⚡️Yuksak ishonch muborak bo'lsin!
🇺🇿 Prezident “Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlash toʼgʼrisida”gi qarorni imzoladi. Joriy yilda ushbu mukofot bilan 28 nafar yosh xotin-qizlarimiz taqdirlandi.
✅ Taqdirlanganlarga 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oʼtkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va koʼkrak nishonlari topshiriladi.
🔰 Shuningdek, sovrindorlarning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti taqdim etiladi.
👉Taqdirlangan roʼyxati bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin.
💐O'zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi mukofot bilan taqdirlangan yosh xotin-qizlarni qutlaydi.
Bizni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz

#LIVE
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi jizzaxlik yoshlar bilan uchrashdi
⚡️Ayni damda Jizzaxda "Yoshlar innovatsion markazi" da “Yosh fermerlar – O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining yorqin kelajagi” mavzusida forum bo'lib o'tmoqda. Unda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Akmal Jumaboyev ham ishtirok etmoqda.
✅ Forumda soha mutasaddilari, xorijiy ekspertlar, mahalliy mutaxassislar, yoshlar qishloq xo‘jaligi sohasida qilinayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ularning samarasi, oldindagi rejalar muhokama qilinmoqda.
✊Hozirgina Germaniya jamg‘arma kassalari Fondi Jizzax shahridagi Yoshlar innovatsion markazida “Yosh fermerlar innovatsion markazi”dagi trenerlar uchun “DAMAS” avtomobilini sovg’a qildi. Bizni kuzatishda davom eting.

Forwarded from Akmal Jumaboyev
⚡️Surxondaryo viloyati "Yoshlar markazi" da ochiq muloqot hamda "Liderlik va tanqidiy mushohada" mavzusida trening bo'lib o'tdi. Biz ham jamoamiz bilan ishtirok etdik.
Uchrashuvda:
- Yoshlar ittifoqi raislari;
- Yoshlar ishlari agentligi mas'ullari;
- Yoshlar parlamenti a'zolari;
- Yoshlar yetakchilari;
- Motivatorlar;
- Sardorlardan iborat 400 nafardan ortiq yoshlar qatnashdilar.
🔷 Uchrashuvda motivatsiya, huquqiy madaniyat, ilg'or xorijiy tajribalar, mustaqil pozitsiya, yetakchilik, tanqid va tahlil kabi mavzularidagi fikrlar ham ilgari surildi.
🔶 P.s.: Endi Denov tumaniga yo'lga chiqamiz.
👉@akmal_jumaboyev

Forwarded from O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi
#musofir #xayriya_marafoni
Aziz yurtdoshlar va qadrli yoshlar bizda uzoq kutilgan yangilik!
O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan o'tkazilayotgan "Musofir" loyihasi doirasidagi xayriya marafoniga sizlarni mamnuniyat ila taklif etamiz.
Marafon 27-mart kuni Toshkent shahridagi "EKOPARK" madaniy-ko'ngilochar markazida bo'lib o'tadi🌳
Marafonimizda:
-turli xil o'yinlar🎯
-xayriya yarmarkasi🎗
-fleshmob😍
-taqdirlash marosimi🏆
⏰ Marafon o'tkazilish vaqti: 27-mart soat 13:00dan 17:00gacha
🌟Marafon mehmonlari: "Real-xit" boshlovchisi Jahongir Xo'jayev va o'zbek estradamiz yulduzlari
Ro'yxatdan o'tish
Telegram | Instagram | Facebook | www.wayu.uz

⚡️Oilaviy baxt — eng buyuk saodatdir!
Bugun Xalqaro xotin-qizlar kuni!
🇺🇿 Prezidentimiz kuni-kecha xotin-qizlarimizga yoʼllagan bayram tabriklarida taʼkidlaganlaridek, Sizlar muqaddas ona, aziz Vatan, oila timsoli, bitmas-tuganmas mehr, ezgulik va kuch-gʼayrat manbaisiz.
👨👩👦👦 Shuningdek, davlatimiz rahbari nutqlarida “Oila – bu mehr va baxt qoʼrgʼoni. Oila bor ekan, farzand degan bebaho neʼmat bor, insoniy qadr-qimmat va maʼnaviyat bor. Oilaviy baxt bu – eng ulugʼ saodatdir”, deb taʼkidladilar.
🌹Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi ham sizlarga avvalo sogʼlik, oilaviy baxt tilaydi. Yosh, shijoatli va zakovatli xotin-qizlarimizga esa ilm olish va ijtimoiy hayotdagi faoliyatida muvaffaqiyat yor bo'lsin!
💐Goʼzal bayramingiz muborak boʼlsin!

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅ Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi tizimida shtatlar jadvali maqbullashtirilgani munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan ayrim xodimlar haqidagi maqola yuzasidan munosabat
Bizni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Bizni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Bu_muhim
Bir oyda 55 nafar yoshlar yetakchisi lavozimda oʼsdi, mexanizm ishlashda davom etadi
🔰 Xabaringiz bor, Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi tizimida fevral — “Umumtaʼlim muassasalaridagi yoshlar yetakchilari oyligi" deb eʼlon qilingandi. Oylik barcha hududlarda uyushqoqlik asosida tashkil etilib, qator loyihalar va tadbirlar oʼtkazildi.
➡️ Ochiq muloqotlar, seminarlar, master-klasslar, intellektual bellashuvlar doirasida minglab yoshlar yetakchilari qamrab olindi.
⚡️Oylik yoshlar yetakchilariga uslubiy koʼmak berish, ularni zamonaviy bilimlardan boxabar qilish, shuningdek tajriba va malakalarini oshirish orqali maktablardagi oʼquvchilarning intellektual salohiyati va maʼnaviyatini yuksaltirishga qaratildi.
✅ Birgina "Sotsial lift” loyihasi doirasida 55 nafar yoshlar yetakchilari yuqori lavozimlarga koʼtarildi.
☝️Infografikada oylik doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan batafsil tanishishingiz mumkin. Loyihalar davom etmoqda.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Respublika yoshlar ovozi festivalining hududiy bosqichlariga start berildi!
Iqtidoringizni namoyon eting, biz qo’llab-quvvatlashga tayyormiz!
⚜️ Festivalda ishtirok etish uchun ikki yosh toifasi( 6-15 va 16-30) baxshichilik va an'anaviy ijro, opera, estrada yo'nalishlarida sinovdan o'tkaziladi.
✅Hududiy bosqichlarning kastinggi quyidagi sanalarda o'tkaziladi:
➡️15-16-mart — Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Andijon, Surxondaryo viloyatlarida;
➡️ 17-18-mart — Farg‘ona, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida;
➡️ 19-20-mart — Namangan, Buxoro, Samarqand viloyatlarida;
➡️ 22-23-mart — Navoiy, Jizzax va Toshkent viloyatlarida;
➡️ 24-25-mart — Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida.
📩 Ishtirok etish uchun @reg_tanlovbot orqali ro'yxatdan o'tishni unutmang!

#Аbituriyentlar_diqqatiga
✅ Kirish imtihonlarida test topshiriladigan fanlar majmui tasdiqlandi
🔰Oʼzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilish boʼyicha Davlat komissiyasining 10-son bayoni bilan 2021-2022-oʼquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʼnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.
☝️Unga koʼra, bu yil kirish imtihonlarida maksimal ball 280,5 ballni tashkil qiladi. Uchta majburiy fan blokidan imtihon olinadi: Ona tili, Matematika va Oʼzbekiston tarixida jami 45 ta savol boʼlib, ularning har biriga 2,1 balldan beriladi. Taʼlim yoʼnalishiga mos fanlargaa 3,1 balldan beriladi. Bu blokda 2 tadan fan bor. Аbituriyentlar jami 5 ta fandan test topshiradi.
❇️ Bundan tashqari, qabul komissiyasi test bilan birgalikda ijodiy imtihon topshiriladigan yoʼnalishlarni ham tasdiqlagan.

⚡️Oʼzbekiston-Qirgʼiziston yoshlarining do'stona hamkorligiga keng yoʼl ochildi
🇺🇿🇰🇬Bugun oliy martabali mehmon Qirgʼiziston Prezidenti davlat tashrifi bilan Oʼzbekistonga keldi. Koʼksaroy qarorgohida ikki mamlakat yetakchilari doʼstlik, qoʼshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning barcha yoʼnalishlarini koʼrib chiqishdi.
🔰 Jumladan, yoshlar siyosatiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi A.Jumaboyev va Qirgʼiziston Respublikasi Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri K.Imanaliyev oʼrtasida Tadbirlar taqvimi imzolandi.
✅ Hamkorlikdagi ushbu hujjat 2021-2022-yillarga moʼljallangan bo'lib, yoshlar o'rtasida biznes, tadbirkorlik, turizm, sport va madaniyat sohalariga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishga imkon beradi.
🤝Ushbu kelishuv kelgusida ikki mamlakat yoshlari oʼrtasida doʼstona munosabatlarni yanada mustahkamlashi kutilmoqda.
На русском языке
Kanalni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz

#Talabalar_diqqatiga
⚡️Аnʼanaviy “Quvnoqlar va zukkolar” koʼrik-tanlovining 2021-yilgi mavsumiga buyurtmalar qabuli boshlanganini maʼlum qilamiz!
✅ Tanlov 5 muhim tashabbus ijrosini taʼminlash, yoshlarni sanʼat, madaniyat, teatr sohalariga qiziqtirish, iqtidorlarini yuzaga chiqarish, ular o'rtasida o'zaro do'stlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilmoqda.
☝️Tanlovga oliy taʼlim muassasasi jamoalari buyurtma berib, ishtirok etish huquqiga ega boʼladi. Bitta muassasa nomidan faqat bitta jamoa ishtirok etishi mumkin.
👉 Talablar va buyurtma shaklini ushbu havoladan olishingiz mumkin.
✊ Shoshiling, oʼz iqtidoringizni namoyish eting! Shuningdek, talabalar hayoti va ijtimoiy faoliyatimizdagi muammolarni yumor orqali koʼtarish va yechishga munosib hissangizni qoʼshing.
➡️ Eslatib oʼtamiz, buyurtmalar +99893-547-09-09 telegram raqami orqali 31-martga qadar qabul qilinadi. Ushbu xabarni do'stlaringizga ham ulashing.

#Chorlov #Аksiya
⚡️Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi bir guruh yoshlar tashabbusini qoʼllab-quvvatlab, “Оbodlik — salomatligimiz asosi, o'tganlar yodiga ehtiromimizdir” shiori ostida respublika boʼylab 14-martdan 14-aprelgacha ijtimoiy aksiya eʼlon qiladi!
🌱Obodlik uchun tashabbus koʼrsatib, hasharlar tashkil etish yoshlar tashkilotida anʼanaga aylangan. Bu gal ham bir oy davomida koʼngilli yoshlar jamoa bo'lib, pandemiya sabab qarovsiz qolgan qabristonlarni, oʼzlari yashab turgan hududlardagi tarixiy qadamjolarni, mahalla va qishloqlarini, taʼlim muassasalarini hashar yoʼli bilan obodonlashtirishadi.
Ha aytgancha, аksiya doirasida #yoshlar_obodlik_sari heshtegi ostida ijtimoiy tarmoqlarda jamoalar tomonidan eʼlon qilingan eng sara foto va video mahsulotlar “Obod mahallam”, “Оbod qishlogʼim”, “Obod maktabim” va “Bizning ziyoratgoh” nominatsiyalari boʼyicha taqdirlanadi.
✊Аziz yoshlar, unutmaylik, yurti obodning — ko'ngli ham, kelajagi ham obod bo'lur!