O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
18.3K subscribers
19.4K photos
1.59K videos
21 files
5.29K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
⚡️Farg'onada “Hokim, vazir va yoshlar uchrashuvi”: yoshlarning qarashlari o'zgargan, ular dadil va shijoatli

☝️Bugun davr, jamiyat, turmush tarzimiz, yoshlarning qarashlari oʼzgargan. Eng muhim boʼgʼin — yoshlar masalasi davlat siyosati darajasida. Sohaga daxldor rahbarlarning barchasi joylarga tushib, yoshlarni tinglamoqda. Endi yoshlar ham kechagi yoshlar emas. Ular muammolarni koʼndalang qoʼya olyapti. Kelajagining yagona bunyodkori shaxsan oʼzi ekanligini anglagan.

🔰Bugun xuddi shu maqsaddagi ochiq muloqot Fargʼona viloyatining barcha tumanlaridan yigʼilgan 300 nafarga yaqin yoshlar uchun tashkil etildi.

Uchrashuvda Davlat test markazi direktori Majid Karimov, Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Аkmal Jumaboyev, Аdliya vaziri oʼrinbosari Muzraf Ikramov, Savdo-sanoat palatasi raisi oʼrinbosari Farhodjon Toshpoʼlatov va viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.

☝️Muloqotda qanday masalalar ko'tarildi? Batafsil ushbu havolada o'qing!

Kanalni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
"Yosh kitobxon" tanlovi 10-14 yosh toifasi bo'yicha respublika bosqichi g'oliblari aniqlandi!

📖 Murosasiz kurashlar va katta qiziqishlarga sabab bo'lgan tanlovning final bosqichi, so'nggi sharti bugun, Yoshlar ijod saroyida bo'lib o'tdi.

🔰 Hakamlar hay'ati tomonidan eng bilimlilar orasidan munosiblari tanlab olindi. O'z olgan bilimlarini namoyon eta olgan, kitobga mehr qo'yib, yuksak marralar sari intilgan ushbu kitobxonlarni sizga tanishtirishdan mamnunmiz. Demak, kuchli uchlikka quyidagi ishtirokchilar munosib deb topilgan:

1-o'rin - Ismoilov Muhammadfozil (Farg‘ona viloyati) 378,9 ball;
2 - o'rin - Alimjanova Aynura - (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) 371,6 ball
3 -o'rin - Karimov Javohir - (Xorazm viloyati) 369,9 ball.

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi jamoasi g'oliblarni tanlovni muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan qutlaydi, kelgusida bundanda yuksak marralarni zabt etishlarini tilab qoladi!

#YoshKitobxon

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
🔰Аssalomu alaykum qadrli yoshlar! Bugun 5-aprel, yangi ish va o'qish haftasining ilk kuni.

⚡️Biz yaqin soatlar ichida navbatdagi yirik loyihamizni eʼlon qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting!

Kanalga obuna bo'lish ➡️
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
⚡️Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi "Yetakchi" yoshlar markazi nodavlat notijorat tashkiloti 2021-yil 2-apreldan "Ijtimoiy-huquqiy media markazi" nodavlat notijorat tashkiloti etib qayta tashkil etildi.

Markaz o'z oldiga qator ustuvor vazifalar belgiladi:

turli xildagi ijtimoiy-huquqiy loyihalarni amalga oshirish;

yoshlarning huquqiy ongi va dunyoqarashini shakllantirish maqsadida turli media mahsulotlar tayyorlash va targ‘ib qilish;

yoshlarning huquqiy, ijtimoiy, ilmiy-nazariy va amaliy izlanishlarida har tomonlama ko‘maklashish;

yoshlarning fikr-mulohazalarini o‘rganib borish, tahlil qilish va tegishli xulosalar tayyorlash.

Kanalni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Халқ билан" лойиҳасининг навбатдаги сони. Унинг қаҳрамонлари - Тошкент вилоятининг Чирчиқ шаҳри аҳолиси Президент билан учрашуви ҳақида сўзлаб беришади.

Очередной выпуск проекта "С народом". Его герои - жители города Чирчика Ташкентской области - расскажут о своей встрече с Президентом.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Diqqat

⚡️Respublika bo‘ylab “Kamalak” yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivaliga arizalar qabuli boshlandi

Аziz yoshlar, madaniyat, adabiyot va sanʼat sohasidagi iqtidoringizni namoyish eting!

Festival Prezidentimizning besh muhim tashabbuslari ijrosini taʼminlash, iqtidorli bolalarni aniqlash, ularga imkoniyat yaratish, qo‘llab-quvvatlash, sanʼatimizni rivojlantirish va davom ettirish maqsadida tashkil qilinmoqda.

🔰Festivalga 6 yoshdan 15 yoshgacha
boʼlgan ijodkor bolalar yakka, jamoaviy tarzda, 6 ta yo‘nalishdan birini tanlagan holda ishtirok etishlari mumkin.

➡️ Nizom ushbu havolada!

Shuningdek, joriy yilda arizalar ishtirokchilarga qulaylik yaratish maqsadida onlayn qabul qilinadi. Ro‘yxatdan @kamalak_yulduzlari_bot orqali o'tib, ishtirok etish va tanlov jarayonlarini kuzatib borish imkoniyatiga ega bo'ling!

Biz sizni tanitamiz! Havaskorlikdan professionallik — professionallikdan yuksak minbarlargacha birgamiz!

Ma'lumot uchun: 88-807-00-56

Kanalni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Kitobxonlar orziqib kutgan onlar keldi

🏆 "Yosh kitobxon" tanlovining Respublika bosqichi 10 - 14 yoshlilar toifasidagi bahslari o'z yakuniga yetdi.

🥇
Ushbu yosh toifasida Farg'ona viloyati sha'nini himoya qilgan Muhammadfozil Ismoilov 1-o'rin va "Spark" avtomobiliga sazovor bo'ldi!

🥈 Faxrli 2-o'rin, qoraqalpog'istonlik kitobxon qiz Alimjanova Aynuraga nasib etdi!

🥉 Yana bir faxrli - 3-o'rinni esa Xorazm viloyati vakili bo‘lgan kitobxon Javohir Karimov qo'lga kiritdi!

📚 G'oliblarni o'z mehnatlarining munosib e'tirofi bilan tabriklaymiz, kitobga oshno bo'lib o'qib-o'rganishdan hech tolmang deymiz!

#YoshKitobxon

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi