O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
13.4K subscribers
19.2K photos
1.59K videos
21 files
5.25K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
“Xalqaro media-hall”da talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

⚡️ “Xalqaro media-hall”dagi loyihalar doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi o‘rinbosari Sherzod Olimov talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

📝 Muloqotda Sherzod Olimov yoshlarning hayotda o‘z o‘rinlarini topishda muhim bo‘lgan jihatlar, insonlar bilan muvaffaqiyatli munosabat o‘rnatish sirlari hamda hozirgi shiddatli zamonda vaqtni to‘g‘ri taqsimlash haqida o‘z fikr va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, yoshlar uchun mavzu doirasida motivatsion videoroliklar, turli xil qiziqarli o‘yinlar va ko‘ngilochar dasturlar tadbirning qizg‘in va mazmunli o‘tishiga zamin bo‘ldi. Yakunda esa faol ishtirok etgan yoshlar kitoblar bilan taqdirlandi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
#Xushxabar

🇺🇿 Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi xodimi mas’uliyatli lavozimga tayinlandi

🔷 Mamlakatimizning buguni va ertangi kuniga befarq boʻlmagan, Vatani, xalqi uchun yonib yashaydigan yetuk kadrlarni yetkazib berish Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi oldida turgan ustuvor vazifa hisoblanadi. Yoshlar ittifoqining “sotsial lift”i orqali yoshlar masʼul lavozimlarga tayinlanmoqda.

⚡️Kuni kecha O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining Boshlang‘ich tashkilotlar bilan ishlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi sifatida samarali faoliyat yuritib kelayotgan fidoyi va salohiyatli kadrimiz Bozorov Ramziddin Mexmonovich O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Akademiyasining Yoshlar bilan ishlash guruhi katta inspektori lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi Ramziddin Bozorovni yuksak ishonch va mas’uliyat bilan muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga omad, zafarlar tilab qoladi!

@yoshlarittifoqi_uz 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭐️ Yosh va iste'dodli san'atkorlardan muhim siyosiy jarayon oldidan ajoyib chorlov.

24-oktabr kuni kelajak uchun ovoz bering!

#kelajaginguchunovozber

@yoshlarittifoqi_uz 👈
Qadrli kitobxonlar, "Yosh kitobxon" tanlovi davom etadi!

🔖 Arizalar qabuli davom etmoqda, tanlovda ishtirok etish uchun 👉 @reg_tanlovbot telegram manzili orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz va qo‘shimcha ma’lumotlar bilan tanishib borishingiz mumkin.

📑 E'tiboringizga "Yosh kitobxon" tanlovining yangi nizomini taqdim etamiz.

Ro'yxatdan o'tishga shoshiling, bunday fursatni qo‘ldan boy bermang!

#yoshkitobxontanlovi

@yoshlarittifoqi_uz 👈
🇺🇿 Til – millat ko‘zgusi, millat ruhidir!

📝 1989-yil, 21-oktabr o‘zligimiz, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnimiz borligining kafolati bo‘lgan ona tilimiz – o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun! Ya’ni, o‘zligini, o‘z tilini asrash yo‘lida jonini fido qilgan ne-ne allomalarimizning orzulari ro‘yobga chiqqan kun!

🔰 Har bir millatning iftixori, gʻururi – uning oʻz milliy tili ekanligi azaldan eʼtirof etiladi. Zero, har bir xalq oʻz tilining ijodkoridir. Bugun avlodlar oldida tilimiz sofligi va kamoloti uchun barchamiz birdek burchlimiz.

🎉 Aziz yoshlar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi Sizlarni 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy qutlaydi. Bu quvonchli kun barchamizga muborak bo‘lsin! Ona tilimizning rivoji uchun munosib hissa qo‘shaylik!

@yoshlarittifoqi_uz 👈
🌈 Andijonda sardorlar saylovi o‘tkazildi

⚡️ Saylovda dastlab “Kamalak” sardori va yo‘nalish sardorligiga nomzodlarning loyihalari tinglandi va yashirin ovoz berish yo‘li orqali g‘oliblar aniqlab olindi.

🔥 Saylovning ikkinchi qismi qizg‘in muhokamalarga boy o‘tdi. Sababi, ikkinchi qismda “Ittifoq” sardori va uning yo‘nalish sardorligiga nomzodlar taqdimotlari orqali ishtirok etdi. Taqdimotlar ekspertlar tomonidan tinglanib, ularga qo‘shimcha savollar berildi.

👩🏻‍💼🧑🏻‍💼 Qizg‘in bahs va mulohazarga boy o‘tgan mazkur saylovlarda eng munosiblar viloyat sardorligiga saylandi.

📜 G‘oliblar Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining maxsus sovg‘alari va ishonch yorlig‘i bilan taqdirlandilar.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
#Saylov_va_yoshlar

Bu yilgi saylovlarda hududlardan kelgan talabalar poytaxtda ovoz beradi.

Respublikamizning barcha hududlaridan kelib Toshkent shahridagi OTMda tahsil olayotgan talabalar prezidentlik saylovida poytaxtda ovoz beradi.

🗓 22-oktabr, soat 14:00da “Xalqaro media-hall”da Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti prorektori, 14-Saylov okrugi komissiya a'zosi Feruza Madraximova bilan yoshlar o'rtasida ochiq muloqot bo'lib o'tadi.

📝Muloqot davomida saylovda birinchi marta ishtirok etayotgan, shuningdek, Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan talabalarning ovoz berish jarayonlari bo'yicha ma'lumotlar beriladi.

Talaba-yoshlarni ertangi uchrashuvga taklif etamiz!

@yoshlarittifoqi_uz 👈