O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
18.1K subscribers
19.3K photos
1.59K videos
21 files
5.28K links
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

www.yoshlarittifoqi.uz
facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
instagram.com/yoshlarittifoqi.uz

📞 Ishonch raqami:

📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hukumat_va_yoshlar

🔷 Fargʼona shahrida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish maqsadida qator tadbirlar oʼtkazildi.

Islom Karimov nomidagi teatr va konsert saroyi maydonida yoshlar oʼrtasida “Sogʼlom hayot sari 5000 qadam” hamda ommaviy badantarbiya mashgʼulotlari oʼtkazildi.
Hududdagi ishsiz yoshlar bandligini taʼminlashga qaratilgan “Maxsus mehnat yarmarkasi” boʼlib oʼtdi.
Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish maqsadida “Yoshlar teatr studiyasi”ning “Oq terak” nomli spektakli nomoyish etildi.
Yoshlarda vatanparvarlik tuygʼusini shakllantirishga qaratilgan “Harbiy chiqishlar” koʼrgazmasi tashkil etildi.
Yoshlarni tadbirkorlikka yoʼnaltirishga qaratilgan “Bank va yoshlar” uchrashuvi boʼlib oʼtdi.
“Hokim kubogi” futbol musobaqasi oʼtkazildi.
Iste'dodli ijodkorlar bilan yoshlarning uchrashuvlari tashkil etildi.

☝️ Аksiya, loyiha va tadbirlarda 5800 nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi. Lavhada batafsil.

Bizning kanal
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
E’lon!

🇺🇿Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan bugun, 15:00da “Qonun ijodkorligi jarayonida yoshlarning oʼrni” mavzusida “Yoshlar press-klubi”ning maxsus sessiyasi bo’lib o’tadi.

Bizning kanal
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Istalgan dori vositasi narxini uydan chiqmasdan turib bilib oling!

🔸O'zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan referent narxi shakllantirilgan dori vositalari narxi to'grisida ma’lumot beruvchi maxsus axborot tizimi — @dorinarx_bot ishlab chiqildi.

🔹Shuningdek, iste’molchilarda axborot tizimi ma’lumotlari asosida dori vositasini dorixonalarda sotilayotgan joriy narx bilan solishtirish, tafovut aniqlansa, Agentlikka to'gridan-to'gri murojaat qilish imkoniyati mavjud(ma’lumotlar bazasi doimiy ravishda yangilab boriladi).

Bizning kanal t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Xalqaro_kun #Xushxabar

O'zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi davlat ro'yxatidan o'tkazildi

📌 1985-yil 17-dekabr kuni BMT tomonidan 5-dekabr — Xalqaro volontyorlar kuni deb eʼlon qilingan.

BMTga aʼzo davlatlarga ushbu kunni keng nishonlash, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish yoʼlida koʼngilli ravishda ish boshlagan volontyorlar xizmatini qoʼllab-quvvatlash, ularning safini kengaytirishga koʼmaklashish tavsiya etiladi.

ℹ️ Maʼlumotlarga koʼra, 2019-yilda dunyoning turli mamlakatlarida 8282 nafar koʼngilli volontyor jalb qilingan.

♻️ Oʼzbekistonda ham pandemiyaga qarshi kurashish paytida Yoshlar ittifoqi atrofida birlashgan minglab volontyorlar oʼzining munosib hissasini qoʼshdi.

🔷 Bugun, sana munosabati bilan O'zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro'yxatidan o'tkazildi.

Bizning kanal
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Бугун соат 20:20 да “O‘zbekiston 24” телеканали ҳамда Президент матбуот хизматининг Facebook ва Youtube'даги расмий саҳифаларида "Қанотимсан...Қорабайир ривояти" ҳужжатли фильмини томоша қилинг.

Фильмда Президент ташаббуси билан қорабайир зотини тиклаш ва кўпайтириш бўйича қилинаётган ишлар натижалари билан танишасиз.

Смотрите сегодня, в 20:20, документальный фильм "Крылья мои... Сказ о Карабаире" на телеканале “O‘zbekiston 24” и официальных страницах пресс-службы Президента в Facebook и Youtube.

В фильме рассказывается о результатах проводимой по инициативе Президента работы по восстановлению и разведению карабаирской породы лошадей.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔷 O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatidagi muhim voqealar dayjesti

Boshlangan yangi ish va o’qish haftangiz omadli, barokatli o’tsin.

Bizning kanal t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Tayinlov

Sa’dullayev Ziyodullo Fayzullo o‘g‘li O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi apparati Boshlang‘ich tashkilot yetakchilari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

🔷 Z.Sa’dullayev bugungi kunga qadar tashkilotning Toshkent shahar Kengashi raisi lavozimida ishlab kelgan. Salohiyatli, yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi Z.Sa’dullayev faoliyatiga omad va muvaffaqiyat tilaydi.

Bizning kanal t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Konstitutsiya_va_yoshlar

🇺🇿 Bosh qonunimiz bizning nafaqat huquq va erkinliklarimiz kafolati, balki davlat va jamiyat oldidagi burchimizni ham belgilab beruvchi asosiy qomusimizdir.

🔷 Ayniqsa, yoshlarimizning kuchli, bilimli, dono va baxtli avlod bo‘lib yashashini ta’minlashda Konstitutsiyamiz asosiy hujjat bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bizning kanal t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
Yoshlar davlat xizmatlarini koʼrsatishda koʼmaklashadi

🔷 Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengashi hamda Davlat xizmatlari agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi oʼrtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Endilikda yoshlar davlat xizmatlarini koʼrsatishda sohaga koʼmaklashadi.

Bizning kanal t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Savodxonlik_testi

🔷 Kanalimizning hammabop, qiziqarli boʼlishi uchun xilma-xil ruknlardan foydalanib kelyapmiz. Bugun yana bir ruknni eʼlon qilamiz.
#Savodxonlik_testi

Аslida tilimizga hurmat – xalqimizga boʼlgan hurmatimizdir. Har kun kanalimiz orqali maʼlum bir soʼzning toʼgʼri yozilishi boʼyicha test eʼlon qilib boramiz. Testning toʼgʼri javobi shu zahoti koʼrsatiladi. Ushbu testlar nafaqat yoshlar, balki davlat xizmatchilari, ota-onalar uchun ham as qotishi mumkin.

Qani, boshladik unda...

Bizning kanal
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
#Tayinlov

Anvarov Shukurulloxon Maxsudxon o‘g‘li O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi raisi lavozimiga saylandi.

🔷 Sh.Аnvarov 1994-yili Toshkent shahrida tugʼilgan. Oʼzbekiston Milliy universitetining magistratura bosqichini tamomlagan. Faoliyatini Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchiligidan boshlagan. Liderlik qobiliyatiga ega, yoshlar bilan ishlash tajribasini o'zlashtirgan.

Sh.Anvarov bugunga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi apparati Boshlang‘ich tashkilot yetakchilari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Yoshlar ittifoqi jamoasi Shukurulloxon Maxsudxon o‘g‘liga poytaxt yoshlari manfaatini himoya qilishda kuch-quvvat, omad va muvaffaqiyat tilaydi.

Bizning kanal
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz
🔷 “ImkonLab”: tajriba o’zini oqladi!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va UNICEF hamkorligida tashkil etilgan “ImkonLab” loyihasi ishtirokchilari uchun Toshkentda maxsus dastur tashkil etildi.

Uchrashuv davomida jamoalar o’z loyihalarining taqdimotini o’tkazishdi. Ushbu Dastur orqali qanday imkoniyat va imtiyozlarga ega bo‘lishgani to‘g‘risida tajribalarini o’rtoqlashishdi.

📺 Shuningdek, MY5 telekanali tomonidan “Imkonlab” loyihasiga bag’ishlangan “Yoshlar – ijtimoiy innovatorlar va tadbirkorlar” teleko‘rsatuvining maxsus soni tasvirga olindi.

Uchrashuvda Markaziy Kengash raisi o‘rinbosari I. Xoldarova ham ishtirok etdi.

📌 Eslatib o'tamiz: “ImkonLab” loyihasi O'zbekiston yoshlar ittifoqi va UNICEF hamkorligida tashkil etilgan bo'lib, iyul oyida loyiha doirasida qoraqalpoq yoshlari uchun pilot tarzida tanlov e'lon qilingan edi. Ushbu tanlovda 10 ta jamoa ishtirok etib, ulardan 5 tasi Hay'at a'zolari xulosasi asosida moliyalashtirilgan edi.

Bizning kanal
t.iss.one/yoshlarittifoqi_uz