O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
20.4K subscribers
19.4K photos
1.61K videos
21 files
5.34K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
🏢 “O‘zbekiston yoshlari forumi-2021”: Namanganda inklyuziv ta’lim markazi ochildi

Bugungi kunda alohida ehtiyojli bolalarning sog‘lom tengdoshlari bilan teng sharoitlarda o‘qishi hamda jamiyatga ijtimoiy moslashuvini yengillashtirish maqsadida hududlarda inklyuziv ta’lim markazlari tashkil etilmoqda.

📚 Ana shunday markazlardan yana biri Namangan shahrida ham foydalanishga topshirildi. Unda imkoniyati cheklangan yoshlar turli yo‘nalishlarda kasbga o‘qitiladi.

📌 Xususan, markazda imkoniyati cheklangan yoshlar o‘z qiziqishlaridan kelib chiqqan holda tikuvchilik, kulolchilik, biserdan buyumlar yasash, zargarlik, tasviriy san'at va to‘qish yo‘nalishlari bo‘yicha kerakli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar forumi kundaligi

«O‘zbekiston yoshlari forumi – 2021» doirasida 17–19-dekabr kunlari Jizzax viloyatida «Volontyorlar forumi» va «Yil volontyori» tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Bizni kuzatib boring: 👉🏻 @yoshlarforumi
#Kamalak_yulduzlari
#Gala_konsert

🌈
7 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan bolalarning iqtidorlarini kashf etish va ularni munosib taqdirlash maqsadida o’tkazilayotgan "Kamalak yulduzlari" bolalar ijodiyoti festivalining hududlardagi gala-konsertlari davom etmoqda.

🎉 Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm hamda Toshkent viloyatida bo’lib o’tgan festivalda ham g'oliblikni qo'lga kiritgan ishtirokchilar Respublika laureati deb e'lon qilinib, taqdirlandi.

💐 Barcha iste’dodli bolajonlarni muborakbod etamiz!

@yoshlarittifoqi_uz 👈🏻
Toshkent viloyatida "Agro marafon"ning finali bo'lib o'tdi!

“O‘zbekiston yoshlar forumi – 2021" doirasida Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida “Agro marafon”ning respublika bosqichi o'tkazildi.

2021-yilda mamlalatimiz bo'ylab o'tkazilgan mazkur loyiha, ko'plab fermerlik, dehqonchilik, chorvachilik umuman olganda agro sohaga qiziquvchi yoshlarni o'z atrofida jamladi.

Biz 2022-yilda ham mazkur loyihaning muvaffaqiyatli o'tishiga tilakdoshmiz!

@yoshlarittifoqi_uz 👈
⚡️ “Street workout” chempionati g‘oliblari mukofotlandi

🇺🇿 "O‘zbekiston yoshlari forumi – 2021" doirasida Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Street workout” sport turi bo‘yicha respublika chempionati bo‘lib o‘tdi.

Unda har bir hududdan bir nafardan, jami 14 ta ishtirokchi qatnashib, o‘z kuchlarini sinovdan o‘tkazdi.

📌 Yakuniy natijaga ko‘ra, quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi:
🥇 1-o’rin: Jaloliddinov Zufarbek (Andijon viloyati);
🥈 2-o’rin: Abdumo‘minov Nurali (Jizzax viloyati);
🥉 3-o’rin: Abdullayev Zafar (Toshkent viloyati).

🏆 Chempionat so‘nggida 1-o‘rin g‘olibiga 50 mln so‘m va ramziy kamar, 2-o‘rin sovrindoriga 40 mln so‘m, 3-o‘rin egasiga 30 mln so‘m, qolgan ishtirokchilarning har biriga 10 mln so‘mdan pul mukofoti topshirildi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈