O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
13.4K subscribers
19.2K photos
1.58K videos
21 files
5.23K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
Yangi yilda andijonlik 60 ta yosh oilaning orzusi ushaldi

Аndijon shahri "Mustaqillik" koʼchasida barpo etilgan xonadonlar turli sohalarda muvaffaqiyatlarga erishayotgan 6o ta yosh oilaga tantanali topshirildi.

🔷 Unda Аndijon viloyati hokimi Shuhratbek Аbdurahmonov ishtirok etib, mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ularga keng imkoniyatlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng koʼlamli ishlar xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirdi.

Ushbu ustuvor vazifa kelgusi «Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da ham izchil davom etadi. Bu boradagi harakatlarning barchasi ertangi kunimiz egalari, kelajagimiz poydevori, umidi hamda ishonchi boʼlgan yoshlar uchun ekanligiga eʼtiborni qaratdi.

«Yoshlar uylari» 20 yil muddatga imtiyozli ipoteka krediti asosida berildi. Uylar yosh oilalarga Yangi yilda munosib sovgʼa boʼldi.

Bizning kanal 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Fotoreportaj: Koʼngildan boshlangan ezgulik bolajonlarga quvonch bag'ishladi

Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi, viloyat sektorlari, Yoshlar ishlari agentligi hamkorlikda mehr, eʼtibor va gʼamxoʼrlik kutayotgan imkoniyati va iqtidori chegarasiz yoshlardan "Qorboboga xat" loyihasi doirasida xabar olishdi.

🤲 Bolalarning uyiga Qorbobo kirib borib, ularning maktublarida yozgan orzularini ijobat qildi.

Yangi yil bir guruh bolajonlarning orzusini amalga oshirdi. "Qorboboga xat" loyihasi respublika boʼylab davom etmoqda.

Bizning kanal 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Yoshlar_siyosati

Davlat boshqaruvi akademiyasida yoshlar tarbiyasiga masʼullar uchun maxsus oʼquv-seminar boʼlib oʼtmoqda

Davlat boshqaruvi akademiyasida Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda "Yoshlar forumi"da belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan yoshlar tarbiyasiga masʼullar uchun maxsus oʼquv-seminar boshlandi.

🔷 Seminar Yoshlar ishlari agentligi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda vazirlik, idoralar rahbarlari, hokimlarning Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʼyicha oʼrinbosarlari, Yoshlar ishlari agentligi hamda Yoshlar ittifoqining hududiy rahbarlari ishtirok etmoqda.

☝️Seminarda Murojaatnoma hamda “Yoshlar forumi”da belgilab berilgan muhim vazifalarning ijrosini taʼminlash, yoshlar uchun tizimli, maqsadli mexanizmlarni ishga tushirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Bizning kanal 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Qulaylik

🇺🇿 Aziz yoshlar, biometrik pasportlaringizni ID-kartaga almashtirish uchun onlayn ariza topshirishingiz mumkin.

Ham vaqtingizni, ham mablagʼingizni tejash maqsadida yagona portal (my.gov.uz) orqali biometrik pasportni ID-kartaga almashtirish uchun ariza topshirish imkoni yaratildi.

Bu haqda Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi axborot xizmati xabar berdi(video).

Eslatib oʼtamiz, ayni damda biopasportlarni ID-kartaga almashtirish jarayoni boshlangan.

👉 Xizmatdan foydalanish uchun ushbu havolaga oʼtishingiz mumkin.

Bizning kanal 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Yoshlar_siyosati_amalda

Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi raisi "Yoshlar forumi"da Prezident tomonidan taʼkidlangan baʼzi loyihalarning amalga oshirish mexanizmini taqdimot qildi

🔷 Xabaringiz bor, ayni damda DBАda yoshlar tarbiyasiga masʼul rahbarlar uchun maxsus respublika oʼquv-seminari boʼlib o'tmoqda. Prezident Murojaatnomasi va "Yoshlar forumi"da belgilab berilgan vazifalar yuzasidan 2021-yilda oʼtkaziladigan loyiha va tanlovlarni oʼtkazilish tartibi tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarning rahbarlari tomonidan atroflicha muhokama qilinmoqda.

Jumladan, bugun Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Akmal Jumaboyev ham taqdimot qilib, "Yilning eng yaxshi yoshlar yetakchisi", "Yil sardori", "Kamalak yulduzlari" tanlov va festivallarini oʼtkazish boʼyicha birlamchi chora-tadbirlar rejasini muhokamaga qo'ydi.

👉 Quyida ushbu tanlov va festivallarning amalga oshirish mexanizmlari bilan tanishishingiz mumkin.

Bizning kanal 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz