O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
13.4K subscribers
19.2K photos
1.59K videos
21 files
5.25K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
Qadrli kitobxonlar, "Yosh kitobxon" tanlovi davom etadi!

🔖 Arizalar qabuli davom etmoqda, tanlovda ishtirok etish uchun 👉 @reg_tanlovbot telegram manzili orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz va qo‘shimcha ma’lumotlar bilan tanishib borishingiz mumkin.

📑 E'tiboringizga "Yosh kitobxon" tanlovining yangi nizomini taqdim etamiz.

Ro'yxatdan o'tishga shoshiling, bunday fursatni qo‘ldan boy bermang!

#yoshkitobxontanlovi

@yoshlarittifoqi_uz 👈
🇺🇿 Til – millat ko‘zgusi, millat ruhidir!

📝 1989-yil, 21-oktabr o‘zligimiz, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnimiz borligining kafolati bo‘lgan ona tilimiz – o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun! Ya’ni, o‘zligini, o‘z tilini asrash yo‘lida jonini fido qilgan ne-ne allomalarimizning orzulari ro‘yobga chiqqan kun!

🔰 Har bir millatning iftixori, gʻururi – uning oʻz milliy tili ekanligi azaldan eʼtirof etiladi. Zero, har bir xalq oʻz tilining ijodkoridir. Bugun avlodlar oldida tilimiz sofligi va kamoloti uchun barchamiz birdek burchlimiz.

🎉 Aziz yoshlar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi Sizlarni 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy qutlaydi. Bu quvonchli kun barchamizga muborak bo‘lsin! Ona tilimizning rivoji uchun munosib hissa qo‘shaylik!

@yoshlarittifoqi_uz 👈
🌈 Andijonda sardorlar saylovi o‘tkazildi

⚡️ Saylovda dastlab “Kamalak” sardori va yo‘nalish sardorligiga nomzodlarning loyihalari tinglandi va yashirin ovoz berish yo‘li orqali g‘oliblar aniqlab olindi.

🔥 Saylovning ikkinchi qismi qizg‘in muhokamalarga boy o‘tdi. Sababi, ikkinchi qismda “Ittifoq” sardori va uning yo‘nalish sardorligiga nomzodlar taqdimotlari orqali ishtirok etdi. Taqdimotlar ekspertlar tomonidan tinglanib, ularga qo‘shimcha savollar berildi.

👩🏻‍💼🧑🏻‍💼 Qizg‘in bahs va mulohazarga boy o‘tgan mazkur saylovlarda eng munosiblar viloyat sardorligiga saylandi.

📜 G‘oliblar Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining maxsus sovg‘alari va ishonch yorlig‘i bilan taqdirlandilar.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
#Saylov_va_yoshlar

Bu yilgi saylovlarda hududlardan kelgan talabalar poytaxtda ovoz beradi.

Respublikamizning barcha hududlaridan kelib Toshkent shahridagi OTMda tahsil olayotgan talabalar prezidentlik saylovida poytaxtda ovoz beradi.

🗓 22-oktabr, soat 14:00da “Xalqaro media-hall”da Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti prorektori, 14-Saylov okrugi komissiya a'zosi Feruza Madraximova bilan yoshlar o'rtasida ochiq muloqot bo'lib o'tadi.

📝Muloqot davomida saylovda birinchi marta ishtirok etayotgan, shuningdek, Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan talabalarning ovoz berish jarayonlari bo'yicha ma'lumotlar beriladi.

Talaba-yoshlarni ertangi uchrashuvga taklif etamiz!

@yoshlarittifoqi_uz 👈
🎉 Maqolalar tanlovining g‘oliblari taqdirlandi

🔶 Bugun “Xalqaro media-hall”da “Saylov – 2021: Kelajak xalq tanloviga bog‘liq” mavzusidagi publisistik maqolalar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Unda sovrindorlar, Hakamlar hay’ati a’zolari, talaba-yoshlar hamda OAV xodimlari ishtirok etdi. Dastlab, tanlov tashkil etilgan kundan ijodiy ishlarni baholashgacha bo‘lgan jarayonlar xususida ma’lumotlar, fikr-mulohazalar bildirildi.

🎁 Shundan so‘ng hayajonli lahzalar boshlandi. Ya’ni, eng kuchli uchlik – maqolalar tanlovining g‘oliblariga sovg‘alar topshirildi.

💻 1-o‘rin egasi Jahongir Qurbonov diplom va noutbuk,
📱 2-o‘rin egasi Mahmudova Namuna diplom va smartfon,
📚 3-o‘rin egasi Xushnazar Jo‘rayev esa diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈