

📋 ''Insonlar orasida'' ijtimoiy loyihasi, telegram sahifasining 6-son mehmoni. Qiziqarli suhbatimiz 10-mart, soat 20:00 da o‘tkaziladi.

Bizning manzil: https://t.iss.one/Insonlarorasida

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻
Audio
“Zakovat” viktorinasi 2-mavsum 17-savolining javobi 👆🏻
“Zakovat” viktorinasining 2-mavsum 17-savol g‘olibi aniqlandi

🔰 “Zakovat” viktorinasida taqdim etilgan 17-savolga Toshkent shahri Mirzo Ulug’bek tumanidan Otajon Iskandarov birinchi bo‘lib to‘g‘ri javobni yo‘lladi. 24 yoshli ishtirokchimiz hozirda vaqtincha ishsiz. Otajon Iskandarov ushbu muvaffaqiyati orqali 2022-yilning 13-mart kuni o‘tkaziladigan final bosqichiga yo‘llanmani qo'lga kiritdi.

🎉 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi “Zakovat” viktorinasida munosib ishtirok etgan Otajon Iskandarovni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy qutlaydi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
Sirdaryo viloyat Yangiyer shahar "Temur Malik" mahallasida "Qadriyat, urf-odat, an’ana va yoshlar" sayli o‘tkazildi

Sayilga mahalladagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi mezbonlik qildi. Maktab o‘quvchilari, mahalladagi yoshlar hamda shahardagi 4 ta sektor yoshlar yetakchilari o‘rtasida turli xil tanlov va musobaqalar tashkil etildi.

Jumladan, xalqimizning 15 dan ortiq milliy o‘yinlari, chillak, arqon tortish, alla, lanka tepish, oq terak-ko‘k terak, tosh ko‘tarish, varraklar sayli kabi musobaqalarda yoshlar kuch sinashdi. Mahalladagi yoshlar yetakchilari o‘rtasida osh chempionati tashkil etildi. Shuningdek, yoshlar uchun sport chiqishlari hamda sport musobaqalari ham o‘tkazildi.

Sayil davomida yoshlar tomonidan maktab hududiga archa ko‘chatlari ham ekildi. Yuqori saviyada tashkil etilgan sayil yakunida har bir tanlov va musobaqalar yuzasidan g‘olib bo‘lgan yoshlar taqdirlandi.

#Sirdaryo #Yangiyer #sayil

@yoshlarittifoqi_uz👈