O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
13.4K subscribers
19.2K photos
1.58K videos
21 files
5.23K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
#Kun_fotosi: Prezident va Namangan shahridagi 26-Mehribonlik uyi bolalari

— Sizlar mening farzandlarimsizlar. Hayot juda murakkab. Shuni bilinglarki, bugun ogʼir kunlar boʼlsa ham, Аlloh taoloning yorugʼ kunlari bor. Sizlarning qiynalganlaring, oilani eslashlaring, orzu-umidlaring ortida Xudoning marhamati, ertangi quvonch bor. Sizlarning baxtli boʼlishingiz uchun hayotlaringizga doimiy asos yaratishni oʼylayapmiz. Bu yerni tamomlagandan keyin uy bilan taʼminlanib, farovon yashashingizni qonun bilan himoyaga olamiz. Tinchlik-osoyishtalikda sizlarning baxtingizni koʼrish nasib etsin, — dedi Davlatimiz rahbari.

🔰 Shundan so'ng Prezident bir paytlar yaqinlari tashlab ketgan qizaloqni koʼtarib, bagʼriga oldi. Bu oʼz navbatida mamlakatdagi har bir yosh Davlat rahbari panohi ostida ekanligiga ishora boʼldi.

Bizni kuzatish ➡️
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
⚡️Yoshlar ittifoqining Toshkent shahar Kengashi raisi yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi

☝️Maqsad —
poytaxtda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish.

🔰Shunday uchrashuvlardan biri Mirobod tumanida joylashgan 110-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda boʼldi.

Hududda 58 ming nafardan ziyod yoshlar yashaydi. Dastavval tuman Kengashi tomonidan ushbu yoshlarning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasbga yoʼnaltirish masalalarida amalga oshirgan ishlari tahlil qilindi. Koʼproq yoshlarni tinglash, hamkorlar bilan birgalikda hech bir yoshning muammosi ochiq qolmasligi haqida koʼrsatmalar berildi.

➡️ Shunda soʼng, tuman sardorlarining taklif va tashabbuslari tinglandi. Yoshlar yetakchilari faoliyatining ustuvor yoʼnalishlari haqida fikr-mulohazalar almashildi.

Tumanda yoshlar uchun ochiq, erkin muhitni yaratish boʼyicha kelishib olindi.

📌Eslatib oʼtamiz, tizimda bu kabi ochiq muloqotlar har kuni o'tkazilmoqda.

Bizni doimiy kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Anons

⚡️ Qadrli yoshlar, bugun, soat 20:00da oilangiz davrasida Prezident matbuot xizmatining Facebook va Youtube'dagi rasmiy sahifalarida hamda “O‘zbekiston 24” telekanali "Ipaklari tillodan" filmini tomosha qiling.

Filmda toʼqimachilik sohasining zamonaviy rivojlanishi haqida hikoya qilinadi.

Bizni doimiy kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Ilk marotaba yosh davlat xizmatchilarining TOP-50 taligi tuzildi, 15 nafari yosh xotin-qizlar!

Koʼpchiligimiz bu tengdoshlarimizni taniymiz! Doʼstlarimiz, hamkasblarim! Bugun ular "Kelajak liderlari" — yosh davlat xizmatchilarining TOP-50 taligidan joy olishdi.

➡️ Xoʼp, "Kelajak liderlari" qanaqa kurs?

Maxsus malaka oshirish kursi. Dastur Davlat xizmatlarini rivojlantirish va Yoshlar ishlari agentliklari tomonidan tashkil etildi.

➡️ Dasturning maqsadi nima?

Yosh davlat xizmatchilarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish.

➡️Ilk bosqichga kimlar qabul qilindi?

21-31 yoshdagi davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʼrta boʼgʼin rahbar va xodimlari.

➡️ Nomzodlarni kim tavsiya etdi?

Barcha vazirlik, idora va korxonalar, umumiy hisobda 800 nafar nomzod tavsiya etildi.

➡️Tinglovchilar qanday saralab olindi?

4 bosqichli tanlov asosida 50 nafar yosh davlat xizmatchisi tanlab olindi.

➡️ Tinglovchilar qaysi yoʼnalishlarda tahsil olishadi?

2 oy davomida liderlik, jamoani shakllantirish, loyiha boshqaruvi, strategik tahlil, nizolarni boshqarish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish kabi fanlardan bilim va tajribalarini oshirishadi.

⚡️ Qadrli yosh davlat xizmatchilari! Ushbu Dastur sizga ham qiziqish uyg'otgan bo'lishi kerak. Bugundan tashabbuskor bo'lib, ilm olishga bor kuchingiz bilan kirishing! Keyingi yosh davlat xizmatchisi va kelajak rahbar kadrlari qatorida Siz boʼlasiz. Do'stlarga ulashishni unutmang!

Bizni doimiy kuzatish ➡️
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Besh_tashabbus_amalda

Teatr — ibratxona! Unga tushgan inson albatta buni his qiladi.

🔰 Yillar davomida teatr yoshlar taʼlim-tarbiyasida katta maktab boʼlib xizmat qilgan.

Bugun yoshlar oʼrtasida taetrlarimizga tashrifni koʼpaytirish, ularning maʼnaviy dunyoqarashiga ijobiy taʼsir etadigan spektakllar namoyishini tashkil etish ayni muddaodir. Oʼzbek Milliy akademik drama teatrida Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi hamda Milliy akademik drama teatri hamkorligida tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy kechada ham shu maqsad ko'zlandi.

➡️ Tadbirda tashkilotlar rahbariyati, davlat va jamoat vakillari, san'atkorlar, yoshlar, OАV xodimlari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

🔰Uzoq yillik tarixga ega teatrning mahoratli, ustoz ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan “Iymon” spektakli namoyishi yoshlar tomonidan munosib kutib olindi. Yig'ilganlar maroqli hordiq chiqarishdi.

☝️Bugun shanba. Dam olish kunlarida oilamiz bilan teatrga ham tushishni unutmaylik!

Bizni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Dayjest

🔷 Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatida oʼtgan haftaning muhim voqealari dayjesti!

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
🇺🇿 Bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari boʼyicha kengashining 46-sessiyasida nutq soʼzladi.

Bizni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Treyler #Kitob_taqdimoti #Besh_tashabbus

📚 Yoshlar ishlari agentligi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi, Yosh ijodkorlar Kengashi hamkorlar bilan birgalikda yana bir yosh ijodkorning KITOB bayramini o’tkazadi.

27-fevral kuni soat 15:00da “Yoshlar ijod saroyi”da Javlon Jovliyevning "Qo‘rqma" kitobi eksklyuziv taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

🔰Ushbu kitob o‘zimizni topish, uyg‘otish, millat uchun yashay boshlashga chorlaydi.

☝️Ishtirok etish uchun birgina ro’yxatdan o’tishingiz kifoya.

...Biz keng koinotda kichik bir zarramiz, ammo har birimiz shu kichik zarrani yorib chiqa olishga qodirmiz! Asosiysi, qo‘rqmang...

Bizni kuzatish ➡️
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Qishloqlardagi_tengdoshim

Olis "Yodgor" qishlog'ida yoshlar festivali oʼtkazildi

🔰Toʼgʼri, bu yigit-qizlar shaharda yashamaydi. Balki, qaysidir imkoniyatlari cheklangandir. Biroq, ularning orzulari, intilishlari, iqtidorlari chegara bilmaydi, hech bir tengdoshinikidan kam emas...

Yoshlar ittifoqining Qashqadaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan hududdan 90 km uzoqlikdagi "Yodgor" qishlogʼida "Yoshlar festivali" tashkil etildi. Unda tashkilotchilar, sanʼatkorlar, Qarshi garnizoni harbiy orkestr jamoasi, yoshlar yetakchilari, oʼquvchilar, mahalla yoshlari ishtirok etdi.

❇️ Tadbirda soʼzga chiqqanlar yoshlarning har biri alohida iqtidorga ega ekanligini taʼkidlab, islohotlarimiz haqida sodda va samimiy tilda tushuncha berishdi.

⚡️Kuy-qoʼshiqlar yangradi, harbiy chiqishlar namoyish etildi. Eng muhimi, yoshlar choʼl zonasida yashashiga qaramay, ularga koʼrsatilgan ushbu eʼtibordan katta motivatsiya olishdi.

Bizni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Qutlaymiz

Odiljon Tojiyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʼrinbosari boʼldi

🇺🇿 Qonunchilik palatasida Spikerning raqamli rivojlanish va axborot siyosati masalalari boʼyicha oʼrinbosari lavozimi taʼsis etildi.

Ushbu mas'uliyatli vazifaga yoshlar tashkiloti tizimida samarali mehnat qilgan Odiljon Fotixjonovich saylandi.

🔰 Spikerning yangi oʼrinbosari jamoatchilik bilan aloqalarni rivojlantirish va Parlament imidji masalalariga masʼul qilib belgilandi.

⚡️Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi Odiljon Fotixjonovichni bildirilgan yuksak ishonch bilan samimiy qutlaydi. Kelgusi faoliyatiga omad va muvaffaqiyat tilaydi.

Bizni kuzatish ➡️ t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz