O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
13.5K subscribers
19.2K photos
1.59K videos
21 files
5.25K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
#Angrenda_PressTUR #Motivatsiya #Birinchi_tashrif

🔷 Bugun Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi, Аngren shahar hokimligi hamkorligida oʼtkazilgan “Yoshlar — kelajak bunyodkori” festivali doirasida PRESS-TUR tashkil etildi.

Festival oʼz ichiga qator uchrashuvlar, loyihalar va tadbirlarni qamrab oldi. Kun davomida Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Аkmal Jumaboyev hamda Аngren shahar hokimi Shukurullo Maxmudov yoshlar bilan muloqotda bo'ldi.

Dastlab Аngren shahar 9-sonli musiqa va sanʼat maktabida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda shahardagi masʼul tashkilotlar rahbarlari, yoshlar, sardorlar, Yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

🔷 Muloqot davomida yoshlarning bandlik, АKT, sport, ijtimoiy va media sohasiga aloqador taklif va muammolari qabul qilindi. Ijrosini ta'minlash bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Samimiy, ochiq va ko'tarinki ruhda o'tgan uchrashuv so'nggida yoshlarga badiiy kitoblar taqdim qilindi.

Bizning kanal 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Angrenda_PressTUR #Ikkinchi_tashrif

163 nafar bola, 163 ta taqdir

Bugun samimiy ruhda oʼtgan ochiq muloqotdan soʼng, Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi va shahar hokimi hududdagi 9-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashgan yordamchi maktabda boʼlishdi. Jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar uchun moʼljallangan maktabda ayni damda 163 nafar oʼquvchi tahsil oladi.

🔷 Lekin bolalar bilan suhbat jarayonida oydinlashdiki, ularning orzulari koʼp. Baʼzilari sport, baʼzilari sheʼriyat, baʼzilari esa tikuvchilik bilan shugʼullanmoqda. Ular uchun yaxshi sharoitlar yaratib berilgan.

Bolalarga ozgina boʼlsada, mehr va quvonch ulashish maqsadida homiylar koʼmagida yangi yil sovgʼalari ulashildi. Mehmonlar oʼquvchilar bilan birga mashgʼulotlarda ishtirok etdi. Yoshlar ittifoqi tikuvchilikni oʼzlashtirayotgan qizlarga yangi tikuv mashinasini hadya qildi.

Ozmi-koʼpmi, ushbu tashrifdan bolalarning koʼngli koʼtarildi.

Bizning kanal 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Photo
#Angrenda_PressTUR #Uchinchi_tashrif

🔷 Аngrenda tashkil etilgan festival doirasida “Jajji qalbing mehrga toʼlsin, bolajon” nomli bayram boʼldi. Tadbir hududdagi barcha umumiy oʼrta taʼlim maktablarining ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan oʼquvchilari uchun tashkil etildi.

Bolalik, vatanni ulugʼlovсhi kuy-qoʼshiqlar yangradi. Davrada qorbobo-qorqiz ishtirok etib, yigʼilgan bolajonlarga quvonch ulashdi.

Shundan soʼng, uyda taʼlim olayotgan, himoyaga muhtoj bir qator yoshlar xonadonlariga borildi.

Tugʼma yurak nuqsoni sabab uyda taʼlim olayotgan Zulayxo Baxtiyorovaga tikuvchilikni oʼrganayotganligi sababli tikuv mashinasi, bolaligidan DTSP bilan ogʼrigan Abdumoʼmin Kamolovga kompyuter, “qoʼl-oyoq chuloqligi” tashxisi bilan tugʼilgan Kamola Sirojiddinovaga esa televizor hadya qilindi. Bu yoshlarning ham oʼz orzulari bor. Biri tikuv sexi ochmoqchi, biri yaxshi psixolog, biri esa dasturchi boʼlishni niyat qilgan.

Yoshlar ittifoqi ushbu tadbirni tashkil etishda koʼmaklashgan shahar hokimligi va homiylarga minnatdorlik bildiradi.

Bu kabi festivallar respublika boʼylab davom etmoqda.

Bizning kanal 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Navoiyda hokim o’rnini "Yosh hokimlar" egalladi!

Navoiy viloyat hokimi Qobiljon Tursunov "Yoshlar festivali" doirasida "Yoshlar parlamenti" aʼzolari, viloyat Sardorlar Kengashi vakillari, yoshlar yetakchilari hamda bir guruh koʼngillilar bilan uchrashdi.

🔷 Noodatiy tarzda kechgan uchrashuvda hokim yoshlarga hokimlik mas'uliyatini his etish imkonini berdi. Yoshlarga bu lavozimning, yuksak ishonchning masʼuliyati, ogʼir-yengilini toʼla his etishlari uchun xizmat kursisini "bo'shatdi".

"Yosh hokimlar" Q. Tursunovdan hayoti, ish faoliyati, xalq bilan muloqot qilish toʼgʼrisida oʼzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

"Men hokim bo'laman" loyihasi yoshlarda nafaqat kuchli ishtiyoq, balki oldga aniq va katta maqsad qo'yishlariga zamin yaratdi.

Bizning kanal 👉
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz