O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
18.4K subscribers
19.4K photos
1.6K videos
21 files
5.31K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
⚡️Odam savdosi profilaktikasi uchun bir guruh ko'ngillilar jamoasi shakllantirildi

Illatlar har qanday rivojlanayotgan jamiyat uchun xavfdir. Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʼzbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi, Toshkent viloyati IIB hamkorligida Boʼstonliqdagi "Yoshlar oromgohi"da “Stop, odam savdosi” mavzusida seminar tashkil etildi.

Ushbu oromgoh joylarda odam savdosiga qarshi kurashish boʼyicha koʼngillilarni tayyorlashni maqsad qildi.

🔰 Ta'kidlash kerakki, bugun aksar fuqarolik jamiyati institutlarining asosiy vazifalaridan biri — ushbu illatga qarshi kurashishda targʼibot ishlarini yo'lga qo'yish, odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishdir.

10 kunlik oromgohda malakali trenerlar koʼngilli targʼibotchilar jamoasini shakllantirdi. Endilikda ular profilaktika ishlarida faol ishtirok etib, yoshlarga, ayniqsa qishloq joylaridagi aholiga zaruriy tushunchalarni tizimli berib borishni yo'lga qo'yishadi.

Kanalni kuzatish ➡️
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Hamdardlik

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi 1985—1987-yillarda O‘zbekiston yoshlar tashkilotiga rahbarlik qilgan Dilshoda Dadajonova vafoti munosabati bilan oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Dilshoda Dadajonova 1949-yilda Andijon tumanida tug‘ilgan.

Yillar davomida qator mas’uliyatli vazifalarda ishlagan. Dilshoda Dadajonova vafotiga qadar Pop tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Yoshlar atoqli jamoat arbobi, mehribon ustoz, samimiy va kamtarin inson Dilshoda Dadajonovaning yorqin xotirasini unutmaydi.

Kanalni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
⚡️"Yoshlar daftari"ga kiritilgan oilalar farzandlariga hukumat tomonidan qanday imtiyozlar berilmoqda?

☝️
Ushbu imtiyoz va imkoniyatlar haqida doʼstlaringizga ham ulashing.

Kanalni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
🌙 Muqaddas oy muborak boʻlsin, aziz yurtdoshlar!

⚡️Oylar sultoni
— mohi Ramazon oyi barcha yurtdoshlarimizga qutlug' boʻlsin!

Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi ushbu oyda yoshlarni keksalarimizga izzat koʼrsatish, bemorlarimiz holidan xabar olish, obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish aksiyalarida faol ishtirok etishga chorlaydi. Zero, ushbu birdamlikdagi harakatlaringiz ortidan yurtimizga qut-baraka kiradi.

Аziz yoshlar! Siz va siz orqali oila aʼzolaringizga muqaddas oyda barcha ezgu niyatlaringiz ijobatini tilaymiz. Farovon kelajak sari qoʼshayotgan hissangiz uchun minnatdormiz. Ilm olish va savobli ishlaringiz yoʼlida kuch-quvvat tilaymiz.

Kanalni kuzatish ➡️
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Yoshlar uchun foydali bo'ladigan takliflaringizni bormi? Balki yoshlar tashkiloti tomonidan qaysidir loyihaning amalga oshirilishini istarsiz?

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi UReport bilan hamkorlikda "Yoshlarga qanday ijtimoiy loyihalar kerak?" mavzusida so'rovnoma o'tkazmoqda.

📩 @UReportUzbBot'da tashkil etilgan so'rovnomada faol ishtirok eting. Aynan sizning taklifingiz qo'llab-quvvatlanishi va tadbiq etilishi mumkin.

#IjtimoiyLoyihalar #UReport

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
⚡️"Musofir" xayriya marafoni koʻngilli yoshlarni birlashtirdi

🔰Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi "Musofir" xayriya marafonini oʻtkazdi. Marafon xorijda oʻqiyotgan va ishlayotgan yurtdoshlarimiz hayotiga befarq boʻlmagan barcha yoshlarni faollikka chorladi.

Toshkent shahridagi "Ekopark" madaniy koʻngilochar markazida oʻtkazilgan marafonda poytaxtimizdagi OTM talabalari va xayriyaga hissa qoʻshishni istagan koʻngillilar ishtirok etdi.

🔸 Dastavval "Musofir" xayriya loyihasi haqida tushuncha berildi. Shundan soʻng marafon boshlandi. Ishtirokchilar 2 km masofani bosib oʻtishdi. Gʻoliblarga homiylar va Assotsiatsiya tomonidan kubok, diplom va esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

🔹 Qolaversa, marafon davomida turli ko'ngilochar dasturlar, fleshmob, dance partylar ham tashkil etilgani yoshlarga manzur bo'ldi. Muhimi, yoshlar xorijda qiynalib qolgan tengdoshlariga koʼmaklashish uchun birlashishdi va oʼz ehsonlarini taqdim qilishdi.

Kanalni kuzatish ➡️
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz