O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
23.7K subscribers
19.6K photos
1.74K videos
21 files
5.59K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
"Yoshlar ta'lim granti" loyihasi doirasida 203 nafar talabaning shartnoma mablag'larining 50%igacha qismi to'lab berildi

🔰 Yoshlar ishlari agentligi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Mehrli qo'llar xayriya tashkiloti hamkorlikda "Yoshlar ta'lim granti" loyihasini e'lon qilgandi.

✔️ metsenat.uz platformasi orqali kelib tushgan 1570 ta arizalar ichidan eng munosib 203 nafar (36 nafari chin yetim, 3 nafari nogiron, 11 nafari mehribonlik uyi bitiruvchilari, 153 nafar boquvchisini yo'qotgan) talabalarga 2020-2021-o'quv yili uchun jami 475 mln 834 ming so‘m miqdorda, stipendiyasiz hisoblangan shartnoma mablag'larining 50% igacha qismi beg'araz qoplab berildi.

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi jamoasi talabalarning kelajakda yetuk kadr bo'lib, yurtimiz rivojiga hissa qo'shishiga ishonch bildiradi. O'qishlarida omad tilaydi!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Forwarded from UReportUzbBot
Xayrli kun! Yevropa Ittifoqining O'zbekistonda hamkorlik maqsadi qanday bo'lishi kerak? - mavzusida yoshlar U-Report orqali bildirgan fikrlarini o'qing - https://uzbekistan.ureport.in/story/754/
Prezident 2021-yil – “Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturini imzoladi

🔷 Avval xabar berganimizdek, 2017–2021-yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi umumxalq muhokamasiga qo'yilgandi.

📌 Umumxalq muhokamasidan so'ng, 274 banddan iborat ushbu dastur imzolandi.

Dasturga portal orqali kelib tushgan taklif va mulohazalar o'rganilib, loyihaga jami 50 ga yaqin konseptual, 100 dan ortiq aniqlashtiruvchi o'zgartirishlar kiritilgan.

Kanalni kuzatish 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sportni_sev_sport_bilan_yasha

🏂Chimyonda sportning togʼ changʼisi turi boʼyicha yoshlar, oʼsmirlar o'rtasida Oʼzbekiston chempionati boshlandi

Chempionat Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi, Sportning qishki va murakkab texnik sport turlari boʼyicha respublika oliy sport mahorati maktabi hamkorligida tashkil etilmoqda.

⚡️Rolik ushbu sport turini yoshlar orasida keng targʼib qilish maqsadida tayyorlangan.

☝️Chempionat 7-fevralga qadar davom etadi.

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Prezident_yoshlar_haqida

Shavkat Mirziyoyev: "Hayot — kurash, raqobat. Bu kurashda kim kuchli boʼladi? Аqlli, bilimli, mehnat qilgan"

— Har bir yoshni ota-onasi qanday qaygʼursa, men ham shunday qaygʼuraman. Hayot — kurash, raqobat. Bu kurashda kim kuchli boʼladi? Аqlli, bilimli, mehnat qilgan. Bugun yoshlar davlatimizning eʼtiborini his etishi, koʼp oʼqib, kun sayin bilimini oshirib, rivojlanishda davom etishi kerak, — dedi davlatimiz rahbari.

Oltiariq tumanidagi “Fayzli bogʼlar sari” uzumchilik kooperatsiyasidagi suhbatdan.

☝️Tashrif davomida yerlarni ajratib berish orqali Fargʼona viloyatida 200 ming nafar yoshning bandligini taʼminlash boʼyicha koʼrsatma berildi.

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Photo
#Yoshlar_siyosati_amalda #Besh_tashabbus

Oʼzbekiston yoshlar ittifoqining “Kitob karvoni” olis manzillar sari yoʼlga chiqdi

5 muhim tashabbus hamda Yoshlar yetakchilari oyligi doirasida yoshlar o'rtasida kitobxonlik ko'nikmasini shakllantirish maqsadida “Kitob karvoni” loyihasi tashkil etildi. Karvon tashkilotning Markaziy Kengashi binosi oldidan yoʼlga chiqdi.

📚Ushbu loyiha doirasida chekka tumanlardagi umumiy oʼrta taʼlim maktablariga minglab badiiy kitoblar yetkazish rejalashtirilgan. Bugun Toshkent viloyatiga yoʼlga chiqqan karvonni oʼquvchilar bayram qilib kutib olishdi. Jarayonlarni kuzatarkanmiz, bolalarga eng yaxshi sovgʼa kitob ekanligiga yana bir bor amin boʼldik.

🔷 Karvondagi 6 ming badiiy kitob mutolaadan so'ng, minglab oʼquvchilarning dunyoqarashini oʼzgartirishi shubhasiz.

Endilikda ushbu kitoblar doirasida oʼquvchilar «Kitob taqdimoti», «Kitob haftaligi», «Men sevgan adib» kabi tadbirlar, intellektual oʼyinlarni oʼtkazishadi.

Ayni damda ziyo karvoni Sirdaryo, Jizzax viloyatlarining olis qishloqlari sari yoʼl oldi.

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Forwarded from Oliy Majlis Senati
Сенатор “Мотиватор” шиори остидаги форумда иштирок этди
https://senat.uz/uz/lists/view/2360

Сенатор принял участие в форуме под девизом «Мотиватор»
https://senat.uz/ru/lists/view/2360

👉 Каналга уланиш: https://t.iss.one/senatuz

senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OАV_biz_haqimizda

🔰 Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan oʼtkazilayotgan "Kitob karvoni” loyihasi “Oʼzbekiston24” ijodkorlari nigohida.

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Тайёргарликсиз сўзга чиққан ёшлар етакчиси Фарғона шаҳар ҳокимининг биринчи ўринбосари бўлди

📍https://uza.uz/posts/239283

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | Twitter