O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
13.4K subscribers
19.2K photos
1.59K videos
21 files
5.25K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
#LIVE

⚡️Yirik konferensiya, loyiha, tanlov, aksiya, musobaqa va sayllarni oʼzi ichiga olgan “Ko‘hna Xivada yoshlar sayli” festivalidan fotoreportaj!

Kanalni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Oliy ta'lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish bo'yicha so'rovnomada ishtirok eting, o'z taklif hamda g'oyalaringizni bildiring!

🔰 Yoshlar ishlari agentligi BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi(UNODC) bilan hamkorlikda talabalarning korrupsiyaga munosabati, ta'lim dargohlaridagi holatni o'rganish maqsadida so'rovnoma o'tkazmoqda.

So'rovnoma natijalari OTMlarda korrupsiyaning oldini olish strategiyasini ishlab chiqarish uchun xizmat qiladi.

📩 Ishtirok etish uchun havola👉@UReportUzbBot

💪 Korrupsiyaga birdamlikda barham beramiz!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Shavkat Mirziyoyev: Natijaga ishlashimiz kerak, birlashsak koʼp narsaga qodirmiz!

Kanalni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
⚡️Аssalomu alaykum aziz yurtdoshlar, shijoatli yoshlar!

🌸 Bugun Navroʼz. Bu azaliy va abadiy bayram sogʼligimiz, tinchligimiz, orzularimiz, rizq-nasibamiz, kelajakdan umidimiz ramzidir!

Bugun yurtimizga Navroʼz — yangi kun, yangi hayot kirdi!

🌱Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi yangilanish va ezgulik darakchisi — Navroʼz umumxalq bayrami bilan aziz xalqimizni qutlaydi.

Siz va oila aʼzolaringizga, avvalo sogʼlik, oilaviy baxt, xalq ishonchi va yuksak martaba tilaymiz!

Sharqona yangi yilingiz muborak boʼlsin!

Kanalni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
⚡️Yoshlarning iqtidorlarini roʼyobga chiqarish, izlanishlarini rag'batlantirish, motivatsiya berish maqsadida Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi qator loyiha, tanlov va aksiyalar ustida ishlamoqda.

⚡️Biz birin-ketin hamkorlikdagi loyiha va tanlovlarimizni eʼlon qilib boramiz!

☝️Аyni damda esa "Yil sardori" koʼrik-tanlovi uchun arizalar qabuli avj pallaga kirgan.

🔰10 kun mobaynida Respublikamizning barcha hududlaridan 3 325 nafar sardorlar ro‘yxatdan o‘tishga ulgurdi. Аziz sardorlar, hali vaqt bor. Roʼyxatdan oʼting va oʼz iqtidoringizni namoyish eting!

Kanalni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Surxondaryolik_yoshlar_diqqatiga

⚡️ ImkonLab loyihasi uchun ro'yxatdan o'tish davom etmoqda

O'zbekiston yoshlar ittifoqi va UNICEF hamkorlikda Surxondaryo viloyatida ijtimoiy innovatsiyalar va ijtimoiy tadbirkorlik dasturini boshlaganini ma'lum qilgandik!

🔰Dastur yoshlarga o'z jamiyatidagi ijtimoiy muammolarni o'rganishda, moddiy yordam olishda va o'z g'oyalarini amalga oshirishda mutaxassislardan ko'mak olish imkonini beradi.

🔹 Surxondaryo yoshlari, imkonni qo'ldan boy bermang, 5-aprelgacha ro'yxatdan o'ting va o'z g'oyalaringizni amalga oshiring!

☝️ Dastur uchun alohida ochilgan @ImkonLab_Surxondaryo guruhi orqali batafsil ma'lumotlarga ega bo'lib boring!

Kanalni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_siyosati_amalda
#Motivatsiya

⚡️ "Yoshlar – kelajagimiz" jamgʼarmasi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishda munosib sharoitlar yaratmoqda

2018-yilda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida "Yoshlar – kelajagimiz" jamgʼarmasi tashkil qilingan edi.

🔰 Tashkilot matbuot xizmati xabariga ko'ra, oʼtgan davr mobaynida yoshlarning 8 635 ta biznes loyihalariga jami 1 trln. 830 mlrd. soʼm miqdorida imtiyozli kredit mablagʼlari ajratish orqali 42 mingdan ortiq yangi ish oʼrni yaratildi.

Oxirgi 2 yilda hududlarda jami 19 ta "Yosh tadbirkorlar" kovorking-markazlari hamda 202 ta «Yoshlar mehnat guzari» komplekslari foydalanishga topshirildi.

☝️Batafsil

Rolikni tomosha qiling va bugunning o'zida hayotingizda yangi sahifa oching!

Kanalni kuzatish ➡️
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#PressTUR #Ekoturizm

⚡️Olmaliq kon metallurgiya kombinatiga yoshlarning ekskursiyasi tashkil etildi

Bugun Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Olmaliq kon metallurgiya kombinati bilan hamkorlikda viloyatdagi bir guruh yoshlarning kombinatga ekskursiyasini tashkil etdi.

🔰 Yoshlar ichida 18-19-mart kunlari Muhtaram Prezidentimiz bilan uchrashib takliflarini bildirgan tadbirkorlar, yosh olimlar, ixtirochilar, jurnalistlar, talabalar va hunarmandlar bor. Eng qizigʼi, uchrashuvda ushbu sanoat ekskursiyasini tashkil etish sohadagi imkoniyatlarni oʼrganish, ilm-fanga yangilik kiritish, yosh konchilar bilan tengdoshlarining muloqotini oʼtkazish taklifi ham shu yoshlar tomonidan bildirilgan edi.

☝️Bizni kuzating. Yaqin daqiqalarda qazib olish jarayonlari, portlatish, fabrikalar va muzeylarga tashriflar, yoshlarning qaynoq fikrlarini ulashamiz.

Kanalni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
⚡️Yoshlar uchun ilk marotaba konda portlash amaliyoti koʼrsatildi

1,5 mlndan ortiq yoshlar istiqomat qilayotgan Toshkent viloyati yer osti qazilma boyliklariga boy. Mahalliy yoshlarning bu sohadagi bilim va koʼnikmalarini oshirish esa anchayin muhim.

🔰 Ekskursiyada dastlab ishtirokchilar kombinat texnologik ishlab chiqarish zanjirining ilk nuqtasi boʼlgan Qalmoqqir konida boʼlishdi. Ishtirokchilarga qazilmalarning ilk bosqichidan soʼnggi bosqichigacha boʼlgan jarayon haqida maʼlumot berildi.

☝️ Shundan soʼng, yoshlar kutgan vaqt yaqinlashdi. 3 ta kuchli sirenadan soʼng, ilk marotaba yoshlar uchun portlash amaliyoti oʼtkazildi. Ushbu jarayonni koʼrgan yoshlar bir olam taassurot olishdi.

Keyingi manzil yangi oʼzlashtirilayotgan Yoshlik-1 koni boʼldi. Bu konga Prezidentimiz 2017-yilgi tashriflarida ushbu nomni berganlar. Kombinat tarkibida istiqbolli kon sifatida eʼtirof etilayotgan Yoshlik-1dagi qizgʼin jarayon ham yoshlarda qiziqish uyg'otdi.

Kanalni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
⚡️“Metallurg” madaniyat saroyida konchilar va yoshlarning ochiq muloqoti tashkil etildi

Konlardagi ekskursiyadan soʼng, ishtirokchilar kombinat muzeyiga tashrif buyurishdi. Shundan soʼng, Yoshlar ittifoqining yetakchilari, konchi yoshlar va ishtirokchilarning ochiq muloqoti tashkil etildi.

Tadbirda kombinat rahbariyati tomonidan yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor va gʼamxoʼrlik alohida eʼtirof etilib, maʼmuriyatga Yoshlar ittifoqining Tashakkurnomasi taqdim etildi.

— Hozirda kombinatda 38 262 nafar xodim ishlasa ularning 12 380 nafarini yoshlar tashkil etadi, bu katta salohiyat, — dedi kombinatning Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʼich tashkiloti yetakchisi Behzod Salimov. — 2021- yil uchun ham oʼzimizga katta marralar olganmiz. Birgina yer ajratish va oʼzlashtirilmagan mahsulotlarning lokalizatsiyasi orqali 968 nafar yoshning bandligini taʼminlashni reja qilganmiz.

Ekskursiya yoshlarga katta motivatsiya berdi.

Kanalni kuzatish ➡️
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz