O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
13.5K subscribers
19.2K photos
1.59K videos
21 files
5.25K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
Qanday qilib kuchli notiq bo‘lish mumkin yoxud notiqlik san'ati sirlari

"Xalqaro media-hall"da O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi hamda "Universe" erkin volontyorlik harakati tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan "Shaxsiyatni rivojlantirish maktabi"ning 2-darsi bo‘lib o‘tdi.

🚀 Unda "O‘zbekiston 24" telekanali suhandoni, tajribali jurnalist Jamshid Umirzoqov ishtirok etib, 100 nafardan ortiq yoshga "Qanday qilib kuchli notiq bo‘lish mumkin yoxud notiqlik san'ati sirlari" mavzusida mahorat darsi o‘tdi.

📆 Eslatib o'tamiz, "Shaxsiyatni rivojlantirish maktabi" 18-dekabrga qadar haftaning har shanbasida bo‘lib o‘tadi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
“Munozara” klubi a’zolari “Yoshlar siyosiy bilimining mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusida bahs olib bordi

🔰 Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti boshlang‘ich tashkiloti qoshidagi “Munozara” klubi a’zolari tomonidan yoshlarning siyosiy ongini va Prezident sayloviga oid bilim-ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan targ‘ibot loyihalari o‘tkazilmoqda.

⚡️ Bu galgi “Munozara” intellektual o‘yini “Yoshlar siyosiy bilimining mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusiga bag‘ishlandi. Har bir erkin fikrga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yoshlar ishtirokidagi munozarada institut yoshlar yetakchisi Orifjon Abdullayev talabalar bilan mavzuga oid suhbat olib borib, yosh saylovchilarni Prezident saylovlarida faol ishtirok etishga chorladi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
Ijodkorlar uchun zo'r imkoniyat!

“Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob" tanlovi boshlandi

Tanlovga arizlar 2 ta nominatsiya bo‘yicha qabul qilinadi:
• "Eng yaxshi adabiy-badiiy kitob";
• "Eng yaxshi ilmiy-ommabop kitob".

G‘oliblar:
🥇100 million so‘m
🥈 75 million so‘m
🥉 50 million so‘m
pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Arizalar 2022-yil 1-yanvarga qadar @engyaxshikitob_bot 👈 orqali qabul qilinadi.

📑 Tanlov nizomi

Ma'lumot uchun: +998 97 750-01-89

@yoshlarittifoqi_uz 👈
📝 “Saylov – 2021: Kelajak xalq tanloviga bog‘liq” mavzusidagi publisistik maqolalar tanlovi g‘oliblari aniqlandi

💻 1-o‘rin: Qurbonov Jahongir Botir o‘g‘li – Surxondaryo viloyati
📱 2-o‘rin: Mahmudova Namuna Yoqub qizi – Qashqadaryo viloyati
📚 3-o‘rin: Jo‘rayev Xushnazar Bahodir o‘g‘li – Toshkent shahri.

🎉 Mavzuga ijodiy yondashib, Nizom talablaridan kelib chiqqan holda publisistik maqolalarni yuborgan va sovrindorlar safidan o‘rin olgan ushbu yoshlarni tabriklaymiz!

🤝 Alohida vaqt ajratib, o‘z ijodiy izlanishlarini taqdim etgan barcha ishtirokchilarga ham o‘z minnatdorchiligimizni izhor etamiz!

📌 Ma’lumot uchun: Maqolalarni baholashga Hakamlar hay’ati a’zolari sifatida Markaziy saylov komissiyasi a’zosi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchi va professorlari jalb qilindi. Shaffoflikni ta’minlash maqsadida ijodiy ishlar ism-familiyalar keltirilmagan holatda, shifrlanib, hakamlarga topshirildi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈
“Xalqaro media-hall”da talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

⚡️ “Xalqaro media-hall”dagi loyihalar doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi o‘rinbosari Sherzod Olimov talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

📝 Muloqotda Sherzod Olimov yoshlarning hayotda o‘z o‘rinlarini topishda muhim bo‘lgan jihatlar, insonlar bilan muvaffaqiyatli munosabat o‘rnatish sirlari hamda hozirgi shiddatli zamonda vaqtni to‘g‘ri taqsimlash haqida o‘z fikr va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, yoshlar uchun mavzu doirasida motivatsion videoroliklar, turli xil qiziqarli o‘yinlar va ko‘ngilochar dasturlar tadbirning qizg‘in va mazmunli o‘tishiga zamin bo‘ldi. Yakunda esa faol ishtirok etgan yoshlar kitoblar bilan taqdirlandi.

@yoshlarittifoqi_uz 👈