O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
18.1K subscribers
19.3K photos
1.59K videos
21 files
5.28K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
#Tayinlov

🔷 Ismoilova Kamola To‘lqin qizi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qoshidagi “Yetakchi” yoshlar markazi NNT direktori lavozimiga tayinlandi.

К.Ismoilova bugunga qadar “Yoshlar turizm agentligi” MChJ direktori v.b. lavozimida ishlab kelgan.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi Kamola To‘lqin qizining faoliyatiga muvaffaqiyat va omad tilaydi.

Kanalni kuzatish 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Forwarded from Yosh fermerlar
🧑🏻‍🌾👩🏻‍🌾 Qadrli do'stlar,

🧾 Mamlakatimizda yosh fermerlarning
faoliyatida uchrayotgan muammo va to‘siqlarga barham berish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan zaruriy tadbirlar yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida yosh fermer va agrar sohadagi faoliyatga qiziquvchi yoshlar uchun so'rovnoma ishlab chiqildi.

Barcha yoshlardan ushbu so'rovnomada faol ishtirok etishlarini so'rab qolamiz.
Sizning javoblaringiz mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.

So'rovnoma anonim bo‘lib, unda familiya va ismingizni ko'rsatishingiz talab etilmaydi.

So'rovnomani to'ldirish uchun quyidagi havolaga o'ting:

👉 https://bit.ly/35NcqEq

So'rovnomadagi ishtirokingiz uchun Sizga minnatdorchilik bildiramiz!

Yosh fermerlar ijtimoiy tarmoqlarda👇
Web | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Prezident_tashabbusi_amalda

Navoiyda “Navoiyni anglaymiz” mobil ilovasi taqdimot qilindi

🔷 Yoshlar markazida bir guruh yoshlar tashabbusi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi ko’magida Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

📚 Tadbirda Navoiy viloyat Ittifoq sardori Lobarxon Jalolovaning ikkinchi mualliflik kitobi — “Chin g‘azal bo‘stoni ichra…” metodik qo‘llanmasi keng jamoatchilikka taqdim etildi.

📱Shuningdek, UzRoboUp jamoasi bilan hamkorlikda yaratilgan “Navoiyni anglaymiz” mobil ilovasi taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

💥 Navoiylik yoshlar Prezident tashabbusi ijrosini birinchilardan bo‘lib keng ommaga taqdim etdi. Olimlar, pedagoglar, o‘quvchi-yoshlar ilovani yanada boyitish bo’yicha takliflarini bildirishdi. Eng muhumi, ushbu harakat yoshlar orasida Hazrat Navoiyni anglashda qo’l kelishi ta’kidlandi.

Kanalni kuzatish 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Tayinlov

🔷 Raximov Suxrobbek Raximovich
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi “Yoshlar turizm agentligi” MChJ direktori lavozimiga tayinlandi.

📌 S.Raximov bugungi kunga qadar "Yoshlar — kelajagimiz" jamg'armasida mas'ul vazifalarda, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi apparati Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. Tashabbuskor, xorijiy tillar va tajribani o'zlashtirgan, yoshlar bilan ishlash malakasiga ega.

Yoshlar turizmini rivojlantirish, mamlakatimizning turistik salohiyatini tanitishda O’zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi Suxrobbek Raximovichning faoliyatiga muvaffaqiyat va omad tilaydi.

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Fotoreportaj

🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev buxorolik yosh dasturchilar bilan uchrashdi

🔷 Buxoro azaldan ilm-fan markazi boʼlgan. Bugun ham bilimli, intiluvchan yoshlar koʼp. Buxoroning IT sohasi boʼyicha brendini yaratish kerak. Buning uchun barcha narsa – sharoit, resurs, intellekt bor.

Shavkat Mirziyoyev,
O'zbekiston Pespublikasi Prezident
i

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Photo
🔷 Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida maxsus o'quv tashkil etildi

Xabaringiz bor, mamlakatimizda Prezident Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini anglashga bagʼishlangan tadbirlar boshlangan. Yagona maqsad — tarixiy hujjat mohiyatini davlat xizmatchilari orqali xalqimizga, ayniqcha yoshlarga yetkazish va ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy jihatdan himoyalanganligini toʼlaqonli anglab yetgan xalqning kayfiyati koʼtarish, turmushini yaxshilashga erishishdir.

🔷 Shunday tadbirlardan biri Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida boʼldi. Unda apparat rahbariyati, mas'ul xodimlari, Toshkent davlat yuridik universiteti vakillari ishtirok etdi.

Seminarda hujjatda belgilab oʼtilgan masalalar, amalga oshirilishi lozim boʼlgan ishlar, shuningdek, bu saʼy-harakatlarning ijobiy samarasi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

🔰Muloqot ochiq, samimiy ruhda oʼtdi. Yoshlarga oid qator masalalar muhokama qilindi. Endilikda xodimlar joylarga chiqib, yoshlarga Murojaatnomaning mazmun-mohiyatini yetkazish, dunyoqarashini, turmush-tarzini oʼzgartirishni rejalashtirishdi.

☝️Tizimda bunday oʼquvlar respublika boʼylab davom etmoqda.

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Prezident_yoshlar_haqida

"Yoshlarda juda koʼp gʼoya, intilish bor. Ularga sharoit yaratib, yelkadosh boʼlsak, ular juda katta kuch, qudrat, imkoniyat va kelajak egasi boʼladi".

☝️ Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasidagi nutqidan.

Shuningdek, davlatimiz rahbari joriy yilda Buxoroda Prezident maktabi faoliyat boshlashi, matematika, axborot texnologiyalari, kimyo-biologiya va fizikaga ixtisoslashgan 16 ta maktab tashkil etilishi hamda 18 ta maktabni rekonstruksiya qilish belgilanganini ham taʼkidlab oʼtdi.

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlar uchun grant va subsidiyalar qay tarzda ajratilishini bilasizmi?

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlashga oid qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

🔰 Loyihada keltirilishicha, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan grant va subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi. Batafsil ushbu havola orqali tanishish imkoniga egasiz.

🔸 Loyiha yuzasidan o'z fikrlaringizni regulation.uz platformasida qoldirishingiz mumkin.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент: Бугун кечагидек яшашга ҳаққимиз йўқ - уйғониш керак, ҳаммамиз бирлашишимиз керак

Президент: У нас нет права жить как раньше - всем нам нужно проснуться, объединиться

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Qutlaymiz

⚡️ Fargʼonalik muallimaning fan olimpiadasida qatnashgan 9 nafar oʼquvchisi ham gʼolib boʼldi

Tajribali pedagog, informatika fani oʼqituvchisi Odinaxon Yoʼldoshevaning oʼquvchilari har yilgi fan olimpiadalarida viloyat va respublika bosqichlarida gʼoliblikni qoʼlga kiritib keladi.

🔷 Bu yil ham Fargʼona viloyatida muallima olimpiadaga olib chiqqan barcha oʼquvchilari respublika bosqichiga chiqdi.

Jamoamiz bilan pedagogni qutlab, yosh bilimdonlarga olimpiadaning respublika bosqichida omad tilaymiz.

Kanalni kuzatish 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Yoshlar_siyosati_amalda

Buxoroda lider va yosh liderlar uchrashuvi: Har birimiz oʼz kelajagimizni oʼzimiz yaratamiz!

🔷 Bugun Buxoro shahridagi Yoshlar markazi gavjum boʼldi. Markazda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamkorligida "Kelajak liderlari" mavzusida muloqot tashkil etildi.

Unda yoshlar, harbiy xizmatchilar, korxona, idoralardagi yosh davlat xizmatchilari, talabalar hamda yosh liderlar ishtirok etdi.

Muloqotni "Liderlar" guruhlari asoschisi, liderlar uchun maxsus qoʼllanma muallifi Otabek Xasanov interaktiv usulda olib bordi.

— Har birimizda imkon bor. Qayerda yoki qanday oilada tugʼilganimiz muhim emas, balki qanday yoʼlni tanlashimiz muhim. Hurmatli Liderlar har birimiz oʼz kelajagimizni oʼzimiz yaratamiz, — dedi spiker. — Oʼzni qiynab bilim olish, mehnat qilish — barchasi bir boʼlib insonni xalq ichida lider sifatida shakllanishiga yoʼl ochadi.

☝️
Batafsil

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dayjest #Yoshlar_ittifoqi

🔰O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatida o‘tgan haftaning muhim voqealari dayjesti.

Kanalni kuzatish 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz