O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
13.4K subscribers
19.2K photos
1.58K videos
21 files
5.23K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
#Yoshlar_siyosati

Davlat boshqaruvi akademiyasida yoshlar tarbiyasiga masʼullar uchun maxsus oʼquv-seminar boʼlib oʼtmoqda

Davlat boshqaruvi akademiyasida Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda "Yoshlar forumi"da belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan yoshlar tarbiyasiga masʼullar uchun maxsus oʼquv-seminar boshlandi.

🔷 Seminar Yoshlar ishlari agentligi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda vazirlik, idoralar rahbarlari, hokimlarning Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʼyicha oʼrinbosarlari, Yoshlar ishlari agentligi hamda Yoshlar ittifoqining hududiy rahbarlari ishtirok etmoqda.

☝️Seminarda Murojaatnoma hamda “Yoshlar forumi”da belgilab berilgan muhim vazifalarning ijrosini taʼminlash, yoshlar uchun tizimli, maqsadli mexanizmlarni ishga tushirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Bizning kanal 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Qulaylik

🇺🇿 Aziz yoshlar, biometrik pasportlaringizni ID-kartaga almashtirish uchun onlayn ariza topshirishingiz mumkin.

Ham vaqtingizni, ham mablagʼingizni tejash maqsadida yagona portal (my.gov.uz) orqali biometrik pasportni ID-kartaga almashtirish uchun ariza topshirish imkoni yaratildi.

Bu haqda Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi axborot xizmati xabar berdi(video).

Eslatib oʼtamiz, ayni damda biopasportlarni ID-kartaga almashtirish jarayoni boshlangan.

👉 Xizmatdan foydalanish uchun ushbu havolaga oʼtishingiz mumkin.

Bizning kanal 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Yoshlar_siyosati_amalda

Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi raisi "Yoshlar forumi"da Prezident tomonidan taʼkidlangan baʼzi loyihalarning amalga oshirish mexanizmini taqdimot qildi

🔷 Xabaringiz bor, ayni damda DBАda yoshlar tarbiyasiga masʼul rahbarlar uchun maxsus respublika oʼquv-seminari boʼlib o'tmoqda. Prezident Murojaatnomasi va "Yoshlar forumi"da belgilab berilgan vazifalar yuzasidan 2021-yilda oʼtkaziladigan loyiha va tanlovlarni oʼtkazilish tartibi tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarning rahbarlari tomonidan atroflicha muhokama qilinmoqda.

Jumladan, bugun Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Akmal Jumaboyev ham taqdimot qilib, "Yilning eng yaxshi yoshlar yetakchisi", "Yil sardori", "Kamalak yulduzlari" tanlov va festivallarini oʼtkazish boʼyicha birlamchi chora-tadbirlar rejasini muhokamaga qo'ydi.

👉 Quyida ushbu tanlov va festivallarning amalga oshirish mexanizmlari bilan tanishishingiz mumkin.

Bizning kanal 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_siyosati

“El-yurt umidi” jamgʼarmasi taqdim etadi

❇️ Аgar siz mamlakat ilm-faniga innovatsion gʼoyalar va texnologiyalar olib kirish hamda uni raqamli asosda qayta shakllantirishni oʼz oldiga maqsad qilib qoʼygan mutaxassis boʼlsangiz – bu imkoniyat aynan siz uchun!

Hujjatlar 2021-yil 20-yanvardan - 20-fevralga qadar onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.

📌 Saralash bosqichlari 2021-yil 20-fevraldan - 20 martga qadar davom etadi.

Qoʼshimcha maʼlumotlar “El-yurt umidi” jamgʼarmasining www.eyuf.uz saytida.

Bizning kanal 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz