O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
14.4K subscribers
19.2K photos
1.59K videos
21 files
5.26K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
#Tabrik

Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Аkmal Jumaboyevning yoshlarga Yangi yil tabrigi

Qadrli yoshlar!

🔷 Siz va Siz orqali oila aʼzolaringizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy qutlayman.

❇️ Oʼtayotgan yil yoshlar hayotida unutilmas, shu bilan birga sinovli yil boʼldi. Prezidentimiz tomonlaridan eng katta boylik, bebaho xazina egalariga qator imkoniyatlar yaratildi. Bu anʼananing 2021-yilda ham davom etishi bizni quvontiradi.

Prezidentimiz Yoshlar forumida “Oʼgʼil-qizlarimizning yonib turgan koʼzlarida ulkan azmu shijoatni, bilimga tashnalik va yangilikka intilishni koʼrib, yanada ruhlandim va ulardan kuch oldim”, deb taʼkidlaganlarida ham yuksak maʼno mujassam.

Shuningdek, Parlamentga Murojaatnomalarida aytganlaridek, Yangi Oʼzbekiston Siz kabi bilimli va bunyodkor yoshlar bilan birgalikda barpo etiladi.

🔰Siz uchun atalgan yangi yilda shaxsiy rivojlanish va muvaffaqiyat tilayman. Kurashlarda faqat gʼalaba hamroh boʼlsin!

Bizning kanal 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#YangiYilMuborak

🇺🇿 Respublika "Kamalak" bolalar tashkiloti jamoasi barchani kirib kelgan yangi 2021-yil bilan chin dildan muborakbod etadi.

Yangi yil sizlarga baxt, quvonch, saodat va barokat olib kelsin. Mustahkam sog'lik va tinchlik-totuvlik sizlarga doim hamroh bo'lsin.

2021-yilda qo'ygan maqsadlaringizga yetishingizni chin dildan tilab qolamiz. O'qishlaringizda muvaffaqiyat, faoliyatingizda esa omad va zafarlar tilaymiz.

Yangi yilingiz muborak bo'lsin!

🔆 @Kamalakbt_uz
11-yanvardan barcha OTMlar an’anaviy ta’limga qaytadi

Barcha OTMlar tomonidan o‘quv jarayonini an’anaviy tarzda boshlash bo‘yicha grafik ishlab chiqilgan. Grafik asosida 2021-yil 11-yanvardan barcha OTMlarning tegishli kurslarida o‘quv jarayoni an’anaviy shaklda boshlanadi.

🔷 Ayrim betob yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarning o‘qishlari onlayn shaklda davom ettirilishi mumkin.

Bu holatda OTMlar talabalarning sharoitlarini o‘rganib chiqadi. Barcha imkoniyatlari mavjud bo‘lgan talabalar an’anaviy ta’limga to‘liq jalb etiladi.

☝️Haftalik o‘quv kunlari o‘quv rejasidagi haftalik yuklamalar asosida belgilanadi. O‘quv rejalaridagi fanlarga ajratilgan haftalik yuklamadan kelib chiqilsa, haftalik o‘quv kuni 5-6 kunga to‘g‘ri keladi. Bunda talabalarning kunlik yuklamasi ham oshib ketmasligi lozim.

Bizning kanal 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Fevraldan ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshadi, toʼlov-kontrakt miqdori esa oʼzgarmaydi

Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi ma'lumotiga ko'ra, 2021-yil 1-fevraldan boshlab respublikamizda ish haqi va stipendiyalar miqdorlari 10 foizga oshirilishi belgilandi.

🔷 Pandemiya sharoitida respublika aholisining toʼlov qobiliyati pasayganligini hisobga olib, farzandi davlat oliy taʼlim muassasalarida toʼlov-kontrakt asosida oʼqiyotgan oilalarga yengillik yaratish va ularni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash maqsadida joriy oʼquv yilidagi amaldagi toʼlov-kontrakt miqdorlari oʼzgarishsiz saqlab qolinadi.

Bizning kanal 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xorazm viloyati Kengashi yil yoshlarini taqdirladi

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi har yili an'anaviy tarzda vohadagi iqtidorli, tashabbuskor, e'tirofga loyiq va jamiyatda o'z o'rnini topgan va topayotgan yoshlarga motivatsiya berish maqsadida "Yil e'tirofi" mukofotini topshirib kelmoqda.

Ushbu mukofot bilan hamkor tashkilotlar va homiylar ham taqdirlanadi.

Bu yilgi taqdirlash marosimida ham 18 ta nominatsiya bo'yicha bir guruh yoshlar taqdirlandi.

🔷 Yillik faoliyati e’tirof etilgan yoshlar, hamkorlar, homiylar haqida lavhada batafsil tomosha qilishingiz mumkin.

Bizning kanal 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Yangi yilda andijonlik 60 ta yosh oilaning orzusi ushaldi

Аndijon shahri "Mustaqillik" koʼchasida barpo etilgan xonadonlar turli sohalarda muvaffaqiyatlarga erishayotgan 6o ta yosh oilaga tantanali topshirildi.

🔷 Unda Аndijon viloyati hokimi Shuhratbek Аbdurahmonov ishtirok etib, mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ularga keng imkoniyatlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng koʼlamli ishlar xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirdi.

Ushbu ustuvor vazifa kelgusi «Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da ham izchil davom etadi. Bu boradagi harakatlarning barchasi ertangi kunimiz egalari, kelajagimiz poydevori, umidi hamda ishonchi boʼlgan yoshlar uchun ekanligiga eʼtiborni qaratdi.

«Yoshlar uylari» 20 yil muddatga imtiyozli ipoteka krediti asosida berildi. Uylar yosh oilalarga Yangi yilda munosib sovgʼa boʼldi.

Bizning kanal 👉 t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Fotoreportaj: Koʼngildan boshlangan ezgulik bolajonlarga quvonch bag'ishladi

Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi, viloyat sektorlari, Yoshlar ishlari agentligi hamkorlikda mehr, eʼtibor va gʼamxoʼrlik kutayotgan imkoniyati va iqtidori chegarasiz yoshlardan "Qorboboga xat" loyihasi doirasida xabar olishdi.

🤲 Bolalarning uyiga Qorbobo kirib borib, ularning maktublarida yozgan orzularini ijobat qildi.

Yangi yil bir guruh bolajonlarning orzusini amalga oshirdi. "Qorboboga xat" loyihasi respublika boʼylab davom etmoqda.

Bizning kanal 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Yoshlar_siyosati

Davlat boshqaruvi akademiyasida yoshlar tarbiyasiga masʼullar uchun maxsus oʼquv-seminar boʼlib oʼtmoqda

Davlat boshqaruvi akademiyasida Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda "Yoshlar forumi"da belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan yoshlar tarbiyasiga masʼullar uchun maxsus oʼquv-seminar boshlandi.

🔷 Seminar Yoshlar ishlari agentligi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda vazirlik, idoralar rahbarlari, hokimlarning Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʼyicha oʼrinbosarlari, Yoshlar ishlari agentligi hamda Yoshlar ittifoqining hududiy rahbarlari ishtirok etmoqda.

☝️Seminarda Murojaatnoma hamda “Yoshlar forumi”da belgilab berilgan muhim vazifalarning ijrosini taʼminlash, yoshlar uchun tizimli, maqsadli mexanizmlarni ishga tushirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Bizning kanal 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz