O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
18.1K subscribers
19.3K photos
1.59K videos
21 files
5.28K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
Qish faslining zavqi qor bilan ❄️☃️

“Zakovat” intellektual o’yinining ishtirokchilari uchun oromgohdagi 1-kun haqiqiy zavqqa boy bo’ldi.

⛄️ Dastlab ochiq maydon bo’ylab qorbo’ron o’ynagan yoshlar qorbobo yasash musobaqasiga kirishib ketishdi. Eng kreativ yasalgan qorbobo mualliflari e’tirof etildi.

— Bugungi kunim cheksiz quvonch bilan esda qolarli o’tdi. Bilimli, harakati bor yoshlar davlatimiz tomonidan yuksak darajada qadrlanishining guvohi bo’lib turibman. Salohiyatli va shu bilan birga quvnoq tengdoshlarim davrasida ekanligimdan baxtiyorman, - deydi Zarina Tog’ayeva.

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻
🔰 Sirdaryo tumani yoshlari o’rtasida “Zakovat” turniri boshlandi

78 nafar ishtirokchidan iborat 13 ta jamoa “Zakovat” intellektual o’yinining muallifi Abdurasul Abdullayev tomonidan tayyorlab kelingan savollarni diqqatlik bilan tinglab, o’z javoblarini taqdim etmoqda.

🎁 Katta shijoat va hayajon bilan o’tayotgan ushbu turnirda eng kuchlilar munosib taqdirlanadi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻
🔥 “Zakovat” turniri g’oliblari aniqlandi

3 kun davomida Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumanida joylashgan “Yoshlar oromgohi”da 78 nafar Sirdayo tumani yoshlari uchun tashkil etilgan dastur nihoyasiga yetdi.

“Zakovat” turnirining natijalariga ko’ra:

1-o’rinni egallagan “3+2” jamoasi 30 million so’m;

2-o’rinni egallagan “Status” jamoasi 18 million so’m;

3-o’rinni egallagan “Uzbek power” jamoasi 12 million so’m pul mukofoti bilan taqdirlandi.


💫 Shuningdek, har bir ishtirokchi 1 million so’m bilan rag’batlantirildi.

👨🏻‍🎓👩🏻‍🎓 Barcha bilimdon yoshlarni muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaymiz!

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻